Akram Afif
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Akram Hassan Afif Yahya Afif Alyafei[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-mart 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Doha, Qatar | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al Sadd | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2006 | Al Markhiya | ||
2006—2009 | Al Sadd | ||
2009—2014 | Aspire Academy | ||
2012—2014 | → Sevilla (ijara) | ||
2014—2015 | Al Sadd | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2016 | Eupen | 26 | (8) |
2016—2020 | Villarreal | 0 | (0) |
2016—2017 | → Sporting Gijón (ijara) | 9 | (0) |
2017—2018 | → Eupen (ijara) | 15 | (1) |
2018—2020 | → Al Sadd (ijara) | 48 | (44) |
2020- | Al Sadd | 24 | (16) |
Milliy terma jamoa | |||
2014 | Qatar U19 | 5 | (4) |
2014—2015 | Qatar U20 | 7 | (1) |
2015—2018 | Qatar U23 | 12 | (4) |
2015- | Qatar | 109 | (32) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-fevral uchun) |
Akram Hasan Afif Yahyo Afif (talaffuzi: Akram Afif; 1996-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — qatarlik professional futbolchi, Qatarning Al Sadd klubi va Qatar milliy futbol jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Faoliyatining boshida Afif Qatardan paydo boʻladigan eng istiqbolli futbolchilardan biri hisoblangan[2]. Akram 2019-yilgi Osiyo Kubogini Qatarga olib kelinishiga hissa qoʻshgani uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi erkak futbolchisi boʻlish uchun uch kishilik nomzodlar roʻyxatidan joy oldi[3]. 2019-yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[4].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyat davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akram Afif Dohada tugʻilgan, otasi asli somali-tanzaniyalik va onasi yamanlik. Afif Al-Markhiya, keyin esa Al Sadd yoshlar jamoalarida oʻynagan va 2009-yilda Al-Saddga talaba sifatida qoʻshildi. Aspiredagi faoliyati davomida Afif Ispaniyaga talabalar almashinuv dasturi boʻyicha sayohat qilgan, Sevilla va Villarreal yoshlar jamoalarida oʻynagan[5][6].
U 2013-yilgi Al Kass xalqaro kubogida Sevilla sharafini himoya qilgan, jamoaning birinchi oʻyinida Aspire Academyga qarshi oʻyin 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlanganida dubl va golli uzatmani amalga oshirgan[7].
Afif keyinchalik Vilyarrealning yoshlar jamoasiga qoʻshildi[8].
2015-yil yanvar oyida Afif Eupen klubiga oʻtdi[9]. Afif 19-yanvar kuni Eendracht Aalstga qarshi debyut uchrashuvida gol urdi[10]. 24-yanvar kuni KRC Mechelenga qarshi navbatdagi oʻyinda jamoasining beshta golidan uchtasiga assistentlik qildi[11].
Afif oʻzining birinchi katta mavsumini toʻqqizta oʻyinda ikkita gol bilan yakunladi. 2016-yilning 18-martida Eupen bilan KSV Roeselarega qarshi uyinda 4:0 hisobida galaba qozondi.
Villarreal
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 8-mayida Afifning yana Villarrealga bu safar doimiy shartnoma asosida qoʻshilishi tasdiqlandi. Bu bilan u La Liga oʻynagan tarixdagi Qatarda tugʻilgan birinchi futbolchiga aylandi[12]. 4-avgustda Afif bir mavsumlik shartnoma asosida boshqa top-klubdagi „Sporting de Gijón“ga ijaraga berildi[13].
Afif Ispaniya futbolining asosiy toifasida debyutini 2016-yilning 21-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida Atletic Bilbaoga qarshi oʻyinda (2:1) Burguining oʻrniga maydonga tushdi[14]. Toʻqqizta liga oʻyinlaridan soʻng, Afif 2017-yil 14-iyulda oʻzining birinchi katta klubiga — Eupenga bir yillik ijara shartnomasi asosida qaytdi[15]. U 2018-yilning yanvar oyida oʻz vataniga qaytib, Al Saddda oʻynadi va u yerda mavsumni juda muvaffaqiyatli oʻtkazdi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afif 2014-yilda Qatar U-20 terma jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan[16]. Asosiy turnir davomida Afif KXDRga qarshi finalda yagona gol urib, Qatarga gʻalaba keltirdi[17].
Akram 2015-yilning sentyabr oyida bosh murabbiy José Daniel Carreño tomonidan kattalar terma jamoasiga chaqirilgandi[18]. 2015-yil 3-sentyabr kuni JCh-2018 saralash bosqichida Qatarning Butanga qarshi oʻyinida (15:0) gol urgan. Afif oʻyinda golli uzatmani ham rasmiylashtirdi[19].
Qatarning 2019-yilgi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari davomida Afif oʻz jamoasiga kubokni koʻtarishda muhim rol oʻynadi va umumiy hisobda 10 ta golli uzatmani qayd etdi, bu turnirdagi yangi rekorddir[20].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akram Qatarning Doha shahrida tugʻilgan. Ali Afif ismli akasi bor, QSL jamoasining Al-Duhail klubi futbolchisi. Uning otasi Hasan Afif asli somalilik boʻlib, Tanzaniyaning Moshi shahrida tugʻilgan[21]. Otasi avval Tanzaniyaning Simba jamoasida oʻynagan, ammo keyinchalik Somaliga koʻchib oʻtgan va u yerda Horseed va Somali terma jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Keyinchalik Qatarga koʻchib oʻtdi va Al Ittihad (keyinchalik nomi Al Gharafa deb oʻzgartirildi) jamoasida oʻynadi. Onasi — Fayza Yamanlik[22].
Akram Sevillaga oʻtganida ispan tilini oʻrgana boshlagan[23]. 2015-yil iyun oyida Aspire akademiyasini tamomlagan[24].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 29 January 2021[25]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Continental | Boshqa | Jami | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Assistlar | Ishtirok | Gollar | Assistlar | Ishtirok | Gollar | Assistlar | Ishtirok | Gollar | Assistlar | Ishtirok | Gollar | Assistlar | ||
Eupen | 2014-15 | Belgian Second Division | 9 | 2 | 0 | — | — | — | 9 | 2 | 0 | ||||||
2015-16 | 16 | 6 | 1 | 1 | 0 | 0 | — | — | 17 | 6 | 1 | ||||||
2017-18 (ijara) | Belgian First Division A | 15 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | — | — | 16 | 1 | 3 | |||||
Jami | 40 | 9 | 4 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 42 | 9 | 4 | ||
Sporting Gijón | 2016-17 (ijara) | La Liga | 9 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | — | — | 11 | 0 | 0 | ||||
Jami | 9 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 | 0 | ||
Al Sadd | 2017-18 | QSL | 7 | 3 | 4 | 2 | 1 | 0 | 8 | 0 | 3 | 2 | 1 | 0 | 19 | 5 | 7 |
2018-19 | 22 | 26 | 15 | 3 | 2 | 3 | 9 | 3 | 1 | — | 34 | 31 | 19 | ||||
2019-20 | 19 | 15 | 9 | 2 | 0 | 1 | 8 | 5 | 1 | 6 | 2 | 1 | 35 | 22 | 12 | ||
2020-21 | 10 | 5 | 7 | 3 | 1 | 5 | 4 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 18 | 9 | 12 | ||
Jami | 58 | 49 | 35 | 10 | 4 | 9 | 29 | 10 | 5 | 9 | 4 | 1 | 106 | 67 | 50 | ||
Jami faoliyati | 107 | 58 | 39 | 14 | 4 | 9 | 29 | 10 | 5 | 9 | 4 | 1 | 159 | 76 | 54 |
Xalqaro gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Qatarning gollar sonini sanab oʻtadi[26]
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 3.09.2015 | Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar | Butan | 10-0 | 15-0 | FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi |
2. | 6.06.2017 | Shimoliy Koreya | 2-0 | 2-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
3. | 13.06.2017 | Janubiy Koreya | 2-0 | 3-2 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
4. | 5.09.2017 | Khalifa International Stadium, Doha, Qatar | Xitoy | 1-0 | 1-2 | |
5. | 23.12.2017 | Al Kuwait Sports Club Stadium, Kuwait City, Quvayt | Yaman | 1-0 | 4-0 | 23-Arab koʻrfazi kubogi |
6. | 21.03.2018 | Basra Sports City, Basra, Iraq | Iroq | 1-0 | 3-2 | 2018 Xalqaro oʻrtoqlik chempionati |
7. | 2-1 | |||||
8. | 24.03.2018 | Suriya | 2-1 | 2-2 | ||
9. | 11.09.2018 | Khalifa International Stadium, Doha, Qatar | Falastin | 2-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
10. | 12.10.2018 | Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar | Ekvador | 1-0 | 4-3 | |
11. | 14.11.2018 | Stadio di Cornaredo, Lugano, Switzerland | Shveysariya | 1-0 | 1-0 | |
12. | 1.02.2019 | Zayed Sports City Stadium, Abu Dhabi, BAA | Yaponiya | 3-1 | 3-1 | 2019-yilgi Osiyo kubogi finali |
13. | 15.10.2019 | Al Janoub Stadium, Al Wakrah, Qatar | Ummon | 1-0 | 2-1 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
14. | 19.11.2019 | Central Republican Stadium, Dushanbe, Tojikiston | Afgʻoniston | 1-0 | 1-0 | |
15. | 29.11.2019 | Khalifa International Stadium, Doha, Qatar | Yaman | 6-0 | 6-0 | 24-Arab koʻrfazi kubogi |
16. | 2.12.2019 | Birlashgan Arab Amirliklari | 1-0 | 4-2 | ||
17. | 2-0 | |||||
18. | 4.12.2020 | Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar | Bangladesh | 2-0 | 5-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
19. | 5-0 | |||||
20. | 13.07.2021 | BBVA Stadium, Houston, AQSh | Panama | 1-0 | 3-3 | 2021 CONCACAF oltin kubogi |
21. | 17.07.2021 | Grenada | 2-0 | 4-0 | ||
22. | 3.12.2021 | Education City Stadium, Al Rayyan, Qatar | Ummon | 1-0 | 2-1 | 2021 FIFA Arab kubogi |
23. | 6.12.2021 | Al Bayt Stadium, Al Khor, Qatar | Iroq | 2-0 | 3-0 | |
24. | 26.03.2022 | Education City Stadium, Al Rayyan, Qatar | Bolgariya | 1-0 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al Sadd
- Amir kubogi : 2020, 2021
- Qatar Superkubogi : 2019
- Qatar kubogi : 2020, 2021
- Qatar Yulduzlar Ligasi : 2018-19, 2020-21, 2021-22
Xalqaro
- OFK Osiyo Kubogi : 2019
Individual
- Qatar Yulduzlar Ligasi eng yaxshi toʻpurari: 2019-20
- Qatar Yulduzlar Ligasi eng yaxshi assistentlar: 2018-19, 2019-20
- Qatar Yulduzlar Ligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-19, 2019-20
- Qatar Yulduzlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi : 2018-19, 2019-20
- OFK Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 2019[27]
- Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2019[28]
- IFFHS AFC yilning eng yaxshi erkak jamoasi: 2020[29]
- KONKAKAF Oltin Kubogi : 2021-yilning eng yaxshi oʻyinchisi[30]
- FIFA Arab kubogi bronza toʻpi: 2021 yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qatar Olympic squad set for European training camps“. Qatar Football Association. Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
- ↑ „AFC U-16 Championship Preview: 5 players to look out for“. goalnepal.com (8-may 2014-yil). 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „Soccer: Qatar's Afif named in AFC player of the year shortlist“. Reuters. 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2019-yil.
- ↑ „AFC Player of the Year 2019: Akram Afif“. AFC (2-dekabr 2019-yil).
- ↑ „انضمام أكرم عفيف ومعاذ يحيى لأشبيلية الأسباني“ (arabcha). Al Kass (24-oktabr 2012-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „CHAMP magazine“ (inglizcha). Aspire (2016-yil oktabr). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Qatar's Afif turns Sevilla's spearhead“. dohastadiumplusqatar.com (24-aprel 2013-yil). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „England U21s breeze past Qatar to start Toulon in style“. The FA (22-may 2014-yil). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „AFIF COMPLETES BELGIAN MOVE“. qfa.com.qa (10-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „Eendracht Aalst vs AS Eupen match report“. theworldgame.sbs.com.au (19-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ Von Boris Cremer. „Afif mit Pfiff, Curto mit Wumms“ (olmoncha). grenzecho.com (24-yanvar 2015-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ Mahali. „Confirmed: Akram Afif becomes first Qatari signing in La Liga“. Squawka. Qaraldi: 8-may 2016-yil.
- ↑ „El Sporting firma al central Babin por tres años y logra la cesión del delantero del Villarreal Akran Afif“ (ispancha). La Nueva España (4-avgust 2016-yil). Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.
- ↑ „Dos goles en tres minutos dan los primeros puntos al Sporting“ (ispancha). Marca (21-avgust 2016-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Akram Afif, cedido al KAS Eupen“ (ispancha). Villarreal CF (14-iyul 2017-yil). 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2017-yil.
- ↑ „India U19 v Qatar U19“. the-afc.com. Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „QATAR CLAIM AFC U-19 CHAMPIONSHIP TITLE WITH 1–0 WIN OVER DPR KOREA“. the-afc.com (23-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „ضم أكرم عفيف لقائمة منتخبنا أمام بوتان.. واستبعاد سيبستيان ومشعل وإلياس وصديق“ (arabcha) (1-sentyabr 2015-yil). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „LE QATAR EN MET 15 AU BHOUTAN! L'EUPENOIS AKRAM AFIF BUTEUR“ (fransuzcha). lgfoot.be (3-sentyabr 2015-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „Soccer: Qatar's Afif named in AFC player of the year shortlist“. Reuters (15-noyabr 2019-yil). 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2019-yil.
- ↑ „من أجل عيون "الغرافة يونايتد"..عفيف يروي قصة الهروب من الهورسيد عبر كلمنجارو إلى الدوحة (Interview with Hassan Afif)“ (arabcha). Kooora.com (17-may 2011-yil). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
- ↑ „Akram Afif bleibt bescheiden: "Es ist nicht wichtig, dass Akram gewinnt, sondern, dass die AS Eupen gewinnt"“. KAS Eupen (13-fevral 2015-yil). Qaraldi: 15-fevral 2015-yil.
- ↑ „Champ Magazine“. Aspire Academy (2013). Qaraldi: 4-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „ASPIRE ACADEMY CELEBRATES GRADUATING CLASS OF 2015“. aspire.qa (16-iyun 2015-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
- ↑ Akram Afif Soccerway saytida. Qaralgan sana: 12-avgust 2017-yil.
- ↑ „Afif, Akram Hassan“. National Football Teams. Qaraldi: 27-yanvar 2017-yil.
- ↑ „AFC Asian Cup UAE 2019 Technical Report and Statistics“. AFC (29-may 2019-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
- ↑ „AFC Player of the Year 2019: Akram Afif“. AFC (2-dekabr 2019-yil).
- ↑ „AFC MEN TEAM 2020“. IFFHS (16-dekabr 2020-yil).
- ↑ „Turner, Funes Mori named to Best XI“. CONCACAF (3-avgust 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.