Kontent qismiga oʻtish

Radon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 5-may, 13:02 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Radon (Radonum), Rn — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 86. Inert gazlar jumlasiga kiradi. Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning a — yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil boʻlganligi sababli unga "Radon" nomi berilgan. Bu izotopni 1899 y.da nemis olimi E. Dorn kashf kilgan. Hoz. vaqtda R.ning 20 dan ortiq izotopi maʼlum. R.ning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jumlasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuprokda uchraydi. Normal sharoitda 1m3 havoda 7106 R. boʻladi.

R. normal sharoitda rangeiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. Suyuklanish trasi — 71°, kaynash trasi —62°, zichligi 9,9 kg/m3. R. radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. R. radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi baʼzi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi.

R. ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (R.li vannalar) ishlatiladi (q. Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil