Kontent qismiga oʻtish

Donetsk viloyati

Koordinatalari: 48.14°0′0″N 37.74°0′0″E / 48.14000°N 37.74000°E / 48.14000; 37.74000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 18-avgust, 18:53 dagi ČarnaruskiVoin (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Donetsk viloyati
ukraincha: Доне́цька о́бласть

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Viloyat
Tarkibida 18 tuman, 52 shahar, 131 shtq, 1121 qishloq
Maʼmuriy markazi Donetsk
Yirik shahari Donetsk
Boshqa yirik shaharlari Mariupol, Makeyevka,
Gorlovka, Kramotorsk,
Yenakiyeve, Slovyansk,
Xartsizk,
Yasinuvata, Baxmut,
Chistyakove, Kostyantinivka,
Toretsk, Pokrovsk,
Snijne, Drujkivka,
Dobropillya, Shaxtarsk,
Selidove, Mirnohrad,
Debaltseve, Liman
Asos solingan sanasi 1932 yil 2-iyul
Viloyat davlat maʼmuriytining boshligʻi Sergey Taruta
Rasmiy tili rus, ukrain
Aholi (2013)
Decrease4 356 392  kishi[1]
(9,58 % ,  (1-oʻrin)
Zichligi 164,41 kishi./km²
Millatlar tarkibi ukrainlar — 56,87 %, ruslar — 38,22 %, yunonlar — 1,6 %, beloruslar — 0,92 %, tatarlar — 0,40 %, armanlar — 0,33 %, yahudiylar — 0,18 %
Maydoni 26 517 km² (4,39 %, 11-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Eng past joyi


 336 m
 0,4 m
Vaqt mintaqasi Andoza:EET
Kod ISO 3166-2 UA-14
Telefon kodi +380 62
Pochta indeksi 83xxx, 84xxx, 85xxx, 86xxx, 87xxx
Internet domeni donetsk.ua; dn.ua
Avtomobil raqami kodi АН, ЯН, ЕО, ЕН, ЕВ, ЕА, ЕК, ЕМ, ЕС
Rasmiy sayti http://www.sovet.donbass.com
www.donoda.gov.ua
Xaritada
Donetsk viloyati xaritada
Donetsk viloyati, Xarita
48.14°0′0″N 37.74°0′0″E / 48.14000°N 37.74000°E / 48.14000; 37.74000

Donetsk viloyati (1961-yilgacha Stalino viloyati) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-yil 17 iyulda tashkil etilgan. Ukrainaning janubi-sharqida. Maydon 26,5 ming km2. Aholisi 5125,4 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, yahudiy, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 18 tumanga boʻlingan, 49 shahar, 139 shaharcha bor. Markazi – Donetsk shahri.[2]

Donetsk viloyatining koʻp qismi dare vodiylari, jarlar oʻyib yuborgan toʻlqinsimon tekislikdan iborat (bal. 200 m gacha). Shimoli-sharqida Donetsk qirlari (bal. 350 m gacha), undan gʻarbda Dnepr boʻyi pasttekisligi, janubida Azov boʻyi qirlari bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda –7,8°, janubida –5,4°, iyulniki shimoli-sharqda 20,8°, janubida 22,8°. Yiliga 450–500 mm yogʻin yogʻadi. Yirik daryolari: Severskiy Donets, Samara, Volchya va boshqalar. Tuprogʻi koʻp qismida qora-tuproq. Oʻrmonlar bor. Azov dengizi sohilida choʻl oʻsimliklari oʻsadi.[2]

Donetsk viloyatida ogʻir sanoat (koʻmir qazib olish, metallurgiya va mashinasozlik) rivojlangan. Donetsk viloyati toshkoʻmir qazib olishda MDHda Rossiyadan keyin 2-oʻrinda turadi. Qora metallurgiyada ma-halliy koks va Krivoy Rog hamda Kerch rudasi va Nikopol marganetsi ishlatiladi. Artyomovsk rangli metall zavodi, Konstantinovka "Ukraink" zavodi, Nikitovka simob kombinati va Chasovni Yar oʻtga chidamli buyumlar kombinati ishlab turibdi.[2]

Donetsk viloyati ogʻir mashinasozlikning yirik markazlaridan. Koks kimyosi zavodlari bor. Yirik qurilish materiallari sanoatida sement, oyna, yigʻma temir-beton, shifer, asbest ishlab chiqariladi. Slavyanskda yirik kalam fabrikasi bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Energetika xoʻjaligi ma-halliy kumir va qisman boshqa yerlardan keltiriladigan neft bilan ishlaydi. Yirik GRESlar bor.[2]

Qishloq xoʻjaligi koʻp tarmokli, yuksak darajada mexanizatsiyalashgan. Gʻalla va texnika ekinlari, sabzavot-poliz, kartoshka va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik ham rivojlangan. Tokzorlar kengaytirilmoqda. Chorvachilikda koʻproq qoramol boqiladi; choʻchqachilik, qoʻychilik va parrandachilik ham rivojlangan.[2]

Temir yoʻlning asosiy magistrallari: Donbass–Harkov va Donbass–Dnepr boʻyi va boshqalar. Temir yoʻllar elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 8,2 ming km. Aeroportlari: Donetsk, Mariupol. Azov dengizi boʻyidagi yirik porti – Mariupol. Oliy oʻquv yurtlari, jamoat kutubxonalari, muzeylar, teatrlar ishlab turibdi.[2]