William Giauque
Jiok (Gianque) Uilyam Frensis [1895.12.5, Niagara-Fole (Kanada) — 1982.29.3] — amerikalik fizik-kimyogar, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1936-yildan). Kaliforniya universiteti professor (1934-yildan). Asosiy ishlari moddalarning termodinamik xossalarini, shu jumladan kondensirlangan gazlarning oʻta past temperaturalardagi xossalarini tekshirishga bagʻishlangan. Termodinamikaning 3-boshlanishini amaliy tadqiqotlar oʻtkazish natijasida tekshirgan. D. Mak-Dugal bilan hamkorlikda IK dan past temperaturalar xreil qilish va oʻta past temperaturalarni oʻlchash maqsadida adiabatik magnitsizlanish usulini ishlab chiqqan (1927). 0,5 K temperatura hosil qilishga erishgan. G. Jonston bilan hamkorlikda kislorodning “O va |8O izotoplari mavjudligini isbotlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1949).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |