22-sentabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suxandon va san’atkor Shuhrat Qayumov 51 yoshida vafot etdi.
Shuhrat Qayumov 1969-yil 5-martda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan. 1991-yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan. U milliy teleradiokompaniya tizimida bir necha yillar suxandon sifatida faoliyat yuritgan,“O‘zbekiston” telekanalidagi “Assalom O‘zbekiston”, “Ohangrabo” ko‘rsatuvlarini tayyorlagan. Shuningdek, xonanda sifatida ham muxlislar qalbidan joy olgan.
Izoh (0)