odam
[edit]
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[edit]o-dam
Aytilishi
[edit]Etimologiyasi
[edit]a. Odamato; inson
Maʼnoviy xususiyatlari
[edit]Maʼnosi
[edit]1 Fikrlash, soʻzlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot; kishi, inson. ◆ Ibtidoiy odam.
2 Kishilik jamiyatining ayrim bir aʼzosi, shaxs. Inson eng yaxwi insondir hudoyim hayvoni birinci yaratgan keyin zerikandan keyin u odamzotni yaratgan keyin u avloddan avlodga õta bowlagan . ◆ yaya Odam taftini odam koʻtaradi deganidek, Nizomjon kelib, uy toʻlib qolgandek boʻldi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Avaz oʻzicha oʻylandi: "Bir ulugʻ odamning, bir gʻaribning janozasiga odam koʻp keladi, deganlari rost ekan-da". S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Bular bu yerga oʻtirgani kelgani yoʻq, bir odamni qidirib kelishgan. A. Qahhor, „Ogʻaynilar“ . ◆ Bizning Nabigul odam emaye oʻzi! Yosh-da, hali oshna-ogʻaynigarchilikni bilmaydi. A. Qahhor, „Qanotsiz chittak“ .
- Odam bolasi (yoki farzandi) 1) odamzod, inson. ◆ Odam bolasining qoʻllari qoʻl holida turganda chiroyli ekan. X. Toʻxtaboyev, „Iillar va yoʻllar“ . ◆ Tavba, xursandchilik odam bolasini nimalar qilmaydi-ya! M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .; 2) chin insoniy fazilatlarga ega boʻlgan shaxs, chin inson. ◆ Otang bolasi boʻlma, odam bolasi boʻl! Maqol . ◆ yat He, xotin, ular bizni odam bolasi deb kelgan, odamgarchiligimizdan minnatdor boʻlib, xursand boʻlib ketishdi. Shukrullo, „Saylanma“ . Odam boʻlmaslik Tuzalmaslik, shu kuyi qolmoq. ◆ Men sevgan doʻstlarimdan ajraldim, odam boʻlmadim, bu kunimdan oʻlganim yaxshi, deb kayf bilan eshikdan kirib kelib qoldi. Shukrullo, „Saylanma“ . Odam boʻlmoq 1) tarbiyat topib, yaxshi fazilatlarga, chin insoniy xislatlarga ega boʻlmoq. ◆ Har bir ota-ona oʻgʻil va qizining odam boʻlishini, baxt-saodatli hayot kechirishini, turmushi lazzatli boʻlishini istaydi. Gazetadan; 2) koʻchma tuzalib, semirib, yosharib qolmoq. ◆ Tursunboyni koʻrib qoldim, ancha toʻlishib, odam boʻlib qolibdi. "Yoshlik" . Odam qilmoq 1) tarbiyalab, chin insonga, yaxshi fazilat sohibiga aylantirmoq. ◆ Gap shuki, shu kanal, shu muhit meni odam qildi. S. Ahmad, Ufq; 2) koʻchma boqib, tarbiyalab katta qilmoq. ◆ Xudoyqul mening oʻz jigarim, ammamdan qolgan sagʻir. Yetti yoshidan boqib, odam qildim. P. Tursun, Oʻqituvchi; 3) koʻchma tuzatmoq; yaroqli holga keltirmoq. ◆ Tashlandiq "Ural"ni odam qilgan, shu priyomnikni tuzata olmaysanmi? T. Ashurov, „Oq ot“ . Nima degan odam boʻldi Birovning oddida xijolat boʻldi; uyalib qoldi, obroʻsi toʻkildi obroʻsiz boʻldi. ◆ Voy shoʻrim, endi nima qilaman, Rasuljon oldida nima degan odam boʻldim. T. Ashurov, „Oq ot“ .
3 Jamoa xoʻjaligi, oila aʼzolarining har biri; jon. ◆ Odam boshiga besh soʻmdan. Xarajat va daromadlarni odamga qarab taqsimlamoq. m ◆ Hasharga har bir xoʻjalik qirqtadan odam beradi. T. Ashurov, „Oq ot“ .
