Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Todd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander R. Todd, Baron Todd

TODD Aleksander (1907.2.10, Glazgo — 1997.10.1) — ingliz organik kimyogari. Manchester universiteti kimyoviy laboratoriyalari direktori (1938—44). Kembrij universiteti professor (1944—71). Ilmiy siyosat boʻyicha Buyuk Britaniyaning davlat maslahat kengashi raisi (1952— 64). Asosiy ilmiy ishlari nukleotidlar, nukleotid koenzimlar va nuklein kislotalar kimyosiga oid. Ribozaning furan shaklini va glikozid markazining rkonfiguratsiyasini aniqlagan (1939—41). Dezoksiuridin va barcha ribonukleozidlarni (1941—44), shuningdek, nukleotidadenil kislotani (1947) sintez qilgan, tarkibida 3’5’nukleotidlararo bogʻi boʻlgan dinukleotid sintezini ilk bor amalga oshirgan (1955). London kimyo jamiyati prezidenti (1960—62). Nobel mukofoti laureati (1957).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil