Cleveland
Cleveland | |
---|---|
Shahar | |
41°28′56″N 81°40′11″W / 41.48222°N 81.66972°W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Ohio |
Okrug | Cuyahoga |
Hukumat | |
• Mer | Frank G. Jackson (D) |
Maydon | 2,134 km2 (824 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 199 m |
Aholisi (2011) |
393,806(US:47th) |
Vaqt mintaqasi | UTC-4, yozda UTC-3 |
Telefon kodi | 216 |
FIPS kodi | 39-16000 |
|
Cleveland AQShning Ohio shtatida joylashgan shahardir. Cuyahoga okrugi tarkibiga kiradi. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shahar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago shaharlari bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta port. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yoʻl-qurilish mashinalari, konchilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati uchun jihozlar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet (1826), ilmiy tadqiqot markazlari, muzeylar, teatrlar bor. K.ga 1796-yilda asos solingan.[1]
Aholisi
[edit | edit source]393,806(US:47th) nafar aholi istiqomat qiladi (2011).[2]
Geografiyasi
[edit | edit source]Maydoni — 213,4 km2. Shundan 200,9 km2 quruqlik, 12,5 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 199 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Census 2000 PHC-T-5. Ranking Tables for Incorporated Places of 100,000 or More: 1990 and 2000 Table 2. Incorporated Places of 100,000 or More, Ranked by Population: 2000 Source: U.S. Census Bureau (Internet Release date: 2-aprel 2001-yil)
Havolalar
[edit | edit source]- www.city.cleveland.oh.us (Wayback Machine saytida 2020-11-27 sanasida arxivlangan)