Kontent qismiga oʻtish

Tavche gravche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 31-may, 20:43 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Tavche gravche — Makedoniya oshxonasining anʼanaviy taomi, tovada qovurilgan loviya. Serbiya oshxonasida aynan shunga oʻxshash boʻlgan prebranats taomi mavjud[1][2].

Taom nomi ikkita soʻz: „tavche“ — „maxsus sopol idish“ va „gravche“ — „loviya“dan tashkil topgan. Uning „gravche na tavche“[3], „makedoncha loviya“ kabi boshqa nomlari ham bor.

Taomni tayyorlash uchun Tetovo shahri hududida yetishtiriladigan yirik oq loviyaning tetovats navidan foydalanish maqsadga muvofiq.

Taom tarkibiga oq loviyadan tashqari piyoz, oʻsimlik moyi, qizil bulgʻor qalampiri va turli xil ziravorlar: tuz, murch, petrushka va boshqalar qoʻshiladi.

Loviya taom tayyorlashdan avval suvga solib qoʻyiladi va yumshatiladi, soʻngra pishguncha qaynatiladi, qaynash oxiriga kelib qolganda unga yogʻda qovurilgan piyoz hamda ziravorlar qoʻshiladi. Loviya tayyor boʻlgandan keyin issiqbardosh idishga — tavchega olinadi va yana pishiriladi. Taomga goʻsht qoʻshish ham mumkin[4].