Astrodon
Astrodon (aster: yulduz, odon: tish) — yirik, oʻtxoʻr sauropod dinozavrlari turkumi vakili, oʻlchami 20 m (66 ft) ga teng. Uzunligi, 9 m (30 ft) va tana massasi 20-22 tonna atrofida boʻlgan[1][2][3]. U hozirgi Amerika Qoʻshma Shtatlarining sharqiy qismida erta boʻr davrida yashagan va topilma qoldiqlari 112-110 million yil oldin palinomorflar orqali Albian davriga aloqador boʻlgan Arundel shakllanishida topilgan[4].
Turlar va kashfiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinozavrning ikki tishi 1858-yil noyabr oyining oxirida kimyogar Filipp Tomas Tayson tomonidan Jon D. Latchforddan oʻrganilish maqsadida olingan. Ular Merilend shtatidagi Prins Jorj okrugi, Muirkirk shahri, Swampoodle shaharchasi yaqinida joylashgan Arundel qatlamidagi Latchfordning temir ruda qazib olish konida topilgan. Tayson ularni Baltimor stomatologiya kolleji professori, stomatolog Kristofer Jonston tomonidan oʻrganilishga ruxsat beradi. U bir tishni yarmini kesib oladi va shu bilan yulduz shaklidagi kesmani topadi. Jozef Leydi 1865-yilda YPM 798 holotip namunasi sifatida Astrodon Jonstoni (tur) deb nom bergan. Agar Jonston maʼlum bir epitetni biriktirgan boʻlgan-da, bu Qoʻshma Shtatlarda aniqlangan ikkinchi dinozavr turi boʻlar edi. Jonston, kashfiyot joyi Bladensburg shahri yaqinidagi temir koni boʻlgani haqida, afsuski, notoʻgʻri maʼlumot keltirgan.
1888-yilda O. C. Marsh Merilend shtatining Myurkirk yaqinida topilgan Arundel suyaklaridan baʼzilarini Pleurocoelus nanus va altus deya nomlaydi. Biroq, 1903-yilda Jon Bell Xetcher, Astrodon Jonstonining tishlari va Pleurocoelus nanus deb ataladigan Arundel shakllanishidagi tishlarning oʻxshashligini hisobga olingan holda, ikkinchisi avvalgisi bilan bir xil turni ifodalaydi va shuning uchun Astrodon nomi ustuvor ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi[5]. 1921-yilda Charlz V. Gilmor Pleurocoelus jinsi Astrodonning kichik sinonimi ekanligiga rozi boʻladi, lekin ayni paytda P. nanus va P. altusni Astrodonning alohida turlari sifatida saqlab qoladi. Bir vaqtning oʻzida turkumga tegishli boshqa turlarga Astrodon valdensis[6] va Astrodon pussilus kiradi[7]. 1962-yilda R.F. Kingham Brachiosaurusni, shu jumladan uning barcha turlarini Astrodonga subgenus sifatida eʼlon qiladi[8]. Carpenter va Tidwell (2005) Xetcherning Arundel shakllanishidan maʼlum boʻlgan sauropod dinozavrining faqat bitta turi borligi va Astrodon johnstoni Pleurocoelus nanus (shuningdek, P. altus) ning birinchi chuqur tavsifida katta sinonimi ekanligi haqidagi dalillarini qabul qiladilar. Astrodon suyaklarining aksariyati balogʻatga yetmagan bolalar boʻlishgan va Carpenter va Tidwell Marshtomonidan atalgan ikkita tur: P. nanus va P. altus ni Astrodon johnstonining oʻsish bosqichlariga aloqador deb hisoblashgan[4].
Biroq, boshqa mualliflar Astrodon va Pleurocoelusning sinonimizatsiyasi foydasiga dalilni unchalik ishonchli deb topmaydilar. Piter Rouzning (2007) soʻzlariga koʻra, Astrodon Jonstoni yoki Pleurocoelusga tegishli tishlar „titanozavriformlar orasidagi aniqlashtiruvchi dalil“ ekanligi isbotlanmagan. Ushbu qarash boshqa taksonlarning tishlaridan farqlashda ularning foydali qirralarini parda ortiga yashiradi deya hisoblaydi. Pleurocoelus nanus va P. altus (mos ravishda toʻrtta vertebra va ikkita orqa oyoq suyagi) turlarini Astrodon tipidagi tishlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslab boʻlmaydi, shuning uchun har qanday taqqoslash Pleurocoelusning koʻrsatilgan namunalari asosida amalga oshirilishi kerak. Biroq, bularning barchasi Arundel shakllanishidan ajratilgan suyaklar boʻlib, ular faqat „joylarning yaqinligi va suyaklarning kattaligiga qarab“ Pleurocoelus deb atalgan. Rouz, Astrodon diagnostik materialga asoslanmaganligi sababli, „yangi kashfiyotlar bu turga mos kelmasligi mumkin“ va „ikki takson, Astrodon va Pleurocoelusni sinonimlashtirish haqidagi argument asossiz koʻrinadi“ degan xulosaga keladi. Muallifning fikriga koʻra, Pleurocoelus turidagi aniqlashtirilgan material boʻlmasligi mumkin[9].
