Avtoblokirovka
Qiyofa
Avtoblokirovka – temir yoʻl, korxona va sexlardagi harakat va texnologik ja-rayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi avtomatik asboblar guruhi. Avtoblokirovka yordamida poyezdlarning harakatini, korxonadagi apparat va mexanizmlarning ishini xavfsiz olib borish, mashinalar guruhida avariya yuz berganda qolganlarining bir qismi yoki hammasini avtomatik ravishda toʻxtatish mumkin. Masalan, yogʻ-moy korxonasining portlash xavfi bor (ekstraksi-yalash, gidrongenlash) sexlarida biror mashina yoki agregat ishdan chiqsa, Avtoblokirovka jihozlari darhol undan ilgari turgan mashinalar, transport elementlari va agregatlarni toʻxtatadi hamda bu haqda signal beradi. Poyezdlar harakatini avtomatik boshqarib turishda ham Avtoblokirovkaning roli katta.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |