Kontent qismiga oʻtish

Xorazm (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
FC Xorazm
Toʻliq nomi FK Xorazm Urganch
Asos solingan 1989 (35 yil avval) (1989)
Stadioni Xorazm stadioni
Urganch, Oʻzbekiston
Sigʻimi 13,500
Raisi Nurulla Hasanov
Direktori Roʻzimboy Ahmedov
Bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Oʻrni 14th

Xorazm, "Xorazm" professional futbol klubi – Xorazm viloyati, Urganch shahrining futbol klubi. 1989-yilda tashkil etilgan.

  • 1989—1990-yillar – „Jayhun“
  • 1991—1992-yillar – „Quruvchi“
  • 1993—1996-yillar – „Dinamo“
  • 1997—2001-yillar – „Xorazm“
  • 2002-yil – „Jayhun“
  • 2003—2005-yillar – „Xorazm-2003“
  • 2006-yildan – „Xorazm“

SSSR chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilda Urganchda SSSR chempionati Ikkinchi ligasida Xorazm viloyatining yana bir jamoasi – „Xonqa“ (Xonqa) jamoasining oʻrniga „Jayhun“ nomi ostida yangi futbol klubi tashkil etilgan.

Oleg Bugaev boshchiligidagi jamoa 1-turni omadsiz oʻtkazdi. Faqat tajribali mutaxassis Valeriy Vasilenkoning kelishi vaziyatni oʻzgartirib, „Jayhun“ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi (klub mavsumni 16-oʻrinda yakunladi)[1].

1990-yilda „Jayhun“ni yangi murabbiy Zohidulla Sanatulov boshqargan. Ammo klub omadsiz oʻynashda davom etdi va Sanatulov sentabr oyida Yuriy Gordeevga almashtirildi. U oxirgi turlarda 17-oʻrinni egallab, vaziyatni oʻnglashga muvaffaq boʻldi[2].

1991-yilda klub nomini „Quruvchi“ deb oʻzgartirdi. Jamoani mahalliy mutaxassis Allabergen Matniyazov boshqardi, biroq natijada mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi – klub ligada soʻnggi oʻrinni egalladi[3].

Oʻzbekiston chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993—1996-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda klub „Dinamo“ deb oʻzgartirilib, Xorazm IIB tasarrufiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u Xorazm viloyati chempioni boʻldi va viloyat ligalari gʻoliblari oʻrtasidagi oʻtish turnirida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Oʻtish turniri natijasi boʻyicha Urganch klubi Birinchi ligaga chiqa olmadi. Lekin Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Xorazm jamoasiga yonbosib, uni quyi-elita divizioniga kiritdi.

Shu tariqa, „Dinamo“ Xorazm tarixida Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan birinchi klub boʻldi. 1994-yilda jamoani oʻtmishda taniqli murabbiy Valeriy Vasilenko boshqargan.

1994-yil 9-aprelda boʻlib oʻtgan ilk uchrashuvda „Dinamo“ jamoasi safarda Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

„Dinamo“ning ilk uy uchrashuvi 23-aprel kuni „Olimpiya“ stadionida Yangiyoʻlning „Mebelchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazildi. Bu oʻyin mezbonlar uchun unchalik omadli kechmadi. Uchrashuv davomida magʻlub boʻlgan urganchliklar soʻnggi soniyalarda toʻpni darvozaga yoʻlladi va ochkoni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi – 1:1.

Uydagi ilk gʻalaba keyingi turda (26-aprelda) qoʻlga kiritildi. Jizzaxning „Yigiruvchi“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Viktor Lukyanovning yagona goli mezbonlarga minimal 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Bu natija „Dinamo“ga 4-turdan keyin turnir jadvalida 5-oʻrinni egallash imkonini berdi.

Keyinchalik debyutantning taqdiri unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. „Dinamo“ qolgan oʻyinlarni yetarli darajada yahshi oʻtkazmadi va 9 ochko jamgʻargan jamoa 1-turni oxiridan oldingi oʻrinda yakunladi.

Achinarli natijalar klub rahbariyatini tarkibni bir necha tajribali futbolchilarni taklif qilib kuchaytirishga majbur qildi. Ular orasida Vali Sultonov, Pavel Kaygorodov, Arsen Grigoryan, Vladimir Merejko va boshqalar bor edi.

Ammo vaqt boy berildi, jamoa oʻz oʻyinini topa olmadi va 1994-yilgi chempionatni oxirgidan oldingi 17-oʻrinda yakunladi. Klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Vali Sultonov boʻldi va u 7 ta gol kiritdi.

Bu natijaga qaramay „Dinamo“ Birinchi ligani tark etmadi. Ishtirokchilar sonining kengayishi munosabati bilan, OʻFF mamlakatdagi ikkinchi muhim klub turnirida jamoani qoldirdi.

1995-yilda jamoaga Bahodir Mirzaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning yordami bilan klub bir qancha tajribali futbolchilar (darvozabon Aleksandr Semyonov, himoyachilar Evgeniy Lushnikov va Ildus Sharipov, yarim himoyachi Edik Sattarov) bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, bir qancha umidli yosh futbolchilar – Botir Mirzayev, Daniyar Musaev, Dmitriy Malin, Vladimir Baranov va Andrey Chedinovskixlar taklif etilgan. Jamoa asosida mahalliy futbolchilar – Vali Sultonov, Azimbay Nurmetov va Jahongir Sultonovlar ham bor edi.

Ishtirokchilar soni ortishi munosabati bilan Birinchi liga formati oʻzgartirildi. 26 ta jamoa hududiy prinsip boʻyicha 2 ta zonaga boʻlingan.

Har bir zonadan 8 ta eng yaxshi jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi va Oliy ligaga 2 tadan yoʻllanma oʻynadi. „Dinamo“ Gʻarbiy zonada oʻynashi kerak edi.

„Dinamo“ uchun mavsum omadsiz boshlandi. Mehmon jamoa 1-turda qoʻshni Qoraqalpogʻiston Respublikasining prinsipial raqibi – Nukusning „Orol“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Keyingi turda esa oʻz maydonida „Tegirmonchi“ni katta qiyinchilik bilan magʻlub etib, uchrashuv yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida hal qiluvchi golni urdi – 2:1. Shundan soʻng urganchliklar yaxshi formaga kirib, ketma-ket 8 ta magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazib, 6 ta gʻalabaga erishdi. Jumladan, keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy raqobatchilar – „Zarafshon“ (2:1) va „Progress“ (4:2) ustidan gʻalaba qozongan.

Bu natijalar klubga yakkama-yakka Gʻarbiy zona turnir jadvalida peshqadamlik qilish imkonini berdi. Jamoa nafaqat turnirda yuqori oʻrinlar, balki Oʻzbekiston Oliy ligasiga chiqish uchun ham kurash olib borishga qodir ekani oydinlashdi.

Dinamo sekinlashmadi va dastlabki bosqichning qolgan qismini ishonch bilan oʻtkazib, 1-oʻrindan 1995-yilgi chempionatning final bosqichiga chiqdi. 5-oktabr kuni Birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi tur oʻyinlariga start berildi. Klublar Oliy ligaga 2 ta yoʻllanma uchun kurashishi kerak edi. Ularga asosiy daʼvogar „Dinamo“ (Urganch), „Kushon“ (Kosonsoy), „Chilonzor“ (Toshkent) va „Zarafshon“ (Navoiy) klublari edi.

Urganchliklar yana turnirni unchalik ishonchsiz boshladilar, dastlabki ikki safar oʻyinida bor-yoʻgʻi 2 ochko jamgʻarib, „Madaniyat“ (1:1) va „Gʻazalkent“ (0:0) bilan durang oʻynadi.

Bu natijalar darhol jamoaning turnir jadvaliga taʼsir qildi va „Dinamo“ jamoasi 3-oʻringa tushib ketdi. Ammo keyingi turlar oʻyinlari hammasini oʻz oʻrniga qoʻydi.

Klub oʻyinlarni juda shay holatda oʻtkazdi va ketma-ket bir necha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, yana peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Asosiy raqiblar – Kosonsoyning „Kushon“ (2:0) va Toshkentning „Chilonzor“ (1:0) jamoalari ustidan qozonilgan gʻalaba hal qiluvchi boʻldi.

9-noyabr kuni esa oʻz maydonida „Gʻazalkent“ni 3:1 hisobida magʻlub etgan urganchlik futbolchilar muddatidan avval (mavsum yakuniga bir tur qolganda) Oʻzbekiston Oliy ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Klubning eng yaxshi toʻpurarlari sifatida hujumchilar Vali Sultonov (18 ta gol) va Botir Mirzaev (17), shuningdek, himoyachi Pavel Kaygorodov (11) qayd etildi.

1996-yilda „Dinamo“ (Urganch) birinchi marta Oliy ligada maydonga tushdi. Mavsum boshlangunga qadar jamoani yetakchi futbolchilar tark etishdi va bosh murabbiy Rahim Moʻminovga almashtirildi. Barqaror ravishda mablagʻ ajratilishiga qaramay, klub kadrlar bilan taʼminlanmagan, mavsumoldi yigʻin sust oʻtkazildi. Muvaffaqiyatsiz natijalar oʻzini uzoq kuttirmadi.

Chempionatning 1-turi toʻliq muvaffaqiyatsiz oʻtdi. „Dinamo“ jamoasi bor-yoʻgʻi 1 ta gʻalabaga erishdi va turnir jadvalida munosib soʻnggi oʻrinni egalladi. Natijada bosh murabbiy ishdan boʻshatildi va bu lavozimga Vladimir Desyatchikov taklif qilindi.

Urganchliklar 2-tur boshlanishidan oldin bir qancha tajribali futbolchilar – Burgandin Chobanov, Eduard Kudryashov, Sergey Kovshov, Yevgeniy Matveyev va Aleksey Kornichenkolar bilan kuchayishdi.

Yosh Dmitriy Malin bilan tandemda oʻynay boshlagan, oʻtgan mavsum toʻpurari Vali Sultonov ham klubga qaytdi. Jamoa oʻzgarib, yangicha oʻynadi.

Urganchliklar 2-turda 7 ta gʻalabaga erishdi. Ammo, 1996-yilgi mavsum yakunida „Dinamo“ jamoasini 15-oʻrindan qutqarib qolgan 1 ochko ajratib qoldi. Dmitriy Malin 8 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Ammo chempionatda ishtirokchilar soni ortgani bois Oʻzbekiston futbol federatsiyasi qarori bilan Xorazm klubi Oliy ligadagi oʻrnini saqlab qoldi[4].

Mahalliy musboqalardagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Nomi Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Ochko Oʻrni (ishtirokchilar soni) Eng yaxshi toʻpurarlar (gollar)
1989 Ikkinchi liga 7-zona Jayhun 40 15 7 18 42 59 37 16 (21) Sovet Ittifoqi Konstantin Novikov (10)
1990 Ikkinchi kichik liga 9-zona Jayhun 38 12 6 20 34 65 30 17 (20) Sovet Ittifoqi Vladimir Bogdanavichus (7)
1991 Ikkinchi kichik liga 9-zona Quruvchi 50 7 8 35 36 131 22 26 (26) Sovet Ittifoqi Nikolay Korenev(6)

Oʻzbekiston chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurarlar Murabbiy
Div. Pos. D M UG OʻG O Ism Liga
1994 Birinchi liga 17 34 8 6 20 27 64 22 17 (18) Oʻzbekiston Vali Sultonov 7 Oʻzbekiston Valeriy Vasilenko (iyungacha)
Oʻzbekiston Vladimir Desyatchikov (iyundan)
1995 Birinchi liga 1 36 25 6 5 78 34 81 Dastlabki guruh bosqichi Oʻzbekiston Vali Sultonov 18 Oʻzbekiston Botir Mirzayev
1996 Oliy liga 15 30 8 3 19 36 67 27 1/8 final Oʻzbekiston Dmitriy Malin 8 Oʻzbekiston Rahim Moʻminov (iyungacha)
Oʻzbekiston Vladimir Desyatchikov (iyundan)
1997 Oliy liga 10 34 13 3 18 58 77 42 1/16 final Oʻzbekiston Hamza Jabborov 20 Oʻzbekiston Vladimir Desyatchikov (sentabrgacha)
Oʻzbekiston Islom Ahmedov (sentabrdan)
1998 Oliy liga 12 30 10 6 14 39 55 36 1/16 final Oʻzbekiston Hamza Jabborov 10 Oʻzbekiston Islom Ahmedov
1999 Oliy liga 7 30 12 5 13 39 40 41 1/16 final Oʻzbekiston Vladimir Baranov 10 Oʻzbekiston Ruzmet Kuryazov
2000 Oliy liga 19 38 8 6 24 37 67 30 1/16 final Oʻzbekiston Vali Sultonov 10 Oʻzbekiston Ruzmet Kuryazov (sentabrgacha)
Oʻzbekiston Olimjon Rahmonov (sentabrdan)
2001 Birinchi liga 7 32 13 7 12 57 53 46 1/8 final Oʻzbekiston Vali Sultonov 11 Oʻzbekiston Olimjon Raxmonov
2002 Birinchi liga 7 32 15 9 8 47 36 54 1/8 final Oʻzbekiston Jasur Allanazarov 9 Oʻzbekiston Botir Mirzaev
2003 Birinchi liga 6 28 13 3 12 40 45 42 Dastlabki guruh bosqichi Oʻzbekiston Odilbek Atajanov 9 Oʻzbekiston
2004 Birinchi liga 6 40 16 5 19 61 76 53 1/16 final Oʻzbekiston Vali Sultonov 12 Oʻzbekiston Ulugʻbek Saparov
2005 Birinchi liga 2 34 27 2 5 93 32 83 Dastlabki guruh bosqichi Oʻzbekiston Mansur Abdullayev 23 Oʻzbekiston Kuat Tureev
2006 Oliy liga 16 30 0 3 27 21 127 3 Ikkinchi bosqich Oʻzbekiston Sarvar Ibodullayev 9 Oʻzbekiston Kuat Tureev (iyulgacha)
Oʻzbekiston Oleg Tyulkin (iyuldan beri)
2007 Birinchi liga 12 38 16 5 17 32 59 53 Ikkinchi bosqich Oʻzbekiston Roʻzimbay Ahmedov 15
2008 Birinchi liga 1 34 24 5 5 70 25 77 Birinchi bosqich Oʻzbekiston Roʻzimbay Ahmedov 22 Oʻzbekiston Vali Sultonov
2009[5][6] Oliy liga 10 30 9 11 10 30 39 38 Chorak final Oʻzbekiston Roʻzimbay Ahmedov
Oʻzbekiston Vladimir Baranov
5 Oʻzbekiston Vali Sultonov
2010 Oliy liga 14 26 2 7 17 21 46 13 Ikkinchi bosqich Oʻzbekiston Zafar Polvonov 9 Oʻzbekiston Vali Sultonov (avgustgacha)
Oʻzbekiston Bahrom Hakimov (avgust)
Oʻzbekiston Vali Sultonov (avgustdan)
2011 Birinchi liga 5 36 20 9 7 69 29 69 1/16 final Oʻzbekiston Vladimir Gavrilov 24 Oʻzbekiston Vali Sultonov
2012 Birinchi liga 7 38 18 8 12 52 39 62 1/16 final Oʻzbekiston Marks Quranboyev 9
2013 Birinchi liga 6 38 19 6 13 57 42 63 Birinchi bosqich Oʻzbekiston Murod Bobojonov 19 Oʻzbekiston Adambay Qurbonniyazov (martgacha)
Oʻzbekiston Azamat Nurmetov (martdan)
2014[7] Birinchi liga 11 38 15 8 15 52 56 53 Ikkinchi bosqich Oʻzbekiston Nizom Norov 13 Oʻzbekiston Mansur Davletov (avgustgacha)
Oʻzbekiston Vali Sultonov (avgustdan)
2015[8] Birinchi liga 7 34 19 4 11 49 41 42 Birinchi bosqich Oʻzbekiston Timur Bekchanov 9 Oʻzbekiston Vali Sultonov[9]
2016 Birinchi liga 7 32 12 6 14 56 50 42 Birinchi bosqich Oʻzbekiston Umid Tojimov[10] Oʻzbekiston Umid Tojimov[10]
2017 Birinchi liga 9 34 13 8 13 52 52 47 Ikkinchi bosqich Oʻzbekiston Sardor Matmurodov 12 Oʻzbekiston Aleksandr Yejov
2018 Pro-liga 7 32 9 6 17 51 70 33 1/16 final Oʻzbekiston Temur Ismoilov 11 Oʻzbekiston Aleksandr Yejov
2019 Pro-liga 6 28 14 5 9 58 37 47 1/16 final Oʻzbekiston Timur Bekchanov 12 Oʻzbekiston Aleksandr Yejov
2020 Pro-liga 7 20 6 3 11 23 32 21 Birinchi bosqich Oʻzbekiston Sardor Matmurodov

Oʻzbekiston Sarvar Jumaniyozov

5 Oʻzbekiston Gʻayrat Shixov (sentabrgacha)
Oʻzbekiston Aleksandr Yejov (sentabrdan)
2021[11] Pro-liga 5 20 7 7 6 32 29 28 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Roʻzimbay Ahmedov,

Oʻzbekiston Timur Bekchanov

7 Oʻzbekiston Aleksandr Yejov
2022 Pro-liga 4 26 10 5 11 42 40 35 Guruh bosqichi Kamerun Marsiano Roki 15 Oʻzbekiston Ruslan Ahmedov
2023 Pro-liga 7 20 5 7 8 16 19 22 Chorak final Kamerun Nevil Mbanuey Tengeg 4 Oʻzbekiston Ruslan Ahmedov
2024 Pro-liga Chorak final Oʻzbekiston Ruslan Ahmedov

Oʻzbekiston kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Bosqich
1995 4 2 0 2 8 10 1/16 final
1996 4 1 1 2 5 7 Dastlabki guruh bosqichi
1997 6 3 1 2 9 11 1/8 final
1998 1 0 0 1 1 2 1/16 final
1999/2000 1 0 0 1 1 2 1/16 final
2000/2001 3 1 0 2 7 9 1/8 final
2001/2002 3 1 0 3 6 11 1/8 final
2002/2003 3 1 0 2 11 7 Dastlabki guruh bosqichi
2004 1 0 0 1 0 2 1/16 final
2005 2 0 1 1 0 3 Dastlabki guruh bosqichi
2006 1 0 0 1 2 5 Dastlabki 2-bosqich
2007 1 0 0 1 0 6 Dastlabki 2-bosqich
2008 1 0 0 1 0 2 Dastlabki 1-bosqich
2009 3 2 0 1 5 5 1/4 final
2010 1 0 0 1 0 1 Dastlabki 2-bosqich
2011 1 0 0 1 0 2 1/16 final
2012 1 0 0 1 1 3 1/16 final
2013 1 0 0 1 - + Dastlabki 1-bosqich
2014 2 1 0 1 4 6 Dastlabki 2-bosqich
2015 1 0 0 1 0 3 Dastlabki 1-bosqich
2016 1 0 0 1 1 2 Dastlabki 1-bosqich
2017 1 0 0 1 0 5 Dastlabki 2-bosqich
2018 1 0 0 1 2 3 1/16 bosqichi
2019 1 0 0 1 1 3 1/16 bosqichi
2020 1 0 0 1 2 3 Dastlabki 1-bosqich
2021 3 0 0 3 3 11 Guruh bosqichi
2022 3 0 0 3 2 8 Guruh bosqichi
2023 5 4 0 1 11 7 Chorak final
2024 5 3 0 2 10 8 Chorak final

Joriy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 15-mart holatiga[12].

