Burbaki Nikola
Qiyofa
BURBAKI Nikola (Bourbaki Nicolas) – bir guruh fransuz matematiklarining taxallusi. Bu guruh, 1937-yilda tashkil topgan. B. oʻz oldilariga hozirgi zamon matematikasini aksiomatik usul asosida sistematik bayon qilib chiqish vazifasini qoʻygan edi. B.ning umumiy nomi „Matematika elementlari“ boʻlgan 40 dan ortiq kitoblari nashr qilindi. Bu asarlarda matematikaning koʻp asosiy boʻlimlarini qamrab oluvchi formal aksiomatik sistema sof abstrakt ravishda bayon etilgan. 1968-yilda B. oʻz faoliyatining tugatilishini eʼlon qildi. Koʻp jildli risola chop qildirishgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |