Butan milliy futbol terma jamoasi
Tahallusi | Dragon Boys (Ajdarho yigitlari) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Butan futbol federatsiyasi | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | SAFF (Janubiy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | BHU Pema Dorji | ||
Sardor | Chencho Gyeltshen | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Chencho Gyeltshen (37) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Chencho Gyeltshen (10) | ||
Uy stadioni | Changlimithang Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 186 ↑ 1 Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 159 (Iyun 2015,) | ||
Eng past | 209 (Noyabr 2014- Mart 2015,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
NEP 3-1 BHU (Katmandu, Nepal; 1 Apre 1982) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
GUM 0-6 BHU (Thimphu, Butan; 23 Aprel 2003) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
KUW 20-0 BHU (Al-Quvayt, Quvayt; 14 Fevral 2000) | |||
SAFF Chempionati | |||
Ishtiroki | 8 (Ilk marta 2003-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Yarim final (2008) | ||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2016-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2006) |
Butan milliy futbol terma jamoasi – xalqaro futbolda Butan sharafini himoya qiladi. Jamoa Butandagi futbol boʻyicha boshqaruv organi, Osiyo Futbol Federatsiyasi va mintaqaviy organ Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi (SAFF) tarkibiga kiruvchi Butan futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Butan milliy futbol jamoasi uy oʻyinlarini „Changlimithang“ milliy stadionida oʻtkazadi.
Jamoa FIFAning rasmiy reytingida ham, Elo reyting tizimida ham doimiy ravishda dunyodagi eng yomon natijali jamoalardan biri sifatida qayd etilgan. 2017-yil noyabr oyining oxiriga kelib, ular oltita oʻyinda gʻalaba qozonishdi va toʻplar nisbati −279 ta. Jamoa hech qachon yirik turnirning final bosqichiga chiqa olmagan va oʻrtoqlik oʻyinlari hamda saralash oʻyinlaridan tashqari, rasmiy musobaqadagi yagona ishtiroki mintaqaviy Janubiy Osiyo oʻyinlari va Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi kubogida boʻlgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol Butanga qanday olib kelingani haqida aniq manbalar mavjud emas[1]. Hindistonliklarni futbol bilan Britaniya hukumati tanishtirgan boʻlsa-da, Butanda Britaniyaning doimiy ishtiroki yoʻq edi. Butanga futbolning kelishi 1950-yillarda Haa va Paroda maktablarning ochilishi bilan chambarchas bogʻliq edi, chunki chet el oʻqituvchilari asosan Hindistondan, baʼzilari Yevropadan jalb qilingan.[2]
1980-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butanning xalqaro maydonga rasman chiqishi nisbatan kech boʻlgan, birinchi oʻyinni 1982-yilda oʻtkazgan. 1982-yilgi ANFA kubogida Nepalga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan[3]. Biroq, boshqa manbalar shuni koʻrsatadiki, Butan vakili boʻlgan jamoa sakkiz yil oldin Nepalga borgan va Shripanch Mahendra Gold Cup deb nomlanuvchi turnirda gʻolib chiqqan[4].
1990-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yilda Butanda birinchi futbol ligasi tashkil etildi[5] va Butan Futbol Federatsiyasi 1994-yilda OFK aʼzoligiga qabul qilindi[6]. Shu yili milliy terma jamoa Nepalga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda magʻlubiyatga uchradi.
2000—2001
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asr boshida, Butan 2000-yilgi Osiyo kubogi uchun saralash bosqichida qatnashdi[8].
2022 Jahon chempionati saralashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butan Guamga umumiy hisobda 5:1 hisobida magʻlub boʻlgach, musobaqadan chiqib ketdi. Ular birinchi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan, ammo javob oʻyinida 5:0 hisobida magʻlub boʻlgan[9][10].
Jamoa imiji
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻplam
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butanning hozirgi uy kiyimlari ranglari – sariq trimli va sariq ajdaho naqshli toʻq sariq koʻylaklar, toʻq sariq shortilar va toʻq sariq paypoqlar. Ularning tashqi ranglari asosan oq rangda, koʻylak va shortida toʻq sariq rangli bezak bor.
Toʻplam tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uy
Mehmonda
Logo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoaning logotipi uning boshqaruv organi, Butan futbol federatsiyasi uchun ishlatiladigan logotip bilan bir xil[11]. Uning ostida Butan rasmiy gerbining tepasida joylashganga oʻxshash marvarid bor.
Uy stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Changlimithang stadioni Butanning Thimphu shahridagi koʻp maqsadli stadion boʻlib, u Milliy stadion sifatida xizmat qiladi. U asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi va Butan milliy futbol jamoasi, A-Divizionda va Milliy ligada oʻynaydigan bir qator futbol klublarining uy stadionidir. Futboldan tashqari, stadion muntazam ravishda Butan milliy sporti boʻlgan kamondan otish boʻyicha yirik turnirlarga mezbonlik qiladi. Stadion 1974-yilda qurilgan.
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh murabbiy | BHU Pema Dorji |
Yordamchi murabbiy | BHU Tshering Wangchuck Gyeltshen |
Yordamchi murabbiy | BHU Tashi Tobgay Dorji |
Fitnes murabbiyi | MAS Joseph Ronald D'Angelus |
Fizioterapevt | BHU Kencho Tshering |
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilar natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chempionatlardagi ishtirok[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
OFK Osiyo Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
*: 2019-yilgi saralash kompaniyasiga 2018-yilgi Jahon chempionati saralashining Osiyo boʻlimi saralash oʻyinlari ham kiritilgan. 2014-yilda FIFA Jahon chempionatining dastlabki saralash bosqichlarini OFK Osiyo Kubogi bilan birlashtirish taklifi OFK musobaqalar qo'mitasi tomonidan ratifikatsiya qilingan edi. Yangi saralash tuzilmasi uch bosqichda boʻlib oʻtdi, birinchi ikkitasi 2018 FIFA Jahon chempionati saralash bilan birlashtirildi..[12] OFK Chaqiruv Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Terma jamoalarga qarshi natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Reytinglar[tahrir | manbasini tahrirlash]Terma jamoaning FIFA reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 187-oʻrin boʻlgan. Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash] |