Gurtik
Turi | Xamirli taom |
---|---|
Milliy oshxona | Qoraqalpoq oshxonasi |
Asl nomi | Gúrtik |
Retsepti | goʻsht, xamir, piyoz, turli sabzavotlar |
Gurtik (qoraqalpoq tilida: gúrtik) — qoraqalpoq oshxonasiga oid milliy taom. Bu taom asosan toʻrtburchak qilib olingan xamir hamda qaynatilgan goʻshtni bir-biriga qoʻshib tayyorlanadi[1].
Tayyorlash jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taomni tayyorlash uchun koʻpincha qoʻzichoq va mol goʻshti kerak boʻladi. Goʻsht avval mayda boʻlaklarga boʻlib chiqiladi. Undan soʻng qozondagi suvda qaynatib olinadi. Pishirish jarayonida qozonga butunicha tozalangan sabzi va toʻgʻralgan piyoz solinadi. Ajralib chiqayotgan koʻpik olib tashlanadi. Goʻsht pishgandan soʻng yogʻning bir qismi olib tashlanadi va qozon ichiga mayda qilib kesilgan piyoz qoʻyib chiqiladi. Keyin goʻsht olib tashlanadi va qozonda qolgan masalliqning oʻzi qaynatiladi. Gurtik tekis qilib tovoq ustiga suziladi. Goʻsht tovoq markaziga joylashtiriladi va uning atrofida yogʻ bilan qoplangan sabzi va piyoz joylashtiriladi. Ovqatlanishdan oldin mehmonlar qoʻllarini yuvishlari lozim. Har bir mehmonga bir piyoladan bulyon tortiq qilinadi. Tabga koʻra idish ichiga qizil qalampir qoʻshib berilishi ham mumkin. Mehmonlardan biri goʻsht va suyaklarni taqsimlab chiqadi va oʻzi goʻshtning qolgan qismini mayda boʻlaklarga ajratadi. Gurtik qoʻl bilan isteʼmol qilinadi. Bir parcha goʻsht olinadi, gurtikka qoʻyiladi, keyin ular birgalikda tanavvul qilinadi. Gurtikka nisbatan „Qoraqolpoq beshbarmogʻi“ atamasi ham ishlatib kelinadi[2].
Gurtik taomining, shuningdek, keng tayyorlanib kelinadigan yana bir Joʻxori gurtik (Júweri gúrtik) kabi turi ham mavjud[3].
Aytilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoraqalpoq tilidagi taomning nomi gúrtik tarzida yozilgan boʻlib, u gurtk, gurtik tarzida talaffuz qilinadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Milliy taǵamlar“. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function ereg_replace() in /home/parking/park7.ru/index.php:14 Stack trace: #0 {main} thrown in /home/parking/park7.ru/index.php on line 14“. www.vkusnoedoma.ru. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Жугери гуртик | Этнос“ (ru). Ассамблея народа Казахстана. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.