4 Biror boy-badavlat yoki amaldor kishining xizmatkori yoki tarafdori. ◆ Keyingi yillarda xon odamlari qishloqma-qishloq yurib, koʻproq paxta ekishni talab qilishyapti. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Bundan keyin gaplarimni uqib oling, modomiki men bilan birgasiz, mening odamimsiz, har bir ishni men bilan bahamjihat qiling. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
5 Oʻzga jamoa yoki oila vakili. ◆ Lekin qizlaridan yashirincha kuyovnikidan odam kelib qolar, deb kutdilar. S. Zunnunova, „Koʻk chiroqlar“ .
Sinonimlari
[edit]Antonimlari
[edit]ODAM. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[edit]Ruscha ru
odam
1 chelovek; // chelovecheskiy; ◆ ibtidoiy odam pervobыtnыy chelovek; ◆ bu qanday odam? chto eto za chelovek?; chto eto za lichnostь?; ◆ odamlarga qoʻshilmoq (ili aralashmoq) obщatьsya s lyudьmi; ◆ odamlardan oʻzini chetga olib yurmoq chujdatьsya lyudey; ◆ odamning qadr-qiymati chelovecheskoe dostoinstvo; ◆ odam ovozi chelovecheskiy golos;◆ biror odam kto-libo, kto-nibudь; ◆ har bir odam kajdыy chelovek, kajdыy, vsyakiy; ◆ duch kelgan odam pervыy vstrechnыy, pervыy popavshiysya; ◆ odam boʻlmoq ili odamga aylanmoq 1) statь polnotsennыm chelovekom; 2) peren. popravitьsya, pomolodetь; 3) peren. ispravitьsya, statь xoroshim, nastoyaщim (o cheloveke, jivotnom, veщi); ◆ odam boʻlmaydi ego ne ispravitь, on takim i ostanetsya; ◆ odam qilmoq 1) sdelatь chelovekom, vыvesti v lyudi; 2) peren. vыrastitь, vospitatь; 3) peren. ispravitь, sdelatь xoroshim, nastoyaщim (o cheloveke, jivotnom, veщi); ◆ odam bolasi ili ◆ odam farzandi 1) sыn chelovecheskiy, chelovek (voobщe); ◆ Tavba, xursandchilik odam bolasini nimalar qilmaydi-ya! (M. Ismoiliy, «Farѓona t. o.») O boje, chego tolьko ne sdelaet s chelovekom radostь!; 2) nastoyaщiy chelovek, istinnыy chelovek s xoroshimi kachestvami; ◆ otang bolasi boʻlma, odam bolasi boʻl posl. (bukv. ne budь sыnom svoego ottsa, a budь sыnom cheloveka) budь nastoyaщim chelovekom; ◆ odam sanamoq ili ◆ odam oʻrnida koʻrmoq schitatь chelovekom;
2 chelovek, litso, dusha (kak edinitsa schyota); ◆ odam boshiga na kajdogo cheloveka, na dushu;
3 chelovek (sluga, chelyadinets ili storonnik, priverjenets, zavisimыy ot vыsshego po polojeniyu litsa); ◆ Qozi odamlari bilan chiqib ketgandan soʻng, Vali aka minnatdorchilik bilan oʻgʻlining yelkasiga qoqdi (M. Ismoiliy, «Farѓona t. o.») Posle togo kak kaziy so svoimi lyudьmi ushyol, Vali-aka blagodarno poxlopal sыna po plechu; ◆ ...modomiki men bilan birgasiz, mening odamimsiz, har bir ishni men bilan bahamjihat qiling (Oybek, «Ќutluѓ ќon») ...poskolьku vы so mnoy, poskolьku vы moy chelovek, postolьku vo vsyakom dele derjitesь solidarno so mnoy;
4 v znach. mest. 1 l. ya (kogda chelovek govorit o samom sebe v tretьem litse); ◆ odamning jahlini chiqarma ne serdi menya; ◆ odam sovqotib ketyapti ya myorznu; * Odam Ato rel. Adam; Odam Atodan qolgan ostavshiysya so vremyon Adama (t. e. otjivshiy); Odam Ato va Momo Havo Adam i Eva.