1-son gimnaziya
1-son gimnaziya qirgʻizcha: №1-gimnaziya | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Isfana, Qirgʻiziston | |
Koordinatalar | 39°50′03″N 69°31′17″E / 39.8341°N 69.5214°E |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Gimnaziya-internat |
Sinflar | 5-11 |
Til | Qirgʻiz |
1-son gimnaziya asosiy binosi |
1-son gimnaziya (qirgʻizcha: №1-gimnaziya; ruscha: Gimnaziya №1) Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan gimnaziya-internat.[1] Gimnaziyaning rasmiy nomi 1-son maktab-gimnaziyaidir (qirgʻizcha: №1-mektep-gimnaziya, ruscha: Shkola-gimnaziya №1).[2]
1-son gimnaziyida oʻqish bepul boʻlib, maktabda 5-dan 11-gacha sinflar bor. Gimnaziyaga odatda oʻqishga layoqati yuqoriroq boʻlgan oʻquvchilar qabul olinadi. Maktabning internatida oʻquv yili davomida asosan Laylak tumanida joylashgan qishloqlardan kelgan oʻquvchilar yashaydi. Maktabning hozirgi binosi 1961-yil qurilgan.
Dars programmasi
[edit | edit source]Gimnaziyaga oʻqishga layoqati yuqoriroq boʻlgan oʻquvchilar qabul olinadi. Gimnaziyaga kirish uchun imtihon topshirish kerak. Gimnaziyada Isfanadagi boshqa oʻrta maktablardagi kabi umumiy taʼlim berilsa-da, gimnaziya oʻquvchilariga koʻproq dars oʻtiladi va ular darslarni chuqurroq oʻzlashtiradilar.
Gimnaziyada matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. Gimnaziyada yana rus va ingliz tillari ham oʻqitiladi.
1-son gimnaziyida 7 yillik oʻqish oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq ikkiga boʻlinadi. 9-sinf oxirida oʻquvchilar davlat imtihonlarini topshirishadi va umumiy oʻrta maktabni bitirishganini tasdiqlovchi attestat olishadi. 10-11-sinflarda oʻqish majburiy emas. 11-sinf oxirida gimnazistlar yana bir bor davlat imtihonlarini topshirishadi.
Maktab yili sentyabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini beglilashda ishtirok eta olmaydilar. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻla olishadi (masalan +4, −5 va hokazo), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.
Gimnaziyada ertalabdan tushgacha asosiy darslar oʻtiladi. Tushki tanaffusdan keyin yana bir, ikki yoki uch soat qoʻshimcha darslar oʻtiladi. Bu darslarda qatnashish majburiy. Har bir dars 45 daqiqa davom etadi.
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ „Isfana: Shahar profili“ (qirgʻizcha). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. 2008-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2008-05-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Derbisheva Gulnara Tolubayevna“ (ruscha). Knews. 2013-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-03-12 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[edit | edit source]Vikiomborda 1-son gimnaziya haqida turkum mavjud |