Botir Qorayev (1980-yil 8-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo kubogi ishtirokchisi. Hozirda Nasaf klubining sport direktori va U21 jamoasida bosh murabbiy.

Botir Qoraev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-aprel 1980-yil
Tavallud joyi Qashqadaryo Viloyati,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 176 m (577 ft 5 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2005 Nasaf 159 (9)
2006—2008 Mashʼal 54 (1)
2008—2015 Nasaf 187 (1)
2015—2017 Shoʻrtan 29 (1)
2017 Mashʼal 25 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2010 Oʻzbekiston 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Botir 1999-yilda Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻynab, Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. U Nasaf jamoasida yetti yil toʻp surgan va uch marta mamlakat chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.

2006-yilda qoʻshni Muborak shahrining „Mashʼal“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va bu jamoada ikki mavsum davomida toʻp surgan, 2007-yilda bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

2008-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Nasaf“ jamoasiga qaytgan va klubning asosiy himoyachisi boʻlgan. Keyingi yillarda u yana toʻrt marta Nasaf jamoasi bilan Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi mavsumda esa Osiyodagi ikkinchi muhim klublar turniri hisoblangan OFK kubogida gʻolib chiqgan. Umumiy hisobda „Nasaf“ jamoasi tarkibida milliy chempionatlarda 300 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2015-yilgi mavsum oldidan Nasaf bilan xayrlashgan Botir Gʻzuorning „Shoʻrtan“ jamoasi safiga borib qoʻshilgan. U Gʻuzorliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surdi[1]. 2017-yilgi mavsum oldidan sobiq jamoasi Muborakning „Mashʼal“ Jamoasi katta qiziqish bildirdi va mavsumni Muborakliklar safida oʻtkazgan. Mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan[2].

Milliy jamoadagi faoliyati

tahrir

U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. Botir murabbiy Rauf Inileyev tomonidan 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Qorayev tunir ishtirokchilar safida boʻlganiga qaramay turnir davomida maydonga tushmagan. U xalqaro maydondagi debyutini 2007-yil 24-mart kuni Xitoy Taypeyi – Oʻzbekiston (0:1) oʻyinida oʻtkazgan. Milliy terma jamoadagi ilk golini 2007-yilning 27-mart kuni Xitoy – Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvida (3:1) kiritgan.

Uch yillik tanaffusdan soʻng 2010-yilda terma jamoaga chaqirildi, 2010-yil 25 may kuni Armanistonga qarshi oʻyinda ishtirok etgan, bu oʻyin Qoraev uchun terma jamoadagi oxirgisi boʻldi. U terma jamoa libosida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritgan[3].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2017-yilgi mavsum soʻnggida Muborakliklar safida faoliyatiga yakun yasagan Botir Qoraev, aynan „Mashʼal“ jamoasi safida oʻz murabbiylik faoliyatini boshlagan[4]. 2018—2020-yilgi mavsumlar davomida bosh murabbiy yordachisi vazifasini bajargan. 2021-yilgi mavsum sobiq jamoasi Qarshining „Nasaf“ jamoasi sport direktori sifatida tayinlangan[5].

Yutuqlar

tahrir
  • AFC Kubogi sohibi: 2011-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (8): 2000, 2001, 2005, 2007, 2009, 2010, 2013, 2014

Manbalar

tahrir
  1. „Ботир Қораев "Шўртан"га қайтди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  2. „Бутсаларини михга илганлар“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  3. „Протокол матча Армения-Узбекистан“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-avgust.
  4. „Ботир Қораев "Машъал" мураббийлар штабида иш бошлади“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  5. „"Насаф" клубига янги спорт директори тайинланди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.

Havolalar

tahrir