Musiqiy albom
Appearance
Musiqiy albom deb standart formatda chiqarilgan musiqiy asarlar toʻplamiga aytiladi. „Albom“ atamasidan foydalanishga birga sotilayotgan bir necha gramplastinkalarning albomsimon muqovaga solinishi turtki boʻlgan.
Turlari
[edit | edit source]Hajmiga koʻra
[edit | edit source]- LP (inglizcha: long play) yoki standart albom — bitta 12 dyuymlik plastinka yoki kompakt-diskda chiqarilgan albom; 30-80 daqiqa davomiylikdagi musiqa yoziladi.
- EP (inglizcha: extended play) yoki mini-albom — LPdan kichik, lekin singldan kattaroq albom[1].
- Boks-set (inglizcha: box set) — bir necha LPlardan iborat toʻplam.
Tarkibiga koʻra
[edit | edit source]- Studiyaviy albom — ovoz yozish studiyasida yozilgan albom.
- Jonli albom — jonli ijro (konsertlar) paytida yozib olingan albom[2].
- Terma — bir yoki bir necha ijrochining asarlari yigʻilgan albom.
Boshqa turlari
[edit | edit source]- Butleg — norasmiy albom. Yashirin, odatda noqonuniy yoʻl bilan chiqariladi.
- Demo — ijrochining asarlarini namoyish etish va baholash maqsadida chiqarilgan sinov albomi.
- Konseptual albom — tarkibidagi asarlari maʼlum bir gʻoya (konsepsiya) atrofida birlashgan albom.
- Saundtrek yoki ovoz yoʻlakchasi — filmda ishlatilgan musiqiy asarlar toʻplami.
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ „As albums fade away, music industry looks to shorter records“. timesfreepress.com. 10-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
- ↑ „Live or Multitrack?“ (inglizcha). www.redlightrecords.com. 26-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
Vikiomborda Musiqiy albom haqida turkum mavjud |