Kihoku (Mie)
Kihoku 紀北町 | |
---|---|
Shaharcha | |
34°12′41.4″N 136°20′14.2″E / 34.211500°N 136.337278°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Kansai |
Prefektura | Mie |
Yaponiya tumanlari|Tuman | Kitamuro |
Maydon | 257.01 km2 (99.23 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2021-yil) |
15 077 kishi |
Zichligi | 59 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 0597-32-3901 |
|
Kihoku (yaponcha: 紀北町 Kihoku-chō ) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharchada 7876 ta xonadonda 15077 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 59 nafardan to‘g‘ri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 257,01 kvadrat kilometrni (99,23 mi²) tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kihoku Tinch okeaniga qaragan Mie prefekturasining janubidagi Kii yarim orolining janubi-sharqida joylashgan. Kihoku daryo, dengiz va tog‘lar bilan o‘ralgan va go‘zal muhitga ega hudud hisoblanadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mie prefekturasi
Nara prefekturasi
Iqlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kihoku nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kihokuda oʻrtacha yillik harorat 16.1 °C (61.0 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,670.2 mm (105.13 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.5 °C (79.7 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 6.2 °C (43.2 °F) boʻladi.
Kihoku (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 20,1 | 23,2 | 26,2 | 31,8 | 31,7 | 36,4 | 37,8 | 37,9 | 36,7 | 31,7 | 27,1 | 25,4 | 37,9 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 11,3 | 12,2 | 15,2 | 19,7 | 23,2 | 25,8 | 29,6 | 30,9 | 28,2 | 23,6 | 18,8 | 13,7 | 21,0 |
Oʻrtacha harorat, °C | 6,2 | 6,9 | 9,8 | 14,3 | 18,3 | 21,6 | 25,5 | 26,5 | 23,7 | 18,7 | 13,3 | 8,3 | 16,1 |
Oʻrtacha minimal, °C | 1,3 | 1,8 | 4,4 | 8,9 | 13,5 | 18,0 | 22,1 | 23,0 | 20,1 | 14,5 | 8,4 | 3,3 | 11,6 |
Mutlaq minimal, °C | −4,7 | −5,1 | −3 | −0,9 | 3,4 | 8,6 | 15,3 | 15,7 | 11,5 | 2,7 | −0,9 | −4,1 | −5,1 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 70,9 | 80,0 | 164,3 | 207,3 | 253,4 | 312,9 | 273,6 | 262,2 | 474,0 | 333,8 | 147,8 | 90,2 | 2 670,2 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kihoku aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida barqaror ravishda kamaydi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 23,407 | — |
1930 | 25,19 | +7.6% |
1940 | 24,365 | −3.3% |
1950 | 32,147 | +31.9% |
1960 | 30,336 | −5.6% |
1970 | 26,691 | −12.0% |
1980 | 26,268 | −1.6% |
1990 | 23,663 | −9.9% |
2000 | 21,362 | −9.7% |
2010 | 18,626 | −12.8% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Kihoku hududi qadimgi Shima viloyatining bir qismi boʻlgan, ammo 1582-yilda Kii provintsiyasiga koʻchirilgan. Bu davrda oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha yirik loyihalar boshlandi. Meidzi qayta tiklash ishlaridan soʻng, hudud Mie prefekturasining bir qismiga aylantirildi. Nagashima qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan hamda 1899-yilda shahar maqomiga koʻtarilgan. 1970-yilda u oʻz nomini Kii-Nagashima deb oʻzgartirdi. Kihoku shahri 2005-yil 11-oktyabrda Kii-Nagashima va qoʻshni Miyama shaharlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kixoku toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kihoku, Ovase shahri bilan birgalikda Mie prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 4-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kixoku atrofdagi mintaqa uchun savdo markazi boʻlib xizmat qiladi. Tijorat baliqchilik va oʻrmon xoʻjaligi asosiy ish beruvchi tarmoqlardir. Sobiq Miyama shahrining mashhur mahsuloti bu sauri sushi boʻlib, mahalliy ovlaniladigan baliq orasida saurining hissani koʻp. Kihokuda Kii Channel HVDC tizimining statik invertor zavodi mavjud.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kixokuda toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]JR Tokai — Kisei magistral liniyasi
- Kii-Nagashima — Minose — Funatsu — Aiga
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kisei tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 42
- Milliy yoʻnalish 260
- Milliy Yoʻnalish 422
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Kii togʻ tizmasidagi muqaddas joylar va ziyorat yoʻllarining bir qismi Kihoku hududida joylashgan.
Taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoshihiko Vada, rassom
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kihoku town official statistics“ (ja).
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
- ↑ Kihoku population statistics
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kihoku rasmiy veb-sayti (yaponcha)