Kontent qismiga oʻtish

Bahrayn 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahrayn Olimpiada oʻyinlarida
Oʻyinlarda foydalanilgan bayroq
XOQ kodi:BRN
MOQ:Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi
'
Sportchilar 4 nafar sportchi 2 sport turlarida
Bayroqdor Dawood Yosuf Mohamed Jassim
Medallar Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Hammasi
0
Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki
1984  • 1988  • 1992  • 1996  • 2000  • 2004  • 2008  • 2012  • 2016  • 2020  • 2024

Bahraynlik sportchilar 2000-yilning 15-sentyabridan 1-oktyabriga qadar Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu musobaqa mamlakat uchun ketma-ket beshinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari boʻlgan. Delegatsiya tarkibida jami toʻrt nafar sportchi, jumladan, sprinter Mariam Mohamed Hadi Al Hilli, oʻrta masofaga yuguruvchi Mohamed Saleh Naji Haidara hamda qisqa masofaga suzuvchi ikki nafar sportchilar Dovud Yosuf Muhammad Jassim va Fotema Hamid Gerashilar boʻlgan. Tarixda ilk marotaba Fors koʻrfazi arab davlati ayol sportchilarni Olimpiada oʻyinlariga yuborgan. Ushbu ayol sportchilar Al Hilli va Gerashilar edi. Toʻrttala sportchidan birortasi ham musobaqaning dastlabki bosqichlaridan oʻta olmagan. Bahrayn delegatsiyasi tarkibida eng yaxshi natijani qayd etgan sportchi erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish va 100 metrga erkin usulda suzish musobaqalarida 7-yo'lakdan o'rin olgan Haidara va Jassimlar boʻlgan. Gerashi ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etish chogʻida notoʻgʻri start olganligi tufayli musobaqadan diskvalifikatsiya qilingan. Al Hilli esa 100 metrga yugurish bahslarida 8-oʻrinni egallagan.

Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan 1979-yil 1-yanvarda tan olingan[1]. Mamlakat sportchilari ilk bor 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Sidney Olimpiadasi esa ularning ketma-ket beshinchi Yozgi Olimpiya musobaqalari boʻlgan[2]. Biroq bahraynlik sportchilarning hech biri Olimpiada medallarini qoʻlga kirita olmagan[2]. 2000-yilgi Sidney Yozgi Olimpiada oʻyinlari 15-sentabr sanasidan 1-oktabr kuniga qadar oʻtkazilgan[3]. Jami 199 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan umumiy hisobda 10 651 nafar sportchi musobaqalarga tashrif buyurgan[4]. Bahrayn delegatsiyasi musobaqalarga 4 nafar sportchilar jamoasini yuborgan. Delegatsiya sprinter Mariam Mohamed Hadi Al Hilli, oʻrta masofaga yuguruvchi atlet Mohamed Saleh Naji Haidara hamda qisqa masofaga suzuvchilar Dovud Yosuf Mohamed Jassim va Fatema Hamedlardan iborat bo'lgan[5]. Al Hilli va Hamidlar Fors koʻrfazi arab davlatidan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan ilk ayol sportchilarga aylangan[6]. Millatlar paradida Dovud Yosuf Muhammad Jassim bayroqdor boʻlgan[2].

Yengil atletika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haydara va Al-Hilli yengil atletika musobaqalarida ishtirok etgan Avstraliya stadioni

Mohamed Saleh Naji Haidara Sidney Olimpiadasi paytida 25 yoshda boʻlgan. Ushbu musobaqalar sportchi uchun ilk Olimpiada oʻyinlari boʻlgan[7]. Sportchi musobaqalarga XOQ tomonidan taqdim etiladigan wild card orqali yoʻllanmani qoʻlga kiritgan, 2000-yilning iyun oyida Chexiya poytaxti Pragada oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish bahslarida 1 daqiqa 50,57 soniya natija qayd etgan. Ushbu natija musobaqaning „B“ saralash standarti koʻrsatkichlaridan 3,37 soniyaga sekinroq boʻlgan[8][9]. 23-sentabr kuni erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha birinchi davra bahslari boʻlib oʻtgan, Haydara esa ushbu davra musobaqalarida oltinchi yoʻlakdan oʻrin olgan. Sportchi 1 daqiqa 56.64 soniya koʻrsatkich bilan masofani yettinchi finish chizigʻiga yettinchi boʻlib yetib kelgan. Biroq barcha 10 ta tur bahslarining har birida eng yaxshi natijani qayd etgan ikki nafardan jami 20 nafar, shuningdek, umumiy natijalar boʻyicha eng tez natija qayd etgan 8 nafari musobaqaning yarim finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Haydara dastlabki saralash musobaqalaridayoq oʻyinlarni tark etgan, chunki sportchi umumiy natijalarga koʻra 1 daqiqa 59.97 soniya bilan eng sekin natijani qayd etgan yamaykalik sportchi Marvin Wattsdan ham orqada qolgan[n 1][10].

Mariam Mohamed Hadi Al Hilli Sidneydagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chogʻia 16 yoshda boʻlib, ushbu musobaqa sportchi uchun ilk va oxirgi Olimpiada oʻyinlari boʻlgan[11]. Mariam Mohamed Hadi Al Hilli ham musobaqaga XOQ tomonidan taqdim etiladigan wild card orqali yoʻllanma olgan. Sportchi ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan, oʻyinlardan oldin sportchi otasi bilan ushbu musobaqada ishtirok etish borasida maslahatlashgan[12]. Oʻyinlar oldidan Al Hilli shunday degan edi: "Men juda kuchliman va oʻz vatanim uchun qoʻlimdan kelgan barchsini qilmoqchiman. Biroq mening istagim shunchaki gʻalaba qozonish emas, balki yaratilayotgan tarixning bir qismiga aylansihdir. Menimcha, hech kim bizdan gʻalaba qozonishimizni kutmaydi, biz Bahrayn ayollar sportini rivojlantirish yoʻlidagi yangi harakatning ilk qadamlarini tashlamoqdamiz[13]. Sportchi 22-sentyabr kuni musobaqaning 8-turida ishtirok etib, startdan xato chiqqan va 8 nafar sportchi orasida eng soʻnggi natijani qayd etgan. Biroq u oʻzining sport faoliyati davomidagi 13,98 soniya bilan oʻzining shu vaqtga qadar shaxsiy eng yaxshi natijasini qayd etgan[12]. Har bir turda eng yaxshi natijalarni qayd etgan uch nafardan, shuningdek, barcha 10 ta turlar boʻyicha eng tez natijani qayd etgan 2 nafar atlet keyingi bosqichga yoʻl olgan. Biroq Al Hilli musobaqaning keyingi bosqichiga oʻtolmagan[14].

Kalit soʻzlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Izoh = Trek musobaqalari uchun berilgan darajalar sportchiga faqatgina oʻsha yoʻnalish boʻyicha berilgan.
  • PB = Personal best – shaxsiy eng yaxshi natija.
Atlet Musobaqa Yoʻlak Chorak final Yarim final Final
Natija Oʻrin Natija Oʻrin Natija Oʻrin Natija Oʻrin
Mohamed Saleh Naji Haidara Erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish 1:56.64 7 Keyingi bosqichga oʻtolmagan[10]
Mariam Mohamed Hadi Al Hilli Ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish 13.98 PB 8 Keyingi bosqichga oʻtolmagan[15][14]
Sidney Olympic Park Aquatic markazida sportchilar Jassim va Gerashi suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan

Suzish boʻyicha bahslarga kirishgan Dovud Yosuf Muhammad Jassim oʻzining sport faoliyati davomidagi ilk va oxirgi Yozgi Olimpiadasida qatnashyotgan vaqtida 20 yoshda boʻlgan[16]. Sportchiga Yozgi Olimpiada musobaqalarida ishtirok etishi uchun Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) tomonidan maxsus yoʻllanma berilgan. Dovud Yosuf erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin uslubda suzish bo'yicha saralash bahslarida ishtirok etgan, biroq Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Musobaqaning saralash bosqichi „B“ standarti koʻrsatkichi 1 daqiqa 10 soniya etib belgilangan boʻlsa, Dovud Yosuf tomonidan qayd etilgan natija ushbu koʻrsatkichdan 17.41 soniyaga sekinroq boʻlgan[17][18]. Qur’a tashlash natijalariga koʻrsa, Jassim 19-sentabr kuni musobaqalarga kirishishi kerak boʻlgan[19]. Suzuvchi poygani 1 daqiqa 2.45 soniyada yakunlagan va barcha sportchilar orasida yettinchi va oxirgi oʻrinni egallagan. Umumiy natijalarga koʻra, sportchi 71 nafar ishtirokchilar orasida 70-oʻrinni egallagan. Shu sababli Jassim yarim final bosqichiga chiqa olmagan, chunki dastlabki bosqichda eng yaxshi natijani qayd etgan 16 nafar sportchigagina keyingi bosqichda ishtirok etish huquqi berilgan[n 2][19].

Fotema Hamid Gerashi 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida ishtirok etayotgan vaqtda 12 yoshda boʻlgan va Olimpiadadagi barcha ishtirokchilar orasida eng yosh sportchi hisoblangan[20]. U, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatidan musobaqalarga tashrif buyurgan ilk ayol sportchi ham boʻlgan[21]. XOQ Gerashiga musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi maxsus wild card taqdim etgan, shundan keyin uning ota-onasi ham unga Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat bergan[22]. Gerashi yetti yoshidan boshlab suzish bilan shugʻullana boshlagan, keyinchalik, Bahrayn suzish assotsiatsiyasi tarkibiga qoʻshilgan[22]. Biroq mahalliy aholining musulmonchilik urf-odatlari sabab Hamid Gerashiga Sidney Olympic Park Aqua markazida mashgʻulotlar boshlangunga qadar erkak sportchilar bilan suzish mashg'ulotlarini olib borishi taʼqiqlangan[20]. 22-sentyabr kuni Gerashi ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan[21]. Sportchi 51.15 soniya natija bilan 2-oʻrinni egallagan, biroq rasmiylar uni notoʻgʻri start olgan deya musobaqadan diskvalifikatsiya qilgan[21][15][23]. Garchi Gerashining diskvalifikatsiyadan keyin hafsalasi pir boʻlgan boʻlsa-da, sportchi ommaviy axborot vositalariga bergan inervyusida shunday deydi[24]: „Bu juda ajoyib edi, lekin men bloklarda juda qoʻrqardim. Yuragim juda tez urayotgan edi. Men barcha mashgʻulotlarim haqida oʻyladim va oilamni xursand qilishga harakat qilardim“[15]. Shunga qaramasdan, Sidney Olimpiadasida ishtirok etgan suzuvchi matbuotda maqtovlarga sazovor boʻlgan, chunki Bahrayn hukumati sport sohasida erkaklar va ayollar oʻrtasida tenglikni targʻib qilgan holda mamlakat nomidan ilk bora ayol sportchini oʻyinlarga yuborgan edi[22][23][24].

Atlet Yoʻnalish Musobaqa Yarim final Final
Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin
Dawood Yosuf Mohamed Jassim Erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin usulda suzish 1:02.45 7 Keyingi turga oʻta olmagan[19]
Fatema Hameed Gerashi Ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish Diskvalifikatsiya Keyingi turga oʻta olmagan[15]
  1. Bir nafar yuguruvchi Mohamed Al-Kafraini dikvalifikatsiya qilingan, boshqa bir atlet Mohamed Babiker Yagoubga startga chiqishga ruxsat berilmagan[10]
  2. Ikki nafar suzuvchilar, Karim Bare va Farkhod Oripov diskvalifikatsiya qilingan, boshqa bir sportchi Fernando Scherer startga chiqmagan[19]
  1. „Bahrain – National Olympic Committee (NOC)“. International Olympic Committee. 2018-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Bahrain“. Sports Reference. 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  3. „Sydney 2000 Summer Olympics – results & video highlights“. International Olympic Committee. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  4. „Sydney 2000 Summer Olympics – results & video highlights“. International Olympic Committee. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  5. „Bahrain at the 2000 Sydney Summer Games“. Sports Reference. 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  6. Butcher, Michael. „Fatema, 12, is a standard-bearer for Gulf women“. The Scotsman (2000-yil 11-sentyabr), s. 17. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  7. „Mohamed Saleh Hadj Haidara Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  8. „2000 Olympic Games – Athletics Qualifying Standards“. Athletics Weekly. 2001-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  9. „Mohamed Saleh Haidara – Athlete Profile – Progression"“. International Association of Athletics Federations. 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Track and field results“. ESPN. Associated Press (2000-yil 23-sentyabr). 2000-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  11. „Mariam Al-Hilli Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 Anderson, Kelli. „Pioneering spirit: Arab women make breakthrough at Games“. CNN Sports Illustrated (2000-yil 23-sentyabr). 2001-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  13. Scardilli, Adrian. „Arab athletes are bridging the gulf“. The Sun-Herald (2000-yil 10-sentyabr), s. 108. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  14. 14,0 14,1 „Athletics at the 2000 Sydney Summer Games: Women's 100 metres Round One“. Sports Reference. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Olympic Games: Diary – Beating the pain to blow the whistle“. Birmingham Post (2000-yil 23-sentyabr), s. 40. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  16. „Dawood Youssef Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  17. „Swimming – Men's 100m Freestyle Startlist (Heat 2)"“. Sydney 2000. Omega Timing (2000-yil 17-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  18. Keith. „FINA Announces Qualifying Standards for London 2012“. SwimSwam (2010-yil 25-noyabr). 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Thorpe helps Aussies to relay gold“. Canoe.com. Associated Press (2000-yil 19-sentyabr). 2004-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  20. 20,0 20,1 Holt, Oliver. „Last chance for Fatima, aged 12; Swimming“. The Times (2000-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  21. 21,0 21,1 21,2 Anderson, Kelli. „Pioneering spirit: Arab women make breakthrough at Games“. CNN Sports Illustrated (2000-yil 23-sentyabr). 2001-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  22. 22,0 22,1 22,2 Hayward, Paul. „Children of the pool fast-tracked into the big time“. The Daily Telegraph (2000-yil 21-sentyabr). 2016-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  23. 23,0 23,1 Holt, Oliver. „Trio of try-hards splash their way into our hearts“. The Times (2000-yil 22-sentyabr). 2001-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  24. 24,0 24,1 Hopps, David. „Debut girl falls foul of gulf in international standards“. The Guardian (2000-yil 23-sentyabr). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.