Shunga oʻxshash dalillarni Maykl D. d’Emik (2013) ham keltirgan. Muallif Astrodon johnstoni, Pleurocoelus nanus va P. altus tipidagi materialning diagnostik xususiyatlarini topa olmadi va uchta taksonni nomina dubia deb hisoblaydi. Muallifning fikriga koʻra, Arundel shakllanishidan boshqa turdagi sauropod suyaklari bu taksonlarga tegishli boʻlishi mumkinligiga toʻgʻridan-toʻgʻri dalil yoʻq. D’Emik, shuningdek, Pleurocoelus nanus turkumidagi suyaklarning aniq kelib chiqishi noaniq ekanligini va shuning uchun „bu suyaklar shaxslar yoki taksonlarning ximerasi boʻlishi mumkinligini“ taʼkidladi. Muallif shuningdek, Carpenter va Tidwell tomonidan taklif qilingan Astrodon johnstoni tashxisini sharhladi (Arundel shakllanishidagi nafaqat tipdagi tishlarga, balki, barcha sauropod materiallarga, asoslangan edi). U ushbu taksonning taxmin qilingan autapomorfiyalarining aksariyati „boshqa sauropodlar, masalan, Camarazavr bilan solishtirganda farqlanmaydi va materialning balogʻatga yetmagan tabiati bilan bogʻliq“ deb daʼvo qiladi[10].
Paleoekologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Merilend shtatidagi Arundel shakllanishi palinomorflar orqali, taxminan 112 million yil avval, erta boʻr davrining Albiya bosqichiga toʻgʻri keladi.[4] Ushbu tuzilma nafaqat Merilendda, balki Vashington, Delaver va Virjiniya shtatlarining qismlarini oʻz ichiga olgan Potomak guruhining bir qismidir. Arundel qatlami kengayib borayotgan Atlantika okeani havzasining chekkasida joylashgan. Ushbu shakllanishda saqlanib qolgan hudud keng va odatda tekis tekislik boʻlib, uning boʻylab bir nechta oqimlar oqib oʻtadi, ehtimol Alabama, Jorjiya, Luiziana va Missisipi shtatlarining zamonaviy qirgʻoq mintaqalariga oʻxshaydi.
Astrodonga biriktirilgan fotoalbom materiallari, shuningdek, Arkanzasning janubi-gʻarbiy qismidan Oklaxomaning janubi-sharqiy qismiga va Texasning shimoli-sharqiy qismiga choʻzilgan Antlers shakllanishining ikkita Oklaxoma hududida topilgan.[11][12] Ushbu geologik shakllanish radiometrik jihatdan aniqlanmagan. Olimlar biostratigrafik maʼlumotlardan va uning Texasdagi Trinity Group kabi bir nechta avlodlarga ega ekanligidan foydalangan holda, bu shakllanish erta boʻr davrining Albiya bosqichida, taxminan 110 milyada paydo boʻlgan deb taxmin qilishdi.[13] Portugaliyadagi Lusitanian havzasidagi Papo Seko shakllanishi, shuningdek, Astrodonga tegishli fotoalbomlarni taqdim etdi.
Hozirgi Merilend shtatida Astrodon oʻzining paleomuhiti ushbu shtat bilan bogʻlangan holda namoyish eradi. Qazilmalarning dalillari nisbatan oz maʼlum boʻlgan teropodlar Dryptozavr medius, Capitalzavr potens va Coelurus gracilis va taniqli yirik teropod Acrocanthosaurus atokensis mavjudligiga ishora qiladi, ehtimol bu mintaqada Apex yirtqichlar ham mavjud boʻlgan[14][15]. Boshqa umurtqali hayvonlar shakllanishdan unchalik maʼlum emas, lekin chuchuk suv akulalari, oʻpka baliqlari, toshbaqalarning kamida uchta avlodi, shu jumladan Glyptops caelatus va timsoh shaklidagi Goniopholis affinis ham ushbu ehtimol tarkibidadirlar. Dalillar koʻp miqdorda tuberkulyar sutemizuvchilar Argillomys marylandensis ham mavjud boʻlganini koʻrsatadi[16]. Iz qoldiqlari orasida Eubrontes deb nomlanuvchi teropod izlari va pterozavrga mansub Pteraichinus geniga aloqador boʻlgan boshqa hayvonlar mavjud boʻlib, bu hayvonlar juda koʻp boʻlganini koʻrsatadi[17]. Bu hududdan maʼlum boʻlgan oʻsimliklar hayotiga kremniylangan yogʻoch sifatida saqlanib qolgan daraxtlar, Dioonitlar, Ginkgo kabi sikadlar, Selaginella tuproq oʻsimligi va ulkan qizil daraxt — ignabargli Sequoia kiradi.
Milod shakllanishidan oldingi Oklaxomada Astrodon boshqa dinozavrlar bilan birga yashagan, masalan, sauropod Sauroposeidon proteles, dromeozavr Deinonychus va karnozavr Acrocanthosaurus atokensis shular jumlasidandir[18][19]. Antlers shakllanishida saqlanib qolgan paleo muhitdagi eng keng tarqalgan dinozavr ornitopod Tenontozavr hisoblanadi. Astrodon bilan bir davrda mavjud boʻlgan boshqa umurtqali hayvonlarga amfibiya Albanerpeton artridion, sudraluvchilar Atokasaurus metarsiodon va Ptilotodon wilsoni, crurotarsan sudralib yuruvchi Bernissartia, toʻgayli baliqlar turkumiga kiruvchi Hybodus buderi va Lissodus anitae kabi hayvonlar ham boʻlgan[20][21]. Bizga maʼlum boʻlgan baʼzi qush qoldiqlari ham ushbu shakllanishdan maʼlum. Qazilma dalillar gar Lepisosteus bu mintaqada eng keng tarqalgan umurtqali boʻlgan, degan farazlar ham mavjud. Ushbu hududdan maʼlum boʻlgan dastlabki sutemizuvchilarga Atokatherium boreni va Paracimexomys crossi kabilar ham kiradi[22].
Madaniy topilmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yilda Astrodon Jonstoni Merilend shtati dinozavri nomini oladi. Astrodon Robert T. Bakkerning „Raptor Red“ romanida ham Utahraptor oʻljasi sifatida namoyon boʻladi.
Shimoliy Karolina Tabiiy fanlar muzeyining uchinchi qavatida joylashgan Janub qoʻrqinchi koʻrgazmasida haqiqiy oʻlchamdagi Astrodon modeli (chap orqa oyogʻida chandigʻi bor) namoyish etilgan[23][24].
Yana bir Astrodon modeli ham Baltimordagi Merilend ilmiy markazida namoyish etilgan[25]. U „Tarixdan oldingi Vashington“ hujjatli filmida ishtirok etgan.
Astrodon Texas shtatiga aloqador dinozavrdir[26].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Weems, R. E., & Bachman, J. M. (2015). The Lower Cretaceous Patuxent Formation Ichnofauna of Virginia. Ichnos, 22(3-4), 208-219. https://doi.org/10.1080/10420940.2015.1063493
- ↑ Dilisio, J.. Maryland Geography: An Introduction (en). Baltimore: Johns Hopkins University Press, 2014. ISBN 9781421414829.
- ↑ Anneli, Luiz E.. O Guia Completo DOS Dinossauros Do Brasil. São Paulo: Editora Peirópolis, 2010. ISBN 9788575961773.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Carpenter, Kenneth „Reassessment of the Early Cretaceous sauropod Astrodon johnstoni Leidy 1865 (Titanosauriformes)“, . Thunder Lizards: The Sauropodomorph Dinosaurs Kenneth Carpenter: . Indiana University Press, 2005 — 38–77-bet. ISBN 978-0-253-34542-4.
- ↑ Hatcher, John Bell (1903). „Discovery of remains of Astrodon (Pleurocoelus) in the Atlantosaurus beds of Wyoming“. Annals of the Carnegie Museum of Natural History. 2-jild. 9–14-bet.
- ↑ W.E. Swinton, 1936, „The dinosaurs of the Isle of Wight“, Proceedings of the Geologists' Association 47(3): 204-220
- ↑ Lapparent, A. F. de, & Zbyszewski, G., 1957, Les Dinosauriens du Portugal, Mémoires des Services Geologiques du Portugal. Nouvelle série, numéro 2, 63 pp
- ↑ Kingham, R. F., 1962, „Studies of the sauropod dinosaur Astrodon Leidy“, Proceedings of the Washington Junior Academy of Sciences, 1: 38-44
- ↑ Rose, Peter J. (2007). „A new titanosauriform sauropod (Dinosauria: Saurischia) from the Early Cretaceous of central Texas and its phylogenetic relationships“. Palaeontologia Electronica. 10-jild, № 2. 8A-bet.
- ↑ d'Emic, Michael D. (2013). „Revision of the sauropod dinosaurs of the Lower Cretaceous Trinity Group, southern USA, with the description of a new genus“. Journal of Systematic Palaeontology. 11-jild, № 6. 707–726-bet. doi:10.1080/14772019.2012.667446.
- ↑ P. Larkin. 1910. The occurrence of a sauropod dinosaur in the Trinity Cretaceous of Oklahoma. Journal of Geology 17:93-98
- ↑ R. L. Cifelli. 1997. Oklahoma Geology Notes 57(1):4-17
- ↑ Wedel, M. J., and Cifelli, R. L. 2005. Sauroposeidon: Oklahomaʼs native giant. Oklahoma Geology Notes 65 (2):40-57.
- ↑ Harris, Jerald D. „Large, Early Cretaceous theropods in North America“, . Lower and Middle Cretaceous Terrestrial Ecosystems, New Mexico Museum of Natural History and Science Bulletin Spencer G. Lucas: , 1998 — 225–228-bet.
- ↑ Lipka, Thomas R. „The affinities of the enigmatic theropods of the Arundel Clay facies (Aptian), Potomac Formation, Atlantic Coastal Plain of Maryland“, . Lower and Middle Cretaceous Terrestrial Ecosystems, New Mexico Museum of Natural History and Science Bulletin Spencer G. Lucas: , 1998 — 229–234-bet.
- ↑ R. L. Cifelli, C. L. Gordon, and T. R. Lipka. 2013. New multituberculate mammal from the Early Cretaceous of eastern North America. Canadian Journal of Earth Sciences 50(3):315-323
- ↑ A. Bibbins. 1895. Notes on the paleontology of the Potomac Formation. The Johns Hopkins University Circulars 15(121):17-20
- ↑ Weishampel, David B.; Barrett, Paul M.; Coria, Rodolfo A.; Le Loeuff, Jean; Xu Xing; Zhao Xijin; Sahni, Ashok; Gomani, Elizabeth, M.P.; and Noto, Christopher R. (2004). „Dinosaur Distribution“, in The Dinosauria (2nd), p. 264.
- ↑ Brinkman, Daniel L.; Cifelli, Richard L.; & Czaplewski, Nicholas J. (1998). „First occurrence of Deinonychus antirrhopus (Dinosauria: Theropoda) from the Antlers Formation (Lower Cretaceous: Aptian — Albian) of Oklahoma“. Oklahoma Geological Survey Bulletin 146: 1-27.
- ↑ Nydam, R. L. and R. L. Cifelli. 2002a. Lizards from the Lower Cretaceous (Aptian-Albian) Antlers and Cloverly formations. Journal of Vertebrate Paleontology. 22:286-298.
- ↑ Cifelli, R. Gardner, J. D., Nydam, R. L., and Brinkman, D. L. 1999. Additions to the vertebrate fauna of the Antlers Formation (Lower Cretaceous), southeastern Oklahoma. Oklahoma Geology Notes 57:124-131.
- ↑ Kielan-Jarorowska, Z., and Cifelli, R. L. 2001. Primitive boreosphenidan mammal (?Deltatheroida) from the Early Cretaceous of Oklahoma. Acta Palaeontologica Polonica 46: 377-391.
- ↑ „Noah's Ravens: A Visit To the North Carolina Museum of Natural Sciences, Part II: Terror of the South & the Nature Research Center“. Noah's Ravens (2016-yil 29-oktyabr). 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
- ↑ „GDP: A couple of Carolina dinosaurs“ (en). Past in the Present (2018-yil 12-aprel). 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Dinosaur Mysteries“ (en-US). Maryland Science Center. 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
- ↑ „TPWD Kids: Texas Symbols: Dinosaur“. tpwd.texas.gov. 2022-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jonston, C., 1859, „Odontografiya haqida eslatma“, Amer. Journal Dental Sci. 9:337-343.
- Kranz, P. M. 1996, Merilend shtatidagi choʻkindi temir rudalari va ularning dinozavr faunasi haqida eslatmalar, Merilend geologik tadqiqoti maxsus nashri № 3, pp. 87-115.
- Leidy, J 1865, Qoʻshma Shtatlardagi boʻr shakllanishining yoʻq boʻlib ketgan sudraluvchilari haqida xotira. Smitson. Hissa. Bilim. XIV: atr. VI: 1-135.
- Lukas, F. A. 1904, „Paleontologik qaydlar“, Fan (ns) XIX (480): 436-437.
- Lull, R. S. 1911, „Arundel shakllanishining sudraluvchi faunasi“ va „Merilendning quyi boʻr konlarining tizimli paleontologiyasi — Dinozavriya“, Quyi boʻr: Merilend geologik tadqiqotining tizimli hisobotlari, pp. 173-178, 183-211.
- Marsh, O. C. 1888, „Potomak guruhidan Sauropoda va boshqa yangi dinozavrlarning yangi jinsi toʻgʻrisida bildirishnoma“, American Journal of Science, 3-seriya, jild. XXXV, bet. 89-94.