Kontent qismiga oʻtish

Brutalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brutalizm, neobrutalizm (ing. brutal — dagʻal, qoʻpol) — Yevropa meʼmorligida 20-asr 3choragida yuzaga kelgan yoʻnalish. Meʼmorlik shakllarini dagʻal, nafosatsiz gavdalantirishga intilishdan iborat. Dastlab Buyuk Britaniyada (meʼmori A. va P. Smitsonlar), keyin Gʻarbiy Yevropa, AQSH va Yaponiyada tarqalgan. B. meʼmorlik massalarining iloji boricha sodda va dagʻal arxitektonikasini namoyon etadi. Ularning shiori qurilish materiallari (metall, temirbeton, alyuminiy, gʻisht, oyna va boshqalar)ning tabiiy holatini qanday boʻlsa shundayligicha saqdab qolishdir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil