Kontent qismiga oʻtish

Viktoriya Dayneko: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Oqsaqol (munozara | hissa)
Дайнеко, Виктория Петровна“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

2024-yil 17-may, 19:48 dagi koʻrinishi

 

Viktoriya Petrovna Dayneko (1987-yil 12-may, Kirovs, Taldiqoʻrgʻan viloyati, Qozog'iston SSR ) — rossiyalik qo'shiqchi va aktrisa. "Fabrika zvyozd-5" (2004) va "Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye"(2011) gʻolibi, Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist(2015)[1].

Hayoti

Viktoriya Dayneko 1987-yil 12-mayda Taldiqo'rg'on viloyati , Kirovsk qishlog'ida tug'ilgan[2][3][4].

Viktoriyaning bolaligi Saxa, Mirniy shahrida o'tgan. Bolaligidan estrada qo'shiqchisi bo'lishni orzu qilgan, ammo kattalar uning istagini jiddiy qabul qilishmagan. Ota-onasi Piter va Yevgeniya Daynekolar dasturchi boʻlishgan boʻlib[5], qizini "Almazi Yakutii" baletiga berishgan, Viktoriya11 yoshigacha raqs bilan shugʻullangan[6]. Maktab yillarida Mirniydagi turli musiqa sahnalarida, asosan, boshqa odamlarning xitlarini kuylab chiqqa boshlagan[2]. Bu orqali tanila boshlaganidan keyin Viktoriyani dastlab mahalliy "Otrajeniye" estrada guruhiga, keyinroq esa "Faeton" deb nomlangan guruhga taklif qilishadi[6][7].

Maktab yillarida ingliz tilini o'rgangan va Moskva aviatsiya institutining chet tillari fakultetiga o'qishga kirgan[4]. 17 yoshida Moskvaga o'qish uchun keladi, Moskva Aviatsiya institutiga o'qishga kirib, „Fabrika zvyozd-5“ musiqiy shousining ishtirokchisiga aylangunicha institutda bir necha oy tahsil oladi[5].

Faoliyati

2004-yilda 17 yoshida qo'shiqchi Alla Pugachova boshchiligidagi Birinchi kanalning "Favrika zvyozd-5 " televizion loyihasining ishtirokchisiga aylandi, loyiha gʻalaba qozonib, mukofot sifatida Moskvadan kavrtira oladi g'alaba qozondi va Moskvada kvartira olgan[8]. Televizion loyiha doirasida ikkita "Ya budu luchshe" (O. Volyando musiqasi, K. Arsenyev so'zi) va "Leyla" (I. Matvienko musiqasi, I. Matviyenko, Y. Bujilova soʻzi) qo'shiqlarini ijro etgan. Aleksandr Marshal bilan birga ijro etgan "Snilos mne" (A. Marshal musiqasi, K. Kavaleryan so'zi) qo'shig'i uchun videoklip suratga oladi .

Televizion loyiha tugagandan so'ng, Igor Matviyenko bilan ishlay boshlaydi. Xonandaning "Leyla" qo'shig'ining debyut klipi (I. Matvienko musiqasi, Y. Bujilova so'zi) 2005-yilda Tailandda suratga olingan. Shundan keyin Dayneko yangi qo'shiqlari va yangi videokliplari chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, Daynekoning hayoti matbuotda tez-tez muhokama qilingan, yaʼni 2006-yilda "Korni" guruhining yetakchi qo'shiqchisi Pavel Artemyev bilan ishqiy munosabatda bo'lgan. Ammo munosbatlar qisqa boʻladi, ammo bu Daynekoning „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ qoʻshigʻining yaralashiga sabab boʻlagan. Qoʻshiqning videoklipi syujeti (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya so'zi), rejissyor Viktor Priduvalov tomonidan yaratilgan boʻlib, "Korni" guruhining "Xochesh ya tebya spoyu" xit qoʻshigʻining klipi bilan chambarchas bog'liq boʻlgan.

2007-yil boshida Viktoriya "Film ne o lyubvi" filmiga „V ojidanii chuda“ (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya so'zi) saundtrekini yozadi. Filmni suratga olish bilan bir qatorda ushbu qo'shiq uchun ham videoklip suratga olingan. 2007-yil kuzida Viktoriya MTV Russia Music Awards marosimida "Eng yaxshi ijrochi" nominatsiyasida MakSimga yutqazadi[9]. Shuningdek, Fashion TV telekanalining "2007-yilgi moda qo'shiqchisi" nominatsiyasida gʻoliblikni qo'lga kiritgan[10].

O'sha yilning boshida Viktoriya Playboy jurnalining aprel sonida suratga tushgan[11], keyinroq Stansii 2.0 radiokanalining jonli efirdagi suhbatida bundan afsusda ekanligini bildirgan[12]. Ammo tez orada Viktoriya o'zi va butun oilasi fotosessiyadan mamnun ekanligini aytadi[5].

Shuningdek, 2007-yilda Aleksey Yagudin bilan "Lednikoviy period" loyihasida ishtirok etib, loyihaning finaliga chiqqan. Loyiha bilan bir vaqtda "Igolka" (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi) qo'shig'i uchun videoklip suratga olgan. 2007-yilda Dayneko "Schastlivi vmeste" teleserialida epizod rolda o'ynaydi, yana, "Noah's Ark" multfilmida bosh qahramon Pantiga ovoz beradi.

2008-yil 6 martda "Igolka" debyut albomi chiqqan[13], bu qo'shiqchining o'ziga xos „xitlari to'plami“ga aylanadi, chunki bu uch yillik faoliyatidagi birinchi albom boʻlgandi.

2008-yil qishda Aleksey Yagudin bilan birga "Kim millioner bo'lishni xohlaydi?" televizion o'yinida ishtirok etadi. 2009-yil bahorida Birinchi kanalning "Dve zvezdi 2009" loyihasida ishtirok etib, unda aktyor Aleksandr Oleshko bilan birgalikda 3-o'rinni egallaydi[14].

2010-yil oxirida "Rapunzel" multfilmining bosh qahramoniga ovoz beradi[15][16].

2011-yilda "Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye" loyihasida ishtirok etadi. Unda loyihaning turli yillardagi ishtirokchilari oʻzaro bellashishadi. Dayneko prodyuser Igor Matvienko jamoasining tarkibida boʻlgan. Loyihada Dayneko g'olib bo'ladi, unga loyihada ishtirok etgan tomoshabinlarning 19 foizi ovoz bergan[8].

Dayneko Aliye parusa festivalida (2018-yil)

2014-yil 12-mayda "Bey sebya" qoʻshigʻi videoklipining premyerasi bo'lib o'tadi. 2014-yil 25-noyabrda "V" deb nomlangan birinchi ingliz tilidagi albomining premyerasi bo'lib o'tgan[17].

2015-yil may oyida "Qorachoy-Cherkesiyada xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'ladi.

2015-yil noyabr oyida "Eti nochi" qo'shig'i chiqadi, 2016-yil yanvar oyida ushbu qoʻshiq uchun videoklip suratga olinadi.

2016-yil noyabr oyida "Trollar" multfilmidagi qahramonlardan biriga Dayneko ovoz beradi[18].

2019-yil 1-fevralda yangi "Magnitniye" albomi chiqqan[19].

2021-yilgi Davlat Dumasi saylovlarida „Zelyonaya alternativa“ partiyasining saylovoldi jarayonini boshqargan[20].

2022-yil kuzida Ukrainadagi urushda Rossiyani qo'llab-quvvatlagan rus estrada yulduzlari bilan birga "Vstanem" qo'shig'ini yozishda va videoklipini suratga olishda ishtirok etadi[21][22][23].

2023-yilda Birinchi kanaldagi "Tri akkorda "shousining yettinchi mavsum ishtirokchisi bo'lgan[24] .

2023-yilda NTV telekanalidagi "Maska" shousining 4-mavsumida Feniks obrazida ishtirok etadi. 2023-yil 19-martda namoyish etilgan oltinchi epizodda Feniksning niqobi ochiladi[25].

2024-yil fevral oyidan Radio Gordost ovozlaridan biri[26].

Shaxsiy hayoti

"Korni" guruhining yetakchi qo'shiqchisi Pavel Artemyev bilan munosabatlari tugagandan keyin Viktoriya ushbu guruhning yana bir vakili, qo'shiqchi Dmitriy Pakulichev bilan uchrashadi. Ularning munosabatlari ajralish bilan yakunlanadi. 2011-yil yozining oxirida Aleksey Vorobyov bilan uchrashishni boshladi, munosabatlari 2012-yil maygacha davom etgan[27].

2014-yil oktyabr oyidan boshlab DrumCast guruhining barabanchisi Dmitriy Kleyman bilan uchrasha boshlagan[28] va 2015-yil 14-aprelda unga turmushga chiqadi[29] 2015-yil 3-oktyabrda ularning Lidiya ismli qizi tugʻiladi[4][30]. 2017-yilda Dayneko va Kleyman ajrashishadi[30].

Diskografiyasi

  • 2008 — "Igolka"
  • 2014 — " V "
  • 2018 — "Smayli"
  • 2019 — "Magnitniye"
  • 2021 — "Ya — zima" (EP)

Video kliplari

Год Клип Режиссёр Альбом
2004 «Снилось мне» (совместно с Александром Маршалом) Марат Адельшин без альбома
2005 Лейла Дмитрий Захаров «Иголка»
2006 «Я просто сразу от тебя уйду» Виктор Придувалов
2007 «Фильм не о любви» (OST В ожидании чуда) Евгений Бедарёв
«Иголка» (совместно с Алексеем Ягудиным) Марат Адельшин
«Я буду жить» (OST Ноев ковчег) Виктор Придувалов
2008 «Стоп, куда же я иду»
«Глаза в глаза» (совместно с группой Корни) (OST Тариф новогодний) Евгений Бедарёв без альбома
2009 «Клякса» Оксана Шкворникова «Смайлы»
«Мой ангел (Ремикс)» (OST Наша Маша и Волшебный орех) Максим Кудеров без альбома
2011 «Сотри его из memory» Владимир Якименко
«Девушка на миллион» Константин Черепков
2012 «Ближе, чем танго» неизвестно
«Mirror, mirror»/«Мира мало» (совместно с T-killah) Хиндрек Маасик
2013 «Дыши» Марат Адельшин
2014 «Бей себя» «Смайлы»
2015 «Жить вдвоём» Мария Ефремова без альбома
2016 «Эти ночи» Андрей Томашевский
2018 «С Новым годом, мой ЛЧ» (совместно с Алексеем Воробьёвым) Алексей Воробьёв
2019 «Твоя девочка» Григорий Шмаков «Магнитные»
2021 Если бы знал ты Игорь Рудник Девочка не плачь

Filmografiyasi

Yil Ism Rol
2006 Klub kamo
2007 Birga baxtli kamo
Birinchi uy kamo
Nuh kemasi Panter Panti ( ovozli )
2010 Rapunzel: chigal Rapunzel ( ovozli )
2011 Hammasi o'z ichiga! Vika
2012 Zolushka kamo
2016 Trollar (multfilm) Rozeta (ovoz)
2018 Ralf Internetni buzadi Rapunzel (ovozli)
2018 Ajoyib ekipaj Natasha
2020 Trollar. Jahon sayohati Rozeta (ovoz)

Mukofotlari

Год Премия Номинация Номинированная работа Результат
2004 «Фабрика Звёзд-5. Аллы Пугачёвой» Виктория Дайнеко Gʻolib
«Новые песни о главном»[31][32] Диплом фестиваля «Лейла» Gʻolib
2005 «Я буду лучше» Nominatsiya
«MTV Russia Music Awards»[33] «Лучший дебют» Виктория Дайнеко Nominatsiya
2006 «ZD Awards»[34] «Солистка года» Nominatsiya
«Золотой граммофон» Статуэтка «Золотого граммофона» «Я просто сразу от тебя уйду» Gʻolib
«Новые песни о главном»[35] Диплом фестиваля Gʻolib
2007 «MTV Russia Music Awards»[36] «Лучшая исполнительница» Виктория Дайнеко Nominatsiya
«Песня года» Лауреат фестиваля «Фильм не о любви» Gʻolib
«Золотой граммофон» Статуэтка «Золотого граммофона» Gʻolib
2008 «Песня года» Лауреат фестиваля «Стоп, куда же я иду» Gʻolib
«Золотой граммофон» Статуэтка «Золотого граммофона» Gʻolib
«Мой адмирал» (с Любэ) Gʻolib
2009 «Премия Муз-ТВ» «Лучший саундтрек» Nominatsiya
«Лучшая исполнительница» Виктория Дайнеко Nominatsiya
2010 «Русский Топ»[37] «Лучшая певица года» Nominatsiya
2011 «Фабрика Звёзд-8. Возвращение» Gʻolib
«Fashion People Awards»[38] «Fashion песня» «Сотри его из Memory» Gʻolib
«Премия RU.TV» «Лучший рингтон» Nominatsiya
«Песня года» Лауреат фестиваля Gʻolib
«Золотой граммофон» Статуэтка «Золотого граммофона» Gʻolib
«Красная звезда» «Лучшая песня» Gʻolib
«Радио Поток»[39] «Лучшие песни 2011 года» Gʻolib
2012 Благодарность Президента Российской Федерации[40]. "За активное участие в организации и проведении праздника «День семьи, любви и верности» Удостоена Благодарности Президента Российской Федерации Gʻolib
«Love Radio Awards»[41] «Дуэт года» T-killah и Виктория Дайнеко Nominatsiya
«Русский Топ»[42][43] «Лучшая певица года» Виктория Дайнеко Nominatsiya
2013 Nominatsiya
«Реальная премия MusicBox» Nominatsiya
«Золотой граммофон»[44] Статуэтка «Золотого граммофона» «Дыши» Nominatsiya
«Красная звезда» «Лучшая песня» Gʻolib
2014 «Love Radio Awards»[45] «Лучшая отечественная исполнительница» Виктория Дайнеко Nominatsiya
«Русский Топ»[46] «Лучшая певица года» Nominatsiya
«Лучший альбом года» «V» Nominatsiya
2015 «Заслуженный артист Карачаево-Черкесской Республики» «За многолетний добросовестный труд и заслуги в области культуры» «Звание Заслуженной артистки Карачаево-Черкесской Республики» Gʻolib
«Премия Муз-ТВ» «Лучшая песня на иностранном языке» «R.E.D.» Nominatsiya
«Премия RU.TV» «Самое сексуальное видео» «Бей себя» Nominatsiya
2016 «Золотой граммофон» Статуэтка «Золотого граммофона» «Жить вдвоём» Gʻolib
«Русский Топ»[47] «Лучшая певица года» Виктория Дайнеко Nominatsiya
«Премия RU.TV» «Мама года» Nominatsiya
«Свадьба года» Виктория Дайнеко и Дмитрий Клейман Gʻolib

Sanksiyalarga tushishi

2022-yilda Ukrainaga hujumni qo'llab-quvvatlash uchun "Za Rossiyu" vatanparvarlik marafonida ishtirok etadi[48]. Shundan keyin Dayneko Ukrainaga qarshi urushni qo'llab-quvvatlashdagi konsertlarda ishtirok etgani uchun unga qarshi xalqaro sanktsiyalar qo'llash taklifi bilan FBKning korrupsionerlar va urush qo'zg'atuvchilari ro'yxatiga kiritiladi[49][50][51].

2022-yil mart oyining oxirida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Latviya tomonidan bosqinni qo'llab-quvvatlagani va rus tajovuzini oqlagani uchun Daynekoga mamlakatga kirishni taqiqlandi[52].

