Axey ittifoqi
Axey ittifoqi (miloddan avvalgi 280-146) – Peloponnesda miloddan avvalgi 280 yilda tashkil topgan yunon shahar-davlatlari uyushmasi. U Makedoniyadagi shahar kambagʻallariga va qullarga qarshi ku-rashishni maqsad qilib olgan. Axey vi-loyatida tashkil topib, keyinroq uning hamma yeriga tarqalgan. Miloddan avvalgi 251 yilga kelib ittifoqqa Sikion ham qoʻshildi. Strateg Arat davrida Axey ittifoqi ga Korinf, Argos, Megara va boshqa shaharlar ham a’zo boʻlgan. Ittifoqqa kirgan jamoalar ichki muxtoriyatdan foydalangan. Oliy hokimiyat ittifoqchi fuqarolarning majlisiga topshirilgan. Bu majlis axeylarning qadimgi diniy markazi Egion shahrida yiliga 2-marta chaqirilib turil-gan. Majlis muhim masalalarni hal qilish bilan birga yuqori mansabdorlarni saylagan. Biroq Axey ittifoqi ga Sparta, Elida va Messeniyaning kirishi Rimni xavotirga solgan, Rim Axey ittifoqi ishiga faol aralasha boshlagan, bu esa Axey ittifoqining qarshiligiga duch kelgan. Miloddan avvalgi 146 yilda Rim Yuno-nistonni bosib olganidan keyin Axey ittifoqi tarqatib yuborilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |