Ь
' – oʻzbek kirill alifbosining yigirma sakkizinchi harfi—maxsus belgi. Hozirgi oʻzbek yozuvida alohida tovushni ifodalamaydi, shuning uchun uni „belgi“ („yumshatish belgisi“) deb ataganlar. Faqat rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar oʻrtasida va oxirida qoʻllanadi. Bu belgining alifboga kiritilishi ham ʼ (ayirish belgisi)ning qabul qilinishi kabi boʻlgan va u oʻzbek tilida hech qanday vazifa bajarmaydi; oʻzidan oldingi un- doshning yumshoq talaffuz qilinishini taʼminlaydi, lekin qoida faqat rus tili uchun toʻgʻridir. Oxirida ushbu belgi boʻlgan soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda, yozilmaydi: apreldan, gantelda. Oʻzbek xalqi foydalangan yozuvlardan faqat kirill yozuvidagina ayni shaklda uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |