Kontent qismiga oʻtish

Maadim vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 25-dekabr, 19:39 dagi Kagansky (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Maadim vodiysi (lotincha: Ma'adim Vallis) — Marsning eng katta vodiylaridan biri, daryoning quruq oʻzani uzunligi taxminan 700 km. Kengligi 20 km dan ortiq, chuqurligi baʼzi joylarda 2 km ga yetadi. U janubiy pasttekisliklardan boshlanadi, u yerda bir vaqtlar katta koʻllar guruhi boʻlgan deb hisoblanadi (qarang. Eridaniya). U sayyora ekvatori yaqinidagi Gusev kraterigacha boradi.

Maadim vodiysi Marsning erta tarixida oqar suv kesib oʻtishi orqali shakllangan deb hisoblanadi. Vodiy chegaralaridagi baʼzi qisqa, tor kanallar, aftidan, koʻmilib ketgan. Koʻmilish yer osti suvlari togʻ jinslarini qisman eritib, buzib yuborganda sodir boʻladi, ular qoʻporilib, qoldiqlari maydalanadi va eroziya jarayonida olib ketiladi.

„Maadim“ (ivritcha: מאדים — Mars sayyorasining ivritcha atalishi. Vodiy nomi 1973-yilda Xalqaro Astronomiya Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan.[1]

  • Mars gidrosferasi
  • Mars kanallari