Devid Faramola Oniya (inglizcha: David Faramola Oniya; 5-iyun, 1985-yil, Lagos, Nigeriya — 13-iyun, 2015-yil, Kota-Baru, Malayziya) — Nigeriyalik futbolchi. Himoyachi ampluasida harakat qilgan.

Devid Oniya
David Oniya
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Devid Faramola Oniya
Tavallud sanasi 5-iyun 1985-yil (1985-06-05) (39 yosh)
Tavallud joyi LagosNigeriya
Vafot sanasi 13-iyun 2015-yil(2015-06-13)
(30 yoshda)
Vafot joyi Kota-BaruMalayziya
Boʻyi 180
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2003 Nigeriya bayrogʻi Nigeriya Dinamik Lagos
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2007
2007-2011
2012
2012
2012-2013
2014
2014-2015
 Azerbaijan Neftchi Boku
 Uzbekistan Dinamo Samarqand
 Uzbekistan Bunyodkor
 Uzbekistan Soʻgʻdiyona
 Uzbekistan Buxoro
 Uzbekistan Neftchi Fargʻona
 Malaysia T Tim
(? (?)
107 (6)
0 (0)
? (?)
37 (2)
0 (0)
? (?))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti va karyerasi

tahrir

Devid Oniya 1985-yilning 5-iyun kuni Nigeriyaning eng yirik shahri Lagosda tavallud topgan. Yoshlik yillarida mahalliy „Dinamik“ futbol klubida tahsil olib ushbu klub yoshlar jamoasida oʻynagan. 2004-yilda Devid Oniya Ozarbayjonga otlanadi va Bokuning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolaydi. „Neftchi Boku“ bilan Oniya ikki mavsum birga boʻlgan va bir nechta norasmiy oʻyinlarda ishtirok etgan.

2007-yilning oʻrtalarida Devid Oniya Oʻzbekistonga keladi va Samarqandning „Dinamo“ klubi safiga qoʻshiladi. Tez orada „Dinamo Samarqand“ safida Devid Oniya jamoaning eng yetakchi oʻyinchilaridan biriga aylanadi va jamoa asosiy tarkibidan muqim joy oladi. U tezda Samarqandlik futbol muxlislari tomonidan hurmat qilinadi va ularning eng sevimli futbolchilaridan biriga aylanadi. Umumiy hisobda Devid Oniya „Dinamo Samarqand“ safida toʻrt yarim mavsum harakat qilib 107 ta oʻyinda maydonga tushadi va 6 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Oniya „Dinamo Samarqand“ safida boʻlganining soʻnggi yillarida jamoa sardoriga aylanadi.

2011-yilning oxirida Devid Oniya Toshkentning „Paxtakor“ klubi safiga qoʻshilgani haqida xabarlar tarqaladi, biroq tez orada Oniya „Paxtakor“ safini tark etadi. 2012-yilning boshida Devid Oniya yana bir Toshkent klubi — „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzolaydi, biroq mavsum boshlanishida klub bilan shartnomani bekor qiladi[1]. Oʻsha yili Devid Oniya yarim mavsum Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi safida oʻynaydi. 2012-yilning ikkinchi yarmini va butun 2013-yil mavsumini Oniya „Buxoro“ safida oʻtkazadi. „Buxoro“ safida Oniya 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻladi.

2014-yilning boshida Devid Oniya Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, biroq tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatsiz oʻtib Oliy Liga oʻyinlarida oʻynashdan mahrum boʻladi. Oʻsha yilning yozida Oniya yana bir bor tibiiy koʻrikdan muvaffaqiyatsiz oʻtadi va U bilan „Neftchi Fargʻona“ shartnomani bekor qiladi.

Oʻsha yilning kuzida Devid Oniya Malayziyaning „T Tim“ klubi bilan shartnoma imzolaydi. 2015-yilning 13-iyun kuni Devid Oniya „T Tim“ safida „Kelantan“ jamoasi bilan boʻlib oʻtayotgan oʻrtoqlik oʻyinining 60-daqiqasida hushini yoʻqotadi va tezda mahalliy kasalxonaga yetkaziladi, biroq hushiga kelmay kasalxonada vafot etadi[2].

Oilasi

tahrir

Devid Oniya Samarqandlik Lyubov ismli rus qiziga uylangan edi[3]. Ularning Enjel ismli qizaloqlari bor edi. Devid Oniyaning ota-onasi va qarindoshlari Nigeriyada istiqomat qilishadi[3].

Manbalar

tahrir
  1. «Bunyodkor» aims to provide best for players, 2016-03-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-06-19
  2. Nigeriyskiy futbolist poteryal soznanie vo vremya matcha i umer v bolnitse
  3. 3,0 3,1 Интервью с Дэвидом Ония, 2015-09-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-06-19

Havolalar

tahrir