Uygʻur genotsidi
Uygʻur genotsidi | |
---|---|
Shinjon mojarosining bir qismi | |
Shinjonning Lop tumanidagi lagerda nutq tinglayotgan mahbuslar. 2017-yil aprel. | |
Xitoy xaritasidagi Shinjon (qizil rang bilan belgilangan) | |
Joylashgan | Shinjon, Xitoy |
Sana | 2014 — hozirgacha |
Nishon | Uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar va boshqa turkiy musulmonlar |
Hujum turi |
Interniratsiya, majburiy abort, majburiy sterilizatsiya, tugʻilishni majburiy nazorat qilish, majburiy mehnat, qiynoq, miya yuvish, zoʻrlash ham daʼvo qilingan (shu jumladan guruhli zoʻrlash) |
Qurbonlar | tax. ≥1 million hibsga olingan |
Jinoyatchilar | Xitoy hukumati |
Maqsadi | Terrorizmga qarshi kurash (rasmiy) Xitoylashtirish, islomofobiya[1] va siyosiy norozilikni bostirish |
Xitoy hukumati Shinjondagi uygʻurlar va boshqa etnik hamda diniy ozchiliklarga qarshi asosan genotsid deya tavsiflanayotgan siyosat olib borib, bir qator inson huquqlarini davomli ravishda poymol qilmoqda. 2014-yildan boshlab Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Bosh kotibi Si Szinpin boshqaruvi ostidagi Xitoy hukumati bir milliondan ortiq turkiy musulmonlarni hech qanday qonuniy jarayonlarsiz qayta tarbiyalash lagerlarida qamoqqa oldi. 2016-yildan 2021-yilgacha boʻlgan operatsiyalarni Shinjon KP kotibi Chen Quanguo boshqargan[2]. Bu jarayon Ikkinchi jahon urushidan keyingi etnik va diniy ozchiliklar hibsga olingan eng yirik holatdir[3][4]. Xitoy hukumati 2019-yilda lagerlarni tugatishni boshladi. Amnesty International tashkiloti mahbuslar rasmiy jazo tizimiga oʻtkazilayotganini taʼkidlab kelmoqda.
Uygʻurlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan lagerlarda oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishidan tashqari, hukumat siyosati majburiy mehnat[5][6], uygʻur diniy urf-odatlariga qarshilik[7], siyosiy indoktrinatsiya[8], majburiy sterilizatsiya[9], majburiy kontrasepsiya[10][11] va majburiy abortni oʻz ichiga olgan[12][13]. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yildan buyon oʻn olti mingga yaqin masjidlar vayron qilingan yoki zarar koʻrgan[2], yuz minglab bolalar ota-onasidan majburan ajratilib, maktab-internatlarga joylashtirilgan[14][15]. Xitoy hukumati statistik maʼlumotlariga koʻra, asosan uygʻurlar yashaydigan Xoʻtan va Qashqar viloyatlarida 2015-yildan 2018-yilgacha boʻlgan oraliqda tugʻilish 60 foizdan koʻproqqa kamaygan[9]. Xuddi shu davrda butun mamlakat boʻyicha tugʻilish darajasi 9,69 foizga kamaygan[16]. Xitoy rasmiylari 2018-yilda Shinjonda tugʻilish koʻrsatkichlari deyarli uchdan biriga kamayganini tan olsa-da, majburiy sterilizatsiya va genotsid haqidagi xabarlarni rad etdi[17]. 2019-yilda Shinjonda tugʻilish darajasi yana 24 foizga kamaydi, mamlakat boʻyicha esa bu koʻrsatkich 4,2 foizni tashkil etgan[9].
Shuningdek qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abbas, Rushan (2021). "The Rise of Global Islamophobia and the Uyghur Genocide". The Brown Journal of World Affairs 28 (1). https://bjwa.brown.edu/28-1/the-rise-of-global-islamophobia-and-the-uyghur-genocide/.
- ↑ 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedKhatchadourian-5-4-2021
- ↑ Finley, Joanne (2020). "Why Scholars and Activists Increasingly Fear a Uyghur Genocide in Xinjiang". Journal of Genocide Research 23 (3): 348–370. doi:10.1080/14623528.2020.1848109.
- ↑ Kirby, Jen. „Concentration camps and forced labor: China's repression of the Uighurs, explained“. Vox (2020-yil 25-sentyabr). „It is the largest mass internment of an ethnic-religious minority group since World War II.“.
- ↑ Turdush, Rukiye; Fiskesjö, Magnus (28 May 2021). "Dossier: Uyghur Women in China's Genocide". Genocide Studies and Prevention 15 (1): 22–43. doi:10.5038/1911-9933.15.1.1834.
- ↑ Sudworth, John. „China's 'tainted' cotton“. BBC News (2020-yil dekabr).
- ↑ Congressional Research Service (18 June 2019). "Uyghurs in China". Congressional Research Service. https://fas.org/sgp/crs/row/IF10281.pdf. Qaraldi: 2 December 2019.Uygʻur genotsidi]]
- ↑ „Muslim minority in China's Xinjiang face 'political indoctrination': Human Rights Watch“. Reuters (2018-yil 9-sentyabr). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 „China cuts Uighur births with IUDs, abortion, sterilization“. Associated Press (2020-yil 28-iyun). 2020-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „China Forces Birth Control on Uighurs to Suppress Population“. Voice of America. Associated Press (2020-yil 29-iyun).
- ↑ Samuel, Sigal. „China's genocide against the Uyghurs, in 4 disturbing charts“. Vox (2021-yil 10-mart).
- ↑ „China: Uighur women reportedly sterilized in attempt to suppress population“. Deutsche Welle (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
- ↑ „China 'using birth control' to suppress Uighurs“. BBC News (2020-yil 29-iyun). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ Feng, Emily. „Uighur children fall victim to China anti-terror drive“. The Financial Times (2018-yil 9-iyul).
- ↑ Adrian Zenz (July 2019). "Break Their Roots: Evidence for China's Parent-Child Separation Campaign in Xinjiang.". The Journal of Political Risk 7 (7). https://www.jpolrisk.com/break-their-roots-evidence-for-chinas-parent-child-separation-campaign-in-xinjiang/.
- ↑ „Birth rate, crude (per 1,000 people) - China“. The World Bank. Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.
- ↑ Ivan Watson, Rebecca Wright and Ben Westcott.. „Xinjiang government confirms huge birth rate drop but denies forced sterilization of women“. CNN International (2020-yil 21-sentyabr). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.