Oʻyinchoq ayiq

(Ayiqchadan yoʻnaltirildi)

Oʻyinchoq ayiq – ayiqqa oʻxshatib yasalgan yumshoq oʻyinchoq.

AQSh va Gʻarbiy Yevropada oʻyinchoq ayiqlar odatda „Teddy ayiqlari“ nomi bilan ataladi. Oʻyinchoq ayiqlarning „Teddy“ nomini olishi AQSh prezidenti Theodore Roosevelt bilan bogʻliq[1]. 1902-yilning noyabrida Roosevelt ov safari bilan Mississippi shtatiga borgan. Ov chogʻida Rooseveltning bir guruh xizmatkorlari Amerika qora ayigʻini ushlab, tol daraxtiga bogʻlab qoʻyishgan[2]. Soʻngra, Rooseveltni voqea joyiga chaqirishib, ayiqni otishni soʻrashgan. Roosevelt esa ayiqni otishdan bosh tortgan[3][4]. Bu voqea 1902-yil 16-noyabrda The Washington Post karikaturachisi Clifford Berryman ishlagan siyosiy karikatura bosh mavzusiga aylangan[5][6][7]. Berrymanning karikaturasini koʻrib qolgan Morris Michtom karikaturadagiga oʻxshash oʻyinchoq ayiq yasab, prezident sharafiga „Teddy’s bear“ deb nomlagan va uni Brooklyndagi qandolat doʻkoni peshtaxtasiga qoʻygan.

Madaniyatda

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Matuz, Roger. The Handy Presidents Answer Book. Canton, MI: Visible Ink Press, 2004. ISBN 978-0-7808-0773-0. 
  2. Minor Ferris Buchanan. „Holt Collier“. United States Fish and Wildlife Service. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-sentyabr.
  3. Mary Bellis. „History of the Teddy Bear“ (2019-yil 28-fevral). 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 7-mart.
  4. „Teddy Bears“. Library Of Congress. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-dekabr.
  5. Clay, Marianne (2002). „The History of the Teddy Bear“. Teddy Bear & Friends. Madavor Media, LLC. iyul 23, 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: dekabr 10, 2007.
  6. „Real Teddy Bear Story“. Theodore Roosevelt Association. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „The Story of the Teddy Bear – Theodore Roosevelt Birthplace National Historic Site“. National Park Service. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.