Kontent qismiga oʻtish

Choy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 5-sentyabr, 10:55 dagi Farhodovna 074 (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Choy butasi.
Choy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar.

Choy (xitoycha: ) — choy butasi barglarini, haslarini bir necha daqiqaga issiq suvda ivitilishidan tayyorlanadigan ichimlik.

Haqiqiy choyning asosiy toʻrt turi mavjud:

Yetishtirish va yigʻib olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choyni tayyorlash uchun xomashyo sifatida maxsus plantatsiyalarda koʻplab miqdorda oʻstiriladigan choy butasining barglaridan foydalaniladi. Choy yetishtirish boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan Xitoy, Hindiston va Afrikada yiliga toʻrt marotabagacha hosil yigʻib olinadi. Avvalgi ikki hosildan olinadigan choy eng koʻp qadrlanadi. Choy yetishtirish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hududlarning shimoliy chegarasi taxminan sobiq sovet ittifoqining janubiy respublikalari (Ozarbayjon, Gruziya) yoki Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi kengliklaridan oʻtadi.

Yuqori navli choylar uchun xomashyo unchalik katta boʻlmagan (taxminan 0,5 ga maydonda) togʻ yonbagʻirlaridagi tarqoq holda joylashgan plantatsiyalarda oʻsadi, shu sababli, barglarni yigʻish ishlariga bir plantatsiyadan boshqasiga oʻtish zaruriyati ham qoʻshiladi[1]. Choy barglari qoʻl bilan yigʻiladi va navlarga ajratiladi. Terimchilarning mehnati yetarlicha ogʻir va bir hil yoʻsindagi ish hisoblanadi: tayyor qora choyning va xom bargning massa nisbati – taxminan ¼ ni tashkil qiladi, ya’ni bir kilogramm choy tayyorlash uchun toʻrt kilogramm barg yigʻish kerak boʻladi (taxminan 2000 dona barg). Terimchilar uchun barg terimi me’yori kuniga 30—35 kg ni tashkil qiladi, bunda sifat standartlariga rioya qilish va butalardan faqat kerakli barglarnigina olish talab qilinadi.

Qoʻlda terish zaruriyati choyni yetishtirish imkoniyatlarini chegaralaydi: qoʻlda terish terimchilarning qoʻl mehnati narxi yetarli darajada past va yetarli darajada yuqori samaradorlikka ega boʻlgan hududlardagina mantiqqa ega. Choy bargini terish va navlarga ajratishni mexaniatsiyalashtirishga bir necha bor harakat qilib koʻrilgan, xususan, SSSRda 1958-yildayoq mexanizatsiyalashgan choy terish agregati yaratilgan edi, biroq mexanizatsiyalashgan terim texnologiyasi hanuzgacha oxirigacha yetkazilmagan: kombaynlar yordamida terilgan barglarning sifati juda xam past boʻladi, buning asosiy sababi – agregatlardagi begona hatti-harakatlarning koʻpligidadir, shuning uchun ham bunday terimdan yo eng past navli choyni ishlab chiqarish uchun, yoxud kelgusida kofein va choy tarkibidagi boshqa moddalarni ajratib olish maqsadida farmasevtika sanoati uchun foydalaniladi[2].

  1. „География чая“. geo.1sept.ru. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  2. „Чай с подоконника“. nkj.ru. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.