Arafura dengizi
Qiyofa
Arafura dengizi — Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya, Yangi Gvineya, Tanimbar va Kay o.lari oraligʻida. Maydoni 1017 ming km². Koʻp qismining chuq. 200 m, shimoli-gʻarbda 3680 m gacha. Oqimlar yozda gʻarbdan sharqqa, qishda sharqdan gʻarbga yoʻnalgan. Suvining oʻrtacha temperaturasi 25 — 28°. Shoʻrligi 34 — 35‰. Eng katta qoʻltigʻi — Kar-pentariya.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |