Kontent qismiga oʻtish

Ekzosfera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atmosfera qatlamlariEverestTroposferaStratosferaMezosferaMeteoritlarMezosferaKarman chizigʻiQutb yogʻdusiTermosferaEkzosfera
Atmosfera qatlamlari


Ekzosfera (ekzo... va sfera) — atmosferaning eng siyrak tashqi qatlami. Ekzosferada zarralarning erkin yugurish yoʻli kosmik fazoga uchib keta oladigan darajada katta boʻladi. Ekzosferadagi "havo"ning massasi 10_sh atmosfera massasiga yaqin. Yengil gazlar (vodorod N, geliy Ne) eng tez uchib ketadi. Ekzosfera 450–800 km balandlikda boshlanib, uning yuqori chegarasi Yer sirtidan bir necha ming km balandlikkacha boradi. Bu balandlikda zarralar konsentratsiyasi kosmik fazodagidek. Ekzosfera ionlashgan gaz (plazma) dan iborat boʻladi; uning boshlanishida zaryadlangan va neytral zarralar soni taxminan teng; Ekzosferaning yuqori yarmida havo deyarli toʻliq ionlashgan boʻladi. Ekzosferaning pastki va oʻrta qismlari, asosan, kislorod O va vodorod N atomlaridan iborat; balandlik ortishi bilan yengil gazlarning nisbiy konsentratsiyasi (ayniqsa, ionlashgan vodorodniki) tez ortib boradi. Ekzosferaning gazokinetik temperaturasi 1500— 3000 K ga teng. Ekzosferada, asosan, Yerning radiatsion mintaqasi joylashgan.