Amplua Futbolchi
1  UZB DR Hojiakbar Joʻrayev
2  UZB HM Avazxon Mamatxoʻjayev
3  UZB HM Ravshanbek Sultonov
4  UZB HM Jasurbek Otajonov
5  UZB HM Hojiakbar Yunusov
6  UZB YH Sherzod Gʻulomjonov
7  UZB HJ Temur Ismoilov
8  UZB YH Jamshid Zaripboyev
9  UZB YH Oybek Nurmatov
10  UZB YH Murodbek Bobojonov
11  UZB HJ Moʻmin Meliyev
12  UZB DR Mashhur Muhammadjonov
14  UZB YH Azizbek Rahimberganov
15  UZB HM Anvarbek Roʻzimov
16  UZB YH Bobur Qosimov
Amplua Futbolchi
17  UZB HJ Bunyodbek Matrasulov
18  UZB YH Amirbek Komilov
19  UZB HM Ulugʻbek Sharipov
20  MLI HJ Issa Diamoutene
21  UZB YH Abdujalil Manazarov
22  UZB YH Sardor Matmurodov
25  UZB HM Sheroz Jalolov
28  UZB YH Jamshidbek Boyjonov
35  UZB DR Mirzabek Nuriddinov
44  UZB HM Mirjalol Sultonov
62  UZB DR Nursulton Aminov
77  UZB HJ Bobur Farhodov
80  UZB HM Farruxjon Ibrohimov
88  UZB HM Abror Xusinov

Jamoa xodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy texnik hodimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Ism
Bosh direktor Oʻzbekiston Roʻzimboy Ahmedov
Bosh murabbiy Tojikiston Hakim Fuzaylov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Mansurbek Davletov
Bosh skaut Oʻzbekiston Ma'murjon Abdullayev
Zaxira jamoasi bosh murabbiyi Oʻzbekiston
Zaxira jamoasi murabbiy yordamchisi Oʻzbekiston
Shifokor Oʻzbekiston
Massajchi Oʻzbekiston

Bosh murabbiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Yillar
Sovet Ittifoqi Valeriy Vasilenko 1987—1988
Sovet Ittifoqi Oleg Bugayev 1989
Sovet Ittifoqi Valeriy Vasilenko 1989
Sovet Ittifoqi Zohidulla Sanatulov 1990
Sovet Ittifoqi Valeriy Gordeyev 1990
Sovet Ittifoqi Ruzmet Kuryazov 1991
Oʻzbekiston Bahodir Mirzayev 1995
Oʻzbekiston Rahimjon Moʻminov 1996
Oʻzbekiston Vladimir Desyatchikov 1996—1997
Oʻzbekiston Islom Ahmedov 1997—1998
Oʻzbekiston Botir Mirzayev 2002
Oʻzbekiston Ruzmet Kuryazov 2003
Oʻzbekiston Vali Sultonov 2008—2010
Oʻzbekiston Adembay Qurbaniyazov 2012—2013
Oʻzbekiston Mansur Davlatov 2014
Oʻzbekiston Ruslan Ahmedov ?—2024
Tojikiston Hakim Fuzaylov 2024—

Mashhur futbolchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „СССР. Сезон — 1989. Вторая лига. 7 зона.“. klisf.info.
  2. „СССР. Сезон — 1990. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
  3. „СССР. Сезон — 1991. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
  4. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  5. „"Ретро сурат". "Хоразм-2009"“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  6. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „Биринчи лига. Олий лига учун жиддий курашмаётган “Хоразм” ҳақида“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  8. „Биринчи лига. Иккинчи босқич якунлари. “Хоразм” ҳақида“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  9. „Вали Султонов “Хоразм” бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  10. 10,0 10,1 „Умид Тожимов “Хоразм”да иш бошлади“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  11. „Про лига бошланмоқда: Танишинг, "Хоразм" - 2021“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  12. „Xorazm jamoasi tarkibi“. 2024-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-mart.