Xitoy hukumati Shinjondagi uygʻurlar va boshqa etnik hamda diniy ozchiliklarga qarshi asosan genotsid deya tavsiflanayotgan siyosat olib borib, bir qator inson huquqlarini davomli ravishda poymol qilmoqda. 2014-yildan boshlab Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Bosh kotibi Si Szinpin boshqaruvi ostidagi Xitoy hukumati bir milliondan ortiq turkiy musulmonlarni hech qanday qonuniy jarayonlarsiz qayta tarbiyalash lagerlarida qamoqqa oldi. 2016-yildan 2021-yilgacha boʻlgan operatsiyalarni Shinjon KP kotibi Chen Quanguo boshqargan[2]. Bu jarayon Ikkinchi jahon urushidan keyingi etnik va diniy ozchiliklar hibsga olingan eng yirik holatdir[3][4]. Xitoy hukumati 2019-yilda lagerlarni tugatishni boshladi. Amnesty International tashkiloti mahbuslar rasmiy jazo tizimiga oʻtkazilayotganini taʼkidlab kelmoqda.

Uygʻur genotsidi
Shinjon mojarosining bir qismi

Shinjonning Lop tumanidagi lagerda nutq tinglayotgan mahbuslar. 2017-yil aprel.

Xitoy xaritasidagi Shinjon (qizil rang bilan belgilangan)
Joylashgan Shinjon, Xitoy
Sana 2014 — hozirgacha
Nishon Uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar va boshqa turkiy musulmonlar
Hujum turi
Interniratsiya, majburiy abort, majburiy sterilizatsiya, tugʻilishni majburiy nazorat qilish, majburiy mehnat, qiynoq, miya yuvish, zoʻrlash ham daʼvo qilingan (shu jumladan guruhli zoʻrlash)
Qurbonlar tax. ≥1 million hibsga olingan
Jinoyatchilar Xitoy hukumati
Maqsadi Terrorizmga qarshi kurash (rasmiy) Xitoylashtirish, islomofobiya[1] va siyosiy norozilikni bostirish

Uygʻurlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan lagerlarda oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishidan tashqari, hukumat siyosati majburiy mehnat[5][6], uygʻur diniy urf-odatlariga qarshilik[7], siyosiy indoktrinatsiya[8], majburiy sterilizatsiya[9], majburiy kontrasepsiya[10][11] va majburiy abortni oʻz ichiga olgan[12][13]. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yildan buyon oʻn olti mingga yaqin masjidlar vayron qilingan yoki zarar koʻrgan[2], yuz minglab bolalar ota-onasidan majburan ajratilib, maktab-internatlarga joylashtirilgan[14][15]. Xitoy hukumati statistik maʼlumotlariga koʻra, asosan uygʻurlar yashaydigan Xoʻtan va Qashqar viloyatlarida 2015-yildan 2018-yilgacha boʻlgan oraliqda tugʻilish 60 foizdan koʻproqqa kamaygan[9]. Xuddi shu davrda butun mamlakat boʻyicha tugʻilish darajasi 9,69 foizga kamaygan[16]. Xitoy rasmiylari 2018-yilda Shinjonda tugʻilish koʻrsatkichlari deyarli uchdan biriga kamayganini tan olsa-da, majburiy sterilizatsiya va genotsid haqidagi xabarlarni rad etdi[17]. 2019-yilda Shinjonda tugʻilish darajasi yana 24 foizga kamaydi, mamlakat boʻyicha esa bu koʻrsatkich 4,2 foizni tashkil etgan[9].

Shuningdek qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Abbas, Rushan (2021). "The Rise of Global Islamophobia and the Uyghur Genocide". The Brown Journal of World Affairs 28 (1). https://bjwa.brown.edu/28-1/the-rise-of-global-islamophobia-and-the-uyghur-genocide/. 
  2. 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Khatchadourian-5-4-2021
  3. Finley, Joanne (2020). "Why Scholars and Activists Increasingly Fear a Uyghur Genocide in Xinjiang". Journal of Genocide Research 23 (3): 348–370. doi:10.1080/14623528.2020.1848109. 
  4. Kirby, Jen. „Concentration camps and forced labor: China's repression of the Uighurs, explained“. Vox (2020-yil 25-sentyabr). „It is the largest mass internment of an ethnic-religious minority group since World War II.“.
  5. Turdush, Rukiye; Fiskesjö, Magnus (28 May 2021). "Dossier: Uyghur Women in China's Genocide". Genocide Studies and Prevention 15 (1): 22–43. doi:10.5038/1911-9933.15.1.1834. 
  6. Sudworth, John. „China's 'tainted' cotton“. BBC News (2020-yil dekabr).
  7. Congressional Research Service (18 June 2019). "Uyghurs in China". Congressional Research Service. https://fas.org/sgp/crs/row/IF10281.pdf. Qaraldi: 2 December 2019. Uygʻur genotsidi]]
  8. „Muslim minority in China's Xinjiang face 'political indoctrination': Human Rights Watch“. Reuters (2018-yil 9-sentyabr). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 „China cuts Uighur births with IUDs, abortion, sterilization“. Associated Press (2020-yil 28-iyun). 2020-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  10. „China Forces Birth Control on Uighurs to Suppress Population“. Voice of America. Associated Press (2020-yil 29-iyun).
  11. Samuel, Sigal. „China's genocide against the Uyghurs, in 4 disturbing charts“. Vox (2021-yil 10-mart).
  12. „China: Uighur women reportedly sterilized in attempt to suppress population“. Deutsche Welle (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
  13. „China 'using birth control' to suppress Uighurs“. BBC News (2020-yil 29-iyun). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
  14. Feng, Emily. „Uighur children fall victim to China anti-terror drive“. The Financial Times (2018-yil 9-iyul).
  15. Adrian Zenz (July 2019). "Break Their Roots: Evidence for China's Parent-Child Separation Campaign in Xinjiang.". The Journal of Political Risk 7 (7). https://www.jpolrisk.com/break-their-roots-evidence-for-chinas-parent-child-separation-campaign-in-xinjiang/. 
  16. „Birth rate, crude (per 1,000 people) - China“. The World Bank. Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.
  17. Ivan Watson, Rebecca Wright and Ben Westcott.. „Xinjiang government confirms huge birth rate drop but denies forced sterilization of women“. CNN International (2020-yil 21-sentyabr). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.