2023-yil 7-yanvarda Viktoriya "Vladimir Putinning urush mitingi ishtirokchisi" sifatida Ukrainaning sanksiyalar ro'yxatiga kiritilgan[53][54].

2023-yil 3-fevralda Rossiya dezinformatsiyasi va tashviqotini tarqatishda ishtirok etgani uchun “Rossiya dezinformatsion agentlari” sifatida Kanadaning sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshildi [55] [56] .

2023-yil iyun oyi oʻrtalarida Ukrainaning “Leopard” tanklari yoʻq qilgan Rossiya harbiylari va fuqarolariga shaxsiy mablagʻlari hisobidan mukofot toʻlash taklifini qoʻllab-quvvatlaydi va unga qoʻshiladi[57][58][59].

Manbalar

  1. „Виктория Дайнеко стала Заслуженной артисткой КЧР“ (ru). AiF (2015-yil 12-may). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  2. 2,0 2,1 „Виктория Дайнеко“ (ru). Europe Plus TV (2008-yil 6-mart). 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  3. „Сенсационный успех Виктории Дайнеко“ (ru). www.саханьюс.рф. ИА SakhaNews (2011-yil 29-may). 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Виктория Дайнеко“ (ru). Cosmopolitan. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 Дмитрий Тульчинский. В гостях у сказки // Интервью. — 2010. — Sentyabr. — Andoza:Bibliografik qisqartma.
  6. 6,0 6,1 „Биографии звезд на Cosmo.ru: Виктория Дайнеко“. 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-avgust.
  7. „Дайнеко Виктория Петровна, РОССИЯ - Деловой квартал“ (ru). www.dk.ru. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
  8. 8,0 8,1 „Как изменилась Виктория Дайнеко спустя 19 лет после "Фабрики звезд"“ (ru). Рамблер/кино (2023-yil 12-may). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  9. „Победители MTV Russia Music Awards“. 2008-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-aprel.
  10. „Вика Дайнеко станет лицом Motivi“. 2008-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-aprel.
  11. „Виктория Дайнеко обнажилась для Playboy.“. 2007-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-aprel.
  12. Запись эфира от 21.06 2010.
  13. „Вышел дебютный альбом Виктории Дайнеко «Иголка»“. 2008-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-aprel.
  14. „Победителями конкурса «Две звезды» стали Марк Тишман и Нонна Гришаева. Новости. Первый канал“ (ru). 1tv.ru. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  15. „Главная героиня нового мультфильма говорит голосом Вики Дайнеко“ (ru). 72.ру - новости Тюмени (2010-yil 18-noyabr). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  16. „Герои мультфильма «Рапунцель: Запутанная история» заговорили голосами Виктории Дайнеко и Григория Антипенко / ИА REX“ (ru). iarex.ru. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  17. „Виктория Дайнеко обнародовала гимн безопасному сексу“ (ru). km.ru (2014-yil 26-noyabr). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  18. „Виктория Дайнеко: Я согласилась озвучивать «Троллей» ради дочки“. Собеседник.ру. 2016-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-noyabr.
  19. „Виктория Дайнеко презентовала альбом «Магнитные» - новость канала RU.TV“. ru.tv. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  20. „Певица Виктория Дайнеко возглавит список «Зеленой альтернативы» на выборах в Госдуму“. www.znak.com. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  21. „Культурный фронт: как из эфира и со сцены в России пропали "война", "мир" и артисты, не поддержавшие вторжение в Украину“ (ru). Настоящее Время (2022-yil 2-dekabr). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  22. „SHAMAN и пустота: как автор песни «Я русский» стал (единственной) надеждой кремлевского музыкального агитпропа?“ (ru). RFI (2023-yil 25-mart). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  23. „Кринж-рок. Артемий Троицкий о провале путинского музыкального агитпропа“ (ru). The Insider. 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  24. „Шоу Три аккорда 7 сезон (2023): дата выхода, участники, выступления, жюри, ведущий“ (ru-RU). www.kp.ru. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  25. „Кто под маской Феникса на шоу Маска-4: кого раскрыли 19 марта 2023“ (ru-RU). www.kp.ru. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  26. „«Гордость» вместо «Книги»: как патриотическое радио заменило литературное“. Лениздат (2024-yil 20-fevral).
  27. „Виктория Дайнеко“ (ru). Cosmopolitan. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
  28. „Виктория Дайнеко показала своего 20-летнего парня“ (ru). www.depo.ua. 2015-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  29. „Вика Дайнеко вышла замуж в Кутузовском загсе Москвы“. 7days.ru (2015-yil 14-aprel). 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-aprel.
  30. 30,0 30,1 Юлия Мухамедова. „«Моей первой любовью был Гарик»: Виктория Дайнеко рассказала о своих бойфрендах“ (ru). Cosmopolitan (2021-yil 29-yanvar). 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
  31. „Виктория Дайнеко Лейла“.
  32. „Виктория Дайнеко Я буду лучше“.
  33. „MTV RMA 2005: триумфальная победа Димы Билана“ (2005-yil 21-sentyabr). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  34. „Сергей Лазарев стал «Солистом года» на ZD Awards“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
  35. „"Новые песни о главном" в Кремле“.
  36. „MTV RMA 2007: четвертый провал кряду | Гуру Кен Шоу. Новости шоу-бизнеса“. www.guruken.ru. 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
  37. „Русский ТОП 2010“. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  38. „FASHION PEOPLE AWARDS 2011“. 2016-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
  39. „Лучшие песни 2011 года“. 2017-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
  40. „Распоряжение Президента Российской Федерации от 5 апреля 2012 года № 130-рп «О поощрении»“. 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-noyabr.
  41. [http://www.loveradio.ru/new/49098.htm „Итоги года! Love Radio Awards 2012“]. 2017-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  42. „Русский ТОП 2012“. 2020-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  43. „Русский ТОП 2013“. 2018-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  44. „Архив результатов хит-парада Золотой граммофон - ВКонтакте“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  45. „Love Radio Awards 2014. Музыка“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyun.
  46. „Русский ТОП 2014“. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  47. „Русский ТОП 2016“. 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  48. „Марафон «Zа Россию» обошелся почти в 100 миллионов рублей из бюджета. Его организовал экспертный институт, далекий от шоу-бизнеса, но близкий к Кремлю. Главное из расследования «Русской службы Би-би-си»“ (ru). Meduza. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  49. „GAGARINA Polina Sergeevna“ (en). OpenSanctions. 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  50. „А чего вам дома не сидится?“ (en). Звуки.Ру. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
  51. „Гарик Сукачев, Николай Басков, Валерия попали в «Список 6000» Навального“ (ru-RU). Радио (2022-yil 10-may). 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  52. „Латвия запретила въезд ещё 102 россиянам“ (ru). Радио Свобода. 2023-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  53. „Зеленский ввел санкции против Михалкова, Киркорова, Симоньян и еще 116 российских артистов и других публичных лиц“ (ru). Настоящее Время. 2023-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  54. „ДАЙНЕКО Виктория Петровна - биография, досье, активы“ (ru). Война и санкции. 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  55. Global Affairs Canada. „Canada sanctions additional Russian propagandists“. www.canada.ca (2023-yil 3-fevral). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  56. „Канада ввела санкции против МИА «Россия сегодня», журналистов и артистов“ (ru). Коммерсантъ (2023-yil 3-fevral). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
  57. „Основатель группы «Земляне» предложил платить по миллиону рублей за подбитый танк Leopard 2. Его поддержали Лепс и Басков“ (ru). Meduza. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  58. „Басков, Дайнеко, Долина: кто из звезд будет премировать бойцов за подбитые танки“. Российская газета (2023-yil 15-iyun). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  59. Русская служба The Moscow Times. „Лепс и Басков пообещали платить российским военным по 1 млн рублей за подбитый в Украине Leopard“ (ru). Русская служба The Moscow Times (2023-yil 15-iyun). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.