Alyotta
Malta oshxonasi milliy taomlari ro‘yhatiga kiritilgan | |
Milliy oshxona | Malta |
---|---|
Asosiy komponentlari | Baliq |
Boshqa komponentlari |
Qisqichbaqa Boshqa dengiz mahsulotlari Quruq oq vino |
Retsepti |
Baliq Sarimsoq piyoz Piyoz Zaytun yo‘i Mayoran (o‘simlik turi) Qisqichbaqa |
ʻʻʻAliottaʼʻʻ (malta tilida Aljotta) — Malta milliy oshxonasi taomi.
Dastlab, ushbu sho‘rva sotilishi mumkin bo‘lmagan baliq turlaridan tayyorlangan. Sho‘rva, ayniqsa, katoliklarga go‘sht mahsulotini isteʼmol qilish taqiqlangan Lent davrida (Rojdestvo oldidan tutiladigan qirq kunlik ro‘za) mashhur bo‘lgan.
Alyotta — fransuz buyabesti (fransuzcha baliqdan tayyorlanadigan taom), portugal kaldeirada (Portugaliya va Galisiya milliy oshxonasining baliqdan tayyorlanadigan taomi) yoki Toksan sho‘rvasi kabi anʼanaviy O‘rta yer dengizi hududlarida tayyorlanadigan sho‘rvalarga o‘xshab ketadi.
ʻʻʻTarkibiʻʻʻ
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anʼanaga muvofiq, bu sho‘rva kichkina baliqlardan, baliq boshi va dumidan tayyorlanadi. Xushtaʼm va mazzali bo‘lishi uchun esa unga dengiz mahsulotlari qo‘shiladi.
Asosiy masalliqlariga sarimsoq, pomidor va mayoran (o‘simlik turi) kiradi. Sho‘rvaning quyilishi uchun unga guruch solinadi. Qoidaga ko‘ra, unga limon sharbati ham qo‘shiladi.
Darvoqe, ushbu sho‘rvani tayyorlashning juda ko‘p retseptlari mavjud, biroq barchasida asosiy mahsulotlar ro‘yhati aynan o‘zgarishsiz qoladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jahon oshpazlik kitobi: Janna Jeykob, Maykl Ashkenazi tomonidan butun dunyo boʻylab eng katta retseptlar. ISBN 1610694694, 9781610694698
- Sara Flower tomonidan band boʻlgan onaning rejalari boʻyicha oshxona kitobi. ISBN 1845285603, 9781845285609