Berbera
Qiyofa
Berbera – Somali shimoli gʻarbidagi shahar. Aholisi 65 ming kishi (1981). Mamlakatning Adan qoʻltigi sohilidagi yirik porti, Berbera orqali chorva mollari va teri xom ashyosi arab mamlakatlariga eksport qilinadi. Avtomobil yoʻllari tuguni bor. Baliq ovlanadi. Sement zavodi bor. Berbera atrofidan gips angidridi, qurilish sanoati xom ashyolari olinadi. Berberadan janubida niobiy rudalari topilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |