Kontent qismiga oʻtish

Ajanta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajanta — Hindistonning gʻarbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi meʼmoriy majmua. Avrangoboddan shimoli-sharqda, Mahorashtra shtatida. Ajanta Vagxora daryosi yoqasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (mil. av. II asr - mil. VII asr). Jami 29 ta gʻor ichiga zal ishlangan. Ajanta majmuasi qadimgi xalq meʼmorligi uslubida yaratilgan. Ajantaning keyingi qurilgan qismlari haykallar va devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Ularda tantanali shodiyonalar va xalq sanʼati aks ettirilgan. Sanʼatkorlar haykaltaroshlik va rassomlik asarlariga xalq badiiy ijodiga xos realistik ruh va goʻzallik bera olganlar. Ad.: Tyulyayev S. I., Arxitektura Indii, M., 1939.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil