Kontent qismiga oʻtish

Amneziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amneziya (yun. a – inkor qoʻshimchasi va mneme – xotira, es) – xotiraning buzilishi; boʻlib oʻtgan voqea va kechinmalarni eslay olmaslik yoki chala eslash. Bosh miyaning shikastlanishi, tutqanoq, qattiq ruhiy iztirob va boshqa sabab boʻladi; amneziyaning quyidagi turlari farq qilinadi: anterograd amneziya – odamning ruhiy kasallikka uchragandan keyingi hodisalarni esda saqlay olmasligi; avjlanuvchi amneziya – xotirada hech narsa kirmasligi; retrograd amneziya – odamning kasal boʻlishidan ilgarigi oʻtgan hodisalarni unutishi; fiksatsion amneziya – ayni vaqtdagi, shuningdek yaqin kunlarda boʻlib oʻtgan hodisalarni xotirada saqlay olmaslik va hokazo[1].

Hozirgi kunda Amneziyani zamonaviy koʻrinishi boʻlmish „Raqamli amneziya“ (yana bir nomi GOOGLE effekti) ham mavjud. Ushbu amneziya quyidagicha tavsiflanadi.

Kutubxona yoki inson xotirasida saqlangan hamma narsa endi qoʻlimizdagi gadjet, smartfonda mavjud. Biz GOOGLEdan maʼlumot qidirib topamiz uni idrok qilamiz, lekin aqlimiz diqqatni jamlab va uni eslab qolish shart emas deb oʻylaydi, chunki bu maʼlumot har doim Googleda bor. Aynan shu narsani psixologiyada raqamli amneziya yoki GOOGLE effekti deyiladi. Psixodiagnostika kanalidan olindi

  1. "Amneziya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Psixodiagnostika