Kontent qismiga oʻtish

Irlandlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 30-mart, 06:49 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Irlandlar (oʻzlarini erinnax deb ataydilar) — xalq. Irlandiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 7,8 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari), jumladan Irlandiyada 3,4 mln. kishi, Buyuk Britaniyada 2,5 mln. kishi, AQSH va Kanadada ham yashaydilar. Yevropeoid irkiga mansub. Irland va ingliz tillarida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, katoliklar.

Irland elati (10— 12-a. larda shakllangan) ning asosini kelt tillarida soʻzlashuvchi gellar tashkil qilgan, ular orolga mil. av. 4-a. da koʻchib kelib orolning qad. aholisi b-n aralashib ketgan. Gellarning ijtimoiy tizimi — patriarxal urugʻlar — klanlar I. da 16—17-a. gacha, baʼzi urf-odatlari esa 19-a. gacha saklanib qolgan. Irland millati inglizlar mus-tamlakasi sharoitida 18—19-a. larda shakllana boshlagan. 1921 y. mustaqil Irlandiya davlati barpo etilgach, irland tili rasmiy til sifatida eʼtirof etilgan. I. ning aksariyati q. x. b-n band.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil