Bazel konvensiyasi
Qiyofa
Bazel konvensiyasi ―Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib oʻtish va ularni yoʻq qilish nazorati toʻgʻrisidagi. Unga 170 ta davlat aʼzo boʻlib, inson salomatligi va atrof-muhitni xavfli chiqindilarni ishlab chiqarish, ishlatish, transchegaraviy tashish va yoʻq qilish natijasida yuzaga keladigan zararli taʼsirlardan himoya qilishga moʻljallangan.
1989-yil 22-martda Bazel konferensiyasida qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasi tomonidan 1994-yil 25-noyabrdagi 49-FQ-son Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan.
Bazel konvensiyasi qamrab oladigan chiqindilarga baʼzi misollar:
- Biotibbiy va tibbiy chiqindilar;
- Ishlatilgan neft mahsulotlari;
- Ishlatilgan qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar;
- Atrof-muhitda koʻp yillar davomida saqlanib turadigan doimiy organik ifloslantiruvchi moddalar (BOI chiqindilari), kimyoviy moddalar va pestitsidlar. Ular chiqarilish joylaridan uzoq masofalarga tashiladi, bioakkumulyatsiya qilinadi (shunday qilib oziq-ovqat zanjirining yuqori qismida odamlar va hayvonlar uchun xavf tugʻdiradi) va organizmga turli xil taʼsir koʻrsatadi;
- Polixlorli difenillar (PXD) — sanoatda elektr transformatorlari va kondensatorlarda issiqlik tashuvchi suyuqliklar sifatida ishlatiladigan, qolaversa, boʻyoqlar, uglerodsiz nusxa qogʻozlari, zichlovchi moddalar va plastmassalarga qoʻshimchalar sifatida ishlatiladigan birikmalardir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toxic Exports, Jennifer Clapp, Cornell University Press, 2001.
- Challenging the Chip: Labor Rights and Environmental Justice in the Global Electronics Industry, Ted Smith, David A. Sonnenfeld, and David Naguib Pellow, eds., Temple University Press link, ISBN 1-59213-330-4.
- "Toxic Trade: International Knowledge Networks & the Development of the Basel Convention, " Jason Lloyd, International Public Policy Review, UCL [1].