Kolima (daryo)
Appearance
Kolima | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 2 129 |
Maydoni | 643 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Kolima (daryo) |
Kolima — RF Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Uzunligi 2129 km. Havzasining maydoni 643 ming km². Halqa tizmasidan boshlanib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Yuqori qismi Kolima yassitogʻligi boʻylab tor va chuqur vodiyda oqadi. Oʻrta oqimida vodiy kengayib, daryo tarmoqlarga boʻlinib ketadi. K.ning quyi qismi Kolima pasttekisligidan oqadi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Daryo oktabr boshlarida moʻzlab, may — iyunda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi Srednekolimskda (quyilish joyidan 641 km) 2250 m’/sek. Kuyilish 1 joyida yillik suv oqimi 123 km3. Yiliga 5,5 mln. t loyqa keltiradi. K.da Baxapcha daryosi quyilish yerigacha (2000 km masofada) kema qatnaydi. K. havzasida oltin konlari bor.[1]
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |