Turk xoqonligi
Buyuk Turk Xoqonligi | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
Poytaxti | Oʻtuken | |||
Dini | Tangrichilik | |||
Turk xoqonligi (𐱅𐰇𐰼𐰜) — Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan.
Turk xoqonligiga doir maʼlumotlar Urxun-Enasoy bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, soʻgʻd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
Turk, turkiylar-eng yirik etnoslardan birining nomi .Turk soʼzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarini anglatadi….muslima
Oltoy xoqonlik markazi qilib belgilandi Turklarning gʻarbga yurishlariga Istami boshchilik qiladi Unga YABGʻU XOQON deb unvon beriladi
Tashkil topishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
---|
Turk xoqonligi 552-744 |
Xazar xoqonligi 618-1048 |
Sirtor 628-646 |
Kangar birlashmasi 659-750 |
Turk Shahi 665-850 |
Turkash xoqonligi 699-766 |
Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
Uygʻur hoqonligi 744-840 |
Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
Qocho 856-1335 |
Bijanak xoqonligi 860-1091 |
Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
Dashti qipchoq 1067-1239 |
Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
Keraitlar 11th century-13th century |
Dehli sultonligi 1206-1526 |
Qarluqidlar 1224-1266 |
Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
Mamluklar davlati 1250-1517 |
6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi.
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining janubiy. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi.
Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon).
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi koʻl ostiga oʻtadi.
Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556-557 yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi.
Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch, Fargʻona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 yildanoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi.
572-581 yillarda Turk xoqonligini Taspar xoqon boshqardi.
576 yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 yilda Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, shimolida Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, janubida Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston hududdarini oʻz ichiga olar edi.
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).
Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi.
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan. Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.
Oʻz davrida „Oʻn Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan. Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 yillarda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
630 yillarga kelib Gʻarbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabgʻu (630—641) ning qoʻl ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe (KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi.
Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi „Oltu Chub Sugʻdaq“ oʻlkasiga, 703 yilda basmillarga, 705— 706 yillarda bayirqularga, 709 yilda chik va azlarga, 710 yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg., 1YI yilda oʻgʻuzlarga, 718 yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551-552), Mugʻon (553572), Taspar (572—581), Toʻnga Turon (588— 600), Shibi (609—619), Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—716), Bilga (716—734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684—731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552576), Tardu (576603), Tun yabgʻu (618—630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saqlanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va hokazo.
Davlat tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoqon— xoqonlikdagi eng oliy kishi turkiylar orasida Buyuk Xoqon deb atalgan. Xoqondan keyingi oʻrinda yabgʻu turgan. Taxt vorisiga tegin unvoni berilgan. Boshqa oliy unvonlar — shod, eltabar. Sud ishlarini buyruqchi va tarxon olib borgan. Viloyatlardagi vakillar tudunlar deb atalgan. Harbiy maʼmuriyat boshligʻi uchun tutuq qoʻllangan.
Milliy tuzilshi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]6-asr oʻrtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qoʻshni qabilalar bilan oʻzaro birlashib „moʻgʻil davrigagacha boʻlgan eng qudratli davlat“ — Buyuk Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, Bumin va Istemi ulkan davlatni boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi oʻziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning gʻarbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini oʻzaro birlashtirgan. Davlatning Gʻarb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo boʻyida Eron sosoniylari bilan toʻqnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan soʻng esa, ular bilan Eron oʻrtasida oʻzaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yoʻllariga egalik qilishga boʻlgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari boʻyicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va soʻnggi elchilik aʼzolari esa zaharlanganlar. Shundan soʻng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi.
Vizantiya bilan Eron oʻrtasidagi oʻzaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan eʼtiborini chalgʻitgan holda, turkiylarning yarimkoʻchmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik oʻlpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori Qora Churin Vizantiya va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq magʻlubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin tomonidan oʻldiriladi. Bu magʻlubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va gʻarbiy oʻlkalarga ajralib ketishiga sabab boʻladi. 7-asrning birinchi yarmida gʻarbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjoʻy-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yoʻnalishi boʻylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha choʻzilgan. Butun yoʻl davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sugʻd mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari boʻlgan xitoylar ularni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida gʻarbdan yangi qudratli dushman — Markaziy Osiyoni oʻz tasarrufiga boʻsindirgan arablar bosib kela boshladi. Gʻarb turkiy xoqonligi Yettisuv oʻlkasi turgeshlar tasarrufiga oʻtgandan soʻng 747-yili batamom parchalanib ketgan. Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi oʻz davridagi toʻrt qudratli davlatlar (Xitoy, Eron, Vizantiya, Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning (yunon, fors, xitoy, hind, turkiy) biri boʻlgan. Turk xoqonliging Eron va Xitoy bilan boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati ancha yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gumilev L. N., Drevniye tyurki, 1967;
- Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993;
- Koʻchanov Ye. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997;
- Asadov F. M., Arabskiye istochniki o tyurkax v rannem srednevekovye, Baku, 1993;
- Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.
- Gʻaybulla Boboyorov. OʻzME, Toshkent, 2000-2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |