Magdeburg – Germaniyadagi shahar,Saksoniya-Anxalt yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). Magdeburg va avtomobil yoʻllari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi. Magdeburgda umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, priborsozlik, daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Magdeburg – mamlakatning madaniy markazlaridan: milliy teatr, Yangi shahar teatri (1876) madaniytarixiy muzey, roman cherkovi (11 – 13-asrlar), gotika sobori (13— 16-asrlar) va boshqa bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 805 yilda tilga olingan. 968-yildan Magdeburg arxiyepiskopligi markazi, Ganzanyant muhim shaharlaridan hisoblanadi.[1]

Magdeburg
aholi punkti
Skyline of Magdeburg
Magdeburg
Gerb
52°8′0″N 11°37′0″E / 52.13333°N 11.61667°E / 52.13333; 11.61667
Mamlakat Germaniya
Yer Saksoniya-Anhalt
Ichki boʻlinishi 40 shahar tumanlari
Hukumat
 • Oberburgomistr Lutz Trümper
Maydon 20,095 km2 (7,759 kv mi)
Markazi balandligi 56 m
Aholisi
 (2010)
231 525
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 0391 (03928 dlya Pexau, Randau-Kalenberge)
Pochta indeks(lar)i 39104-39130
Avtomobil kodi MD
Rasmiy kodi 15 0 03 000
Magdeburg xaritada
Magdeburg
Magdeburg

Magdeburg Germaniyaning Saksoniya-Anhalt yerida joylashgan aholi punktidir. Maydoni – 200,95 km2. 231525 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Geografiyasi

tahrir

Hududi

tahrir

Magdeburgning hududi 201,01[2][3] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 64[4] m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

tahrir

2021-yilda Magdeburg aholi soni 237 mingtani tashkil qilgan. XIX asrda sanoatlashtirishning rivoji bilan aholi soni koʻrsatkichi ham oʻsib borgan. 1885-yilda aholi soni 100 ming nafarni tashkil qilgan. Besh yildan keyin bu miqdor ikki baravar oshgan. 1940-yilda aholi soni eng yuqori koʻrsatkichga chiqqan (tahminan, 346,000). Shu yilda shaharda metropoliten qurilishi rejalashtirilgan ammo ikkinchi jahon urushi sababli reja amalga oshmay qolgan. Urushdan keyin, Sharqiy Germaniya tasarrufi ostida Magdeburgning sanoat bazasi, asosan, mashina sanoati sohasi ancha rivojlandi. Shu orqali u Sharqiy Germaniyaning muhim shaharlaridan biri boʻlib qoldi. 1991-yilga kelib, Saksoniya-Anhalt shtatining poytaxtiga aylangan Magdeburgda aholi soni yana oʻsishi kuzatildi. Bu davrga kelib aholi soni 275 mingga yetdi. 2011-yilda aholi 240 mingtani tashkil etgan.

Yil Soni
1800 22 676
2015 235 723
Yil Soni
2016 238 136
2017 238 478
Yil Soni
2019 238 697
2021 235 775
Yil Soni
2022 239 364

Manbalar

tahrir