Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

oʻr-gat-moq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

OʻRGAT- 'bilim-malakali qil-’. Yangi alifboni oʻ r g a t i sh boshlab yuborildi. Bu soʻz qadimgi tur — kiy tilda ’bil-’ maʼnosini anglatgan ö- feʼlidan -g qoʻshimchasi bilan yasalib, ’fikr’ maʼnosini anglatuvchi ög otiga (ПДП, 405) —(ü)r qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan feʼldan -(ä)t orttirma qoʻshimchasi bilan hosil qilin-gan; oʻsha davrlardayoq ikkinchi boʻtindagi tor unli ta — laffuz qilinmay qoʻygan (ЭСТЯ, I, 498; ПДП, 406; Devon, 260; DS, 380, 388), gr undoshlari oʻrin almashgan; oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: [ö- + g = ög) + ür = ögür-] + ät = ögürät- > ögrät- > örgät- > orgät-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Biror ish, kasb va shu kabilarni bajarishni, qilishni tushuntirib bil-dirmoq, oʻzi bajara oladigan qilmoq; ma-laka hosil qildirmoq. ◆ Raqs tushishga oʻr-gatmoq. Kasb-hunar oʻrgatmoq. n ◆ Bugungi kunda ilgʻor ishchi oʻzining boy hayotiy taj-ribasini yoshlarga qunt bilan oʻrgatmoqda. Gazetadan . ◆ Baʼzida uning kunlari menga bichish-tikishni oʻrgatishdan koʻra koʻproq pand-nasihat berish bilan oʻtadi. "Guldasta".

2 Biror ish, amalga yoʻllamoq; yoʻlga solmoq. ◆ Menga qara deyman! Kim oʻrgatdi senga yolgʻon gapirishni? A. Qahhor, Asarlar. ◆ Ikki ogʻiz nordon gap aytay desam, unda \kampirda] nima ayb. Unga oʻrgatishgan. "Mushtum" .

3 Ilm, odob va shu kabilardan taʼlim bermoq. ◆ Demak, seningcha.. oʻsha mirshablarni ham maʼrifatdan bahramand qilish kerak, ilm oʻrgatish kerak, shundaymi? K. Yashin, Hamza. ◆ Ular Qudratga bu hunarni oʻrgatish bilan birga, haqsizlikka qarshi kurashni ham oʻr-gatdilar. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Sho-kir yuqori kursda boʻlgani uchun qizlarga yor-dam beradi, koʻpincha fizika qoidalarini oʻrgatadi. " Guldasta".

4 Biror narsa yoki ish-harakat bilan doim shugʻullanadigan qilmoq, shunga odat-lantirmoq. ◆ Bolani erta turishga, salom berishga oʻrgatmoq. sht Oqsoqol avvalgi til-mochni ham uyiga oʻrgatib olgan emish. S. Ahmad, Hukm. ◆ Ha, boshidan qattiq turib, oʻrgatib olmasang, keyin qiyin boʻladi. F. Musajonov, Nozik masala.

5 Biror ishni bajarishga koʻnikma, malaka hosil qildirmoq (asosan, hayvon-lar haqida). ◆ Itni ov qilishga oʻrgatmoq. n ◆ ..knyaz uchta otdan ikkitasini berib yubor-di, qolgan bitta otni kolyaskaga oʻrgatgin, dedi. A. Qaqhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ЎРГАТМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

oʻrgatmoq

oʻrgatmoq
1 учить, обучать; научить; давать знания; ◆ adab oʻrgatmoq учить правилам поведения, научить придерживаться правил приличия, благовоспитанности; ◆ aql oʻrgatmoq учить уму-разуму; поучать; menga aql oʻrgatma не учи меня; ◆ gap oʻrgatmoq учить как и что говорить; kasb (или hunar) ◆ oʻrgatmoq учить ремеслу; обучать профессии; ◆ kashta tikishni oʻrgatmoq учить вышивать; menga oʻrgatasanmi! или menga oʻrgata olmaysan! не тебе меня учить!;
2 приучать; прививать (какие-л.) навыки, привычки; ◆ rostgoʻylikka oʻrgatmoq приучать говорить правду; ◆ erta turishga oʻrgatmoq приучать рано вставать;
3 приручать; дрессировать; укрощать; ◆ qoʻlga oʻrgatmoq приручать.