Kontent qismiga oʻtish

AFC Osiyo kubogi egalari kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AFC Osiyo kubogi egalari kubogi
Tashkiliy organ AFC
Asos solindi 1990
Bekor qilindi 2002
Hudud Osiyo
Oxirgi chempionlar Saudiya Arabistoni Al-Hilal (2-sovrin)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Saudiya Arabistoni Al-Hilal
Yaponiya Yokohama F. Marinos
(2 tadan sovrin)
Vebsayt the-afc.com

Osiyo kubok egalari kubogi (inglizcha: Asian Cup Winners Cup) – har yili Osiyo mamlakatlari ichki kubok gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladigan Osiyo futbol klublari musobaqasi edi. Kubok xronologik jihatdan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan tashkil etilgan ikkinchi darjali va mavsumiy davom etadigan Osiyo klublararo musobaqasi edi. Musobaqa 1990/1991-yilda AFCga aʼzo mamlakatlardan kelgan barcha ichki kubok gʻoliblari uchun xalqaro turnir sifatida boshlangan. Kubok egalari kubogi gʻoliblari Osiyo Superkubogi sovrini uchun klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻoliblariga qarshi bahs olib borgan. Musobaqada eng koʻp muvaffaqiyat qozongan klublar Saudiya Arabistonining Al Hilol va Yaponiyaning Nissan FC klublaridir.

Tunirning soʻnggi mavsumi 2001/2002-yilda oʻtkazilgan va yangi turnir, AFC Osiyo chempionlar ligasini tashkillashtirish uchun, Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati turniri bilan bilan birlashtirilgan va shu bilan turnir tugatilgan.

Gʻoliblar
Mavsum Chempionlar
1990–91 Eron Persepolis
1991–92 Yaponiya Nissan FC
1992–93 Yaponiya Yokohama Marinos
1993–94 Saudiya Arabistoni Al Qadsiah FC
1994–95 Yaponiya Yokohama Flügels
1995 Yaponiya Bellmare Hiratsuka
1996–97 Saudiya Arabistoni Al-Hilal
1997–98 Saudiya Arabistoni Al-Nassr
1998–99 Saudiya Arabistoni Al-Ittihad
1999–2000 Yaponiya Shimizu S-Pulse
2000–01 Saudiya Arabistoni Al-Shabab
2001–02 Saudiya Arabistoni Al-Hilal

Musobaqa 1990-yil boshida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan, Yevropadagi UEFA tomonidan oʻtkazilgan UEFA Kubogi egalari kubogi tuniri misolida tashkil etilgan. Birinchi turnir mavsumida oʻn yetti jamoa roʻyxatdan oʻtgan va finalda Bahraynning „Al-Muharraq“ jamoasini magʻlub etgan Eronning „Persepolis“ klubi birinchi boʻlib gʻolib boʻlgan. Saudiya Arabistonining Al-Hilol jamoasi 2001/2002-yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning Jeonbuk Hyundai Motors jamoasini magʻlub etib, musoboqaning soʻngi chempioni boʻlgan. AFC 2002-yilda klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, Osiyo Kubogi egalari kubogi va Osiyo Superkubogi turnirlari birlashib, Osiyo Chempionlar Ligasini tashkil etdi va shundan soʻng mamlakat kubogi sohiblari Osiyo chempionlar ligasiga yoʻl olishi belgilab qoʻyilgan.

Natijalar va statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar boʻyicha natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klublar boʻyicha Osiyo kubogi egalari kubogidagi natijalari
KLub Sovrin(lar) Ikkinchi oʻrin Gʻoliblik mavsumlar Ikkinchi oʻrin mavsumlari
Saudiya Arabistoni Al-Hilal 2 0 1996–97, 2001–02
Yaponiya Yokohama F. Marinos1 2 0 1991–92, 1992–93
Eron Persepolis 1 1 1990–91 1992–93
Saudiya Arabistoni Al-Nassr 1 1 1997–98 1991–92
Saudiya Arabistoni Al Qadsiah FC 1 0 1993–94
Yaponiya Yokohama Flügels2[1] 1 0 1994–95
Yaponiya Shonan Bellmare 1 0 1995
Saudiya Arabistoni Al-Ittihad 1 0 1998–99
Yaponiya Shimizu S-Pulse 1 0 1999–2000
Saudiya Arabistoni Al-Shabab 1 0 2000–01
Bahrayn Al-Muharraq 0 1 1990–91
Gonkong South China 0 1 1993–94
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Shaab 0 1 1994–95
Iroq Al-Talaba 0 1 1995
Yaponiya Nagoya Grampus 0 1 1996–97
Janubiy Koreya Suwon Samsung Bluewings 0 1 1997–98
Janubiy Koreya Jeonnam Dragons 0 1 1998–99
Iroq Al-Zawraa 0 1 1999–2000
Xitoy Dalian Shide 0 1 2000–01
Janubiy Koreya Jeonbuk Hyundai Motors 0 1 2001–02

1 shu jumladan Nissan FC.

2 Yokohama Flügels 1999-yilda Yokohama Marinos bilan Yokohama F. Marinosga birlashtirilgan.

Mamlakatlar boʻyicha natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakatlar boʻyicha finallardagi natijalar
Nation Sovrin Ikkinchi oʻrin Jami
 Saudiya Arabistoni 6 1 7
 Yaponiya 5 1 6
 Eron 1 1 2
 Janubiy Koreya 0 3 3
 Iroq 0 2 2
 Bahrayn 0 1 1
 Xitoy 0 1 1
 Hong Kong 0 1 1
 Birlashgan Arab Amirliklari 0 1 1

Quyidagi jadvalda Osiyo kubogi egalari kubogida gʻolib boʻlgan murabbiylar roʻyxati keltirilgan.

Yil Klub Murabbiy
1990–91 Eron Persepolis Eron Ali Parvin
1991–92 Yaponiya Nissan FC Yaponiya Hidehiko Shimizu
1992–93 Yaponiya Yokohama Marinos Yaponiya Hidehiko Shimizu
1993–94 Saudiya Arabistoni Al Qadsiah FC Chexiya Ján Pivarník
1994–95 Yaponiya Yokohama Flugels Braziliya Antonio Carlos da Silva
1995–96 Yaponiya Bellmare Hiratsuka Yaponiya Shigeharu Ueki
1996–97 Saudiya Arabistoni Al Hilal Xorvatiya Mirko Jozić
1997–98 Saudiya Arabistoni Al-Nassr Chexiya Dusan Uhrin
1998–99 Saudiya Arabistoni Al-Ittihad Serbiya Dimitri Davidovic
1999–2000 Yaponiya Shimizu S-Pulse Angliya Steve Perryman
2000–01 Saudiya Arabistoni Al-Shabab Braziliya Carlinhos
2001–02 Saudiya Arabistoni Al Hilal Portugaliya Artur Jorge
  1. V 1999 godu „Yokogama Flyugels“ bil obʼedinyon s „Yokogama Marinos“ v „Йокогама Ф. Маринос“.