Kontent qismiga oʻtish

Kvakerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 23-avgust, 00:23 dagi ProgrammerBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Baʼzi Kvaker tashkilotlarining norasmiy ramzi — sakkiz qirrali qizil-qora yulduz — XIX asr oxiridan beri ishlatilgan

Kvakerlar (inglizcha: Quakers - silkinish, titrash, hayajonlanish) - baptistlar yo‘nalishi. Yo‘nalishning rasmiy nomlanishi „Ichki yorug‘lik do‘stlari xristian jamoasi“, Jorj Foks tomonidan XVII asrda tashkil etildi. Kvakerlar imon haqiqati „ichki yorug‘lik“ bilan yoritilish davomida namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Xudo deganda doim hayajonlanish va u bilan munosabatda bo‘lganda ekstatik (qattiq hayajonlanish) usullardan foydalanganlari uchun kvakerlar degan nom olishgan. Sirli va sirli bo‘lmagan diniy marosimlarning barchasini bekor qilishgan. Ruhoniylarni tan olmaydilar. Ibodatxonalari yo‘q, ibodatlarni narsalardan bo‘shagilgan xonalarda amalga oshiradilar. Kvakerlar har qanday zo‘rlikni qoralaydilar, ular tinchlik (pasifizm) tarafdorlaridir. Jamoalarida 200 mishtacha a’zo bor, AQSH, Angliya, Kanada va ba’zi boshqa mamlakatlarda tarqalganlar. Kvakerlar tomonidan tashkilqilingan „Butun Jahon do‘stlar maslahatchi komiteti“ xalqaro tashkiloti faoliyatlarini muvofiqlashtiradi. Amerikada vujudga kelgan ikki diniy ta’limot: Iso Masih shogirdari va Iso Masih Cherkovi ham baptizmga yaqin turadi. Cho‘qintirish marosimi kishi balog‘atga yetgandan so‘ng o‘tkaziladi. Taqdirning oldindan belgilanganligi va Odam Atodan boshlab barcha insonlarning gunohkorligi to‘g‘risidagi ta’limotlarni tan olmaydilar. Bu tashkilotlarning bir-biridan farqi kam[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 250.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.