Jump to content

Subtropik mintaqalar

From Vikipediya
Subtropik mintaqalar

Subtropik mintaqalar - Yerning har ikki yarim sharidagi geografik mintaqalar, 30° va 40° kengliklar orasida joylashgan. Sovuq oyning oʻrtacha temperaturasi 0° dan yuqori. Subtropik mintaqalarda yil boʻyi oʻsimliklar vegetatsiyasi davom etadi. Yoz bilan qishning havo temperaturasi katta farq qiladi. Yozda tropik, qishda moʻʼtadil havo massalari hukmron. Dengiz boʻyidan quruqlik ichiga kirib borgan sari yogʻin miqdori kamayib, iqlim kontinentallashib boradi. Subtropik iqlimning 2 turi mavjud: materik subtropik iqlim va okean subtropik iqlimi mavjud. Materik subtropik iqlimda yoz issiq va quruq, qish beqaror, nisbatan sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 24—30°, yanvarda 0— 4° boʻladi. Yogʻin 300–500 mm, togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻrilarida 800–1000 mm. Okean subtropik iqlimga havo temperaturasining yil davomida keskin oʻzgarmasligi, yozda ancha past (20° atrofida), qishda iliq (12° chamasida) tra boʻlishi xos. Sm.da tuproq, asosan, qizil hamda kulrangjigarrang, sariqqoʻngʻir tuproklar. Oʻsimlik dunyosi xilmaxil. Choʻl va chala choʻllardan doim yashil oʻrmonlargacha mavjud. Har bir materikda Sm.ning 3 asosiy — gʻarbiy okean boʻyi yoki oʻrta dengiz boʻyi, kontinental va sharqiy okean boʻyi sektorlari ajratiladi. Kontinental Sm. materikning ichki qismlariga xos. Ularda yogʻin kam (200–400 mm), yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—4°, obhavo beqaror. Yoz issiq va quruq (28—30°). Yozda issiq 50° ga yetgani va qishda sovuq —10° dan past boʻlgani qayd etilgan. Yogin qish va bahorda yogʻadi. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatining Termiz va Denov tumanlari shu mintaqada joylashgan. Asosan, choʻl va chala choʻl zonasiga kiradi. Su v bor yerlar oʻzlashtirilib, vohalarga aylantirilgan. Issiqsevar oʻsimliklar, jumladan, magnoliya, palma daraxti ekiladi, ingichka tolali paxta, shakarqamash, subtropik mevalar (limon, xurmo, apelsin va boshqalar) yetishtiriladi.Bu mintaqa materikning chekka shimoli va chekka janubida tarkib topgan.