Kontent qismiga oʻtish

Buryatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Rossiya, Xitoy va Moʻgʻuliston
Til Buryat tili
Dini Mahayana va Shomonlik

Buryatlar (buryatcha: буряад, буряад зон, буряадууд) (oʻzlarini baryaat deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Buryatiya Respublikasining asosiy aholisi (250 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida 421 ming kishi, umumiy soni 520 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Buryatlar Mongoliyaning shimolida va Xitoyning shimoli-sharqida ham yashaydilar. Mongoloid irqiga mansub. Buryat tilida soʻzlashadi. Buryatlar orasida asosan budda — lamaizm, shuningdek xristianlik (pravoslaviye) tarqalgan, eng qad. diniy eʼtiqodlar (shamanizm) ham saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil