Varna (Bolgariya)
Varna— Bolgariya sharqidagi shahar, Varna viloyatining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Qora dengiz boʻyidagi yirik porti. Bolgariya eksport va importining qariyb yarmi V. orqali oʻtadi. Xalqaro aeroport bor. V. mamlakatning turli tumanlari, boshqa shaharlari bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Aholisi 316 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). V. mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat va ip gazlama sanoati markazi. Kemasozlik, kema remonti korxonalari bor. V. va uning atrofi mashhur kurort joy. Dengizdan baliq ovlanadi. Shaharda soha institutlari, turli ilmiy tadqiqot institutlari, muzeylar, opera va drama teatri bor. Qad. yodgorliklar saqlangan. Shahar mil. av. 6-asrda rimliklarning Odessos koloniyasi sifatida vujudga kelgan, 7-asrdan V. deb atalgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |