Ahmad Fanokatiy
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ahmad Fanokatiy – Xitoy xoqoni (XIII asr) Xubilayning ishongan ayonlaridan biri. Qadim Shoshning Fanokat viloyatida tug‘ilgan. 1261 yilda Shandu shahriga hokimlik qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pul muomalalari va soliq ishlarini tartibga solishda yangi qonun-qoidalarni tuzish hamda ularni joriy etishda yetakchilik qilib, Xitoyning iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. O‘z davrida ipakchilik, chigit ekish va paxta tolasidan mato to‘qish ishlarining yangi bosqichga ko‘tarishda salmoqli hissa qo‘shgan. Ahmad Fanokatiy bu sa’y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, Ahmad Fanokatiy aholini dori-darmon bilan ta’minlash va bu ishda Turkiston tabobati tajribalaridan hamda tabiblaridan foydalanishga alohida e’tibor bergan. Xon Xubilay uning zukko va ishbilarmonligiga baho berib: “Qobiliyatini inobatga olganda, musulmonlar orasida faqat Axama (Ahmad) bosh vazirlik lavozimiga loyiqdir” deb ta’rif bergan.
Vafot etgan yili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad Fanokatiy 1282 yilning uchinchi oyida suiqasd sabab vafot etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xo‘jayev A. “Buyuk Ipak Yo‘li: munosabatlar va taqdirlar” “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. T.: – 2007.