Kontent qismiga oʻtish

MTS (Belarus)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
MTS
Turi biznes va korxona
Tarmogʻi Телекоммуникации
Egasi

 Россия МТС

Andoza:Country data Беларусь Белтелеком
Qachon asos solingan 4 апреля 2002 г.
Joylashuvi Andoza:Флаг Белоруссии Минск
Mahsulot(lar)i Сотовая связь, высокоскоростной интернет
Vebsayti www.mts.by

"Mobil tele sistema" MChJ (MTS) - (belaruscha: Мабільныя ТэлеСістэмы) - Belarusiya uyali aloqa operatori . GSM 900/1800, UMTS ( WCDMA / HSDPA / HSUPA / HSPA+ ) va 4G (beCloud tarmog'i orqali) aloqa xizmatlarini taqdim etadi. Abonentlar soni bo'yicha Belarusda birinchi uyali aloqa operatori hisoblanadi. Kompaniyaning ta'sischilari "Beltelecom" (Belarus) sanaladi (ustav kapitalining 51%).

Kompaniya 2002 -yil, 27-iyunda tijoriy faoliyatini boshladi va A1 (avvalgi velcom)dan keyingi Belarusiyaning GSM uyali aloqa operatori bo`ldi. Birinchi to'rt kun ichida 2300 abonent ulanadi[1].

2004 -yil, 17-oktyabrda MTS Belarus operatorlari orasida birinchi bo'lib 1 million faol abonentga erishgan[manba kerak]. 2005-yilning yanvar oyida kompaniyaning bozor ulushi 50% dan oshadi.

Tashkil etilgan kundan boshlab kompaniya o'zining rossiyalik hammuassisi MTS brendi ostida ish olib boradi. 2006-yil, 27-iyunda Rossiyaning "Mobil TeleSistemalar" kompaniyasi rebrendingidan so'ng, o'z faoliyatining 4 yilligi kuni u ham qizil kvadratda tuxum tasviri bo'lgan yangi brendga o'tdi.

2007-yil,16-avgustda Belarus madaniyat arboblari - shoir Ales Ryazanov va rassom Viktor Markovets kvadratdagi tuxum tasviriga mualliflik huquqini da'vo qiladi[2][3]. 2007-yil, 16-oktyabrda Belarus Oliy sudi ushbu da'voni rad etadi[4] .

2010-yilning oxirida MTS 3G+ aloqalarini (HSPA+ standarti) joriy etish orqali tarmoqni yangilashni boshlaydi[1].

Egalari va boshqaruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy egasi davlat - Belarusiya (51% aktsiyalar) bo`lib hisoblanadi. Minoritar aksiyador (aksiyalarning 49%) esa Rossiyaning Mobile TeleSystems kompaniyasidir.

2021-yil 20-sentabrdan beri V. V. Andreichenko kompaniya bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha 2005-yilda kompaniya lavozimiga kelgan V. S. Karpovich[5] edi.

Ma'lumotlarga ko`ra, MTS abonentlariga xizmat ko'rsatish markazlari tarmog'i 1600 dan ortiq ofislarni (shu jumladan, 70 dan ortiq MTS aloqa do`konlari[6]) va Belorussiyaning 721 aholi punktidagi tijoriy vakillar savdo nuqtalarini hamda abonentlarga xizmatlar markazlarini o'z ichiga oladi.

2020-yili 9-avgustdan 11-avgustgacha ( Belarus saylovlarikuni va undan keyin) MTSda mobil aloqa orqali Internetga kirishda jiddiy muammolar paydo bo`ladi, aslida Internet yo'q edi[7].

"Mobile TeleSystems" MChJ Belarus Respublikasidagi eng yirik aloqa operatori sifatida o'z faoliyati jarayonida muvofiqlikni nazorat qilish umume'tirof etilgan qoidalar va standartlarga muvofiqlikni ta'minlashga alohida e'tibor beradi. Kompaniya kundalik faoliyatda ham, strategik loyihalarni amalga oshirishda ham korrupsiyaning barcha ko'rinishlariga yo'l qo'ymaslik tamoyilini yoqlaydi.

MTS abonent raqamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • +375 29 2 xx xx xx, +375 29 5 xx xx xx, +375 29 7 xx xx xx, +375 29 8 xx xx xx
  • +375 33 3 xx xx xx, +375 33 6 xx xx xx, +375 33 9 xx xx xx

Qo`shimchja ma'lumot: MNP xizmatlarining Belorus Respublikasida joriy etilishi munosabati bilan abonent raqamlari quyidagi ko`rinishlarni olishi mumkin: +375 25 xxx xx xx, +375 29 xxx xx xx, +375 44 xxx xx xx.

Va shuningdek...

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 История телефонной связи в Минске: от «барышень» до LTE[sayt ishlamaydi] «Комсомольская правда» в Белоруссии». 12 сентября 2016 г.
  2. „Те же «яйца в квадрате» рождены в Беларуси“. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-sentyabr.
  3. „Белорусские деятели культуры заявили права на яйцеквадрат «МТС»“. 2007-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-sentyabr.
  4. „Суд посчитал, что товарный знак МТС — не «яйцеквадрат»“. 2007-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 26-oktyabr.
  5. „Назначен новый гендиректор МТС“ (ru). 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
  6. „МТС открыли 11 новых салонов связи, демозоны в салонах МТС | МТС на interfax.by“. 2014-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
  7. „Спросили у операторов, почему вечером в Минске не работал мобильный интернет“ (ru). TUT.by. 2020-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.