Jump to content

oltin

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

ol-tin

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element; sariq-qizgʻish tusli qimmatbaho nodir metall; zar: tilla. ◆ Sof oltin. Oltin soat. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol . ■■ ◆ Direktor oʻsha terilar uchun koʻrgazmaning oltin medishni oldi. S. Ahmad, „Yulduz“ . ◆ Xom-tok qilingan ishkomda husayni uzumlar oltindek tovlanmoqda. I. Rahim, „Ixlos“ .

2 koʻchma Har qanday qimmatbaho yoki aziz narsa haqida. ◆ Yer—xazina, suv—oltin. Maqol . ◆ Doʻst-yorlar ahil boʻlsa, Choʻlda oltin undirar. Maqol . ◆ Qoʻshiq aytibkelaman qir yoqalab. Gul-chechaklar teraman Sir yoqalab. Ter toʻkib yetishtirgan "oltinimiz" Turadi chanogʻida bizga qarab. "Folklor" .

Oltin suvi qarang zarhal, hal. ◆ Oltin suvi yugurtirilgan soat.

2 Shu metalldan zarb qilingan pul. ◆ Homid yonchigʻini chiqarib, bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga oltinlarni sanab tushira berdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Bunchalik dabdaba, albatta, xazinadagi oltinlar kuchi bilan boʻlgandir, deb bazilarning koʻngliga kelar. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .

3 sft. koʻchma Qimmatli, bebaho (fikr, ran, soʻz, ish, vaqt va shu kabilar haqida). ◆ Oltin yoshlik. Yosh chogʻim — oltin chogʻim. Maqol . ■■ ◆ Kam boʻlmang, raisim, oltin soʻzlarni ayt-dingiz. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ . ◆ Amu-ning boʻyida kezardim tanho. Shu oltin dam-larni sezardim tanho. Gʻayratiy .

Oltin bosh Yaxshi idrok etadigan, yaxshi ishlaydigan bosh, oʻtkir aql; shunday bosh, shunday aql sohibi. ◆ Nihoyat, Qoratoy Yoʻl-chining yelkasini doʻstona qoqib dedi: -Rosa boshing bor, inim Yoʻlchi, oltin boshing bor. Gaplaring bari haq. Oybek, „Tanlangan asa-lar“ . Oltin vodiy Noz-neʼmatlarga boy, obod, yashnagan vodiy. Oltin kuz Yilning hamma narsa gʻarq pishgan toʻkin-sochin payti, moʻl-koʻlchilik fasli. ◆ Bahor boʻyi, yoz boʻyi zarrama-zarra yiqqan bunyodini buyuk saxovat bilan dehqon etagiga solayotgan mana shu oltin kuzda uning yuragi qafasdan chiq-qan qush yuragiday yayray boshladi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Oltin odam Juda yaxshi odam, tengi-misli yoʻqodam. Oq oltin Paxta. Qora oltin Neft yoki koʻmir. Qoʻli oltin yoki oltin qoʻl Har ishga mohir qoʻl va shunday qoʻlli kishi. ◆ Sizlarni koʻrganimda.. Oltin qoʻl albatta tushar esimga. X. Saloh .

Sinonimlari

[edit]

pul

Antonimlari

[edit]

OLTIN. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

oltin
1 zoloto; // zolotoy; ◆ oq oltin 1) platina; 2) peren. beloe zoloto (xlopok); ◆ oltin zapasi fin. zolotoy zapas; ◆ oltin soat zolotыe chasы; ◆ oltin qidiruvchilar zolotoiskateli; ◆ doʻst-yorlar ahil boʻlsa, choʻlda oltin undirar posl. esli druzьya soglasnы (drujnы), oni i v pustыne zoloto dobudut; ◆ yoʻqolgan pichoqning sopi oltin posl. u poteryannogo noja rukoyatka (bыla) zolotaya;
2 ust. zolotaya moneta;
3 peren. zolotoy; ◆ oltin yigit zolotoy parenь; ◆ qoʻli oltin ili ◆  oltin qoʻl zolotыe ruki; ◆ oltin bosh zolotaya golova, umnaya golova; * Oltin Oʻrda ist. Zolotaya Orda; ◆ oltin tamgʻa ist. nazvanie odnogo iz plemyon, voshedshix v sostav uzbekskogo